I bob


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI






UO‘K: 618(075) KBK: 57.1ya7 M – 14

Nargiza, Маgzumova

Ginekologik kasalliklar: darslik / Tuzuvchi: N.Magzumova. Taq- rizchilar: L.M. Abdullayeva, Sh.A. Zufarova. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021. – 208 b.


ISBN 978-9943-20-859-9


Darslikda ko‘p uchraydigan, shuningdek, asosiy ginekologik kasallik- lar keltirilgan. Kasalliklarning sabablari, klinikasi, diagnostikasi, davolash va oldini olish yo‘llari haqida ma’lumotlar berilgan. Talabalarni kelgusida yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun ular zamonaviy bilim- larga ega bo‘lishlari kerak. Hozirgi zamon davolash va profilaktika usullari xalqaro standartlar va isbotlangan tibbiyotga asoslangan. Sohadagi so‘nggi ma’lumotlar keltirilgan mazkur darslik tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavr, magistr, klinik ordinatorlari hamda ginekolog va umumiy shifokorlar uchun mo‘ljallangan.



Tuzuvchi:

Маgzumova Nargiza Маhkamovna – t.f.d., Toshkent tibbiyot akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori


Taqrizchilar:

L.M. Abdullayeva – t.f.d., Toshkent tibbiyot akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti

SH.A. Zufarova – t.f.d., dotsent, Respublika Aholining reproduktiv sog‘lig‘ini saqlash markazi direktori






ISBN 978-9943-20-859-9

© N.M.Magzumova «Ginekologik kasalliklar». «Yangi asr avlodi», 2021-y.

«Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz».

Indira Gandi


MUNDARIJA


1-BOB

GINEKOLOGIK KASALLIKLARDAGI


UMUMIY SIMPTOMATIKA VA TEKSHIRISH USULLARI        8

2-BOB

GINEKOLOGIYADA ENDOKRIN BUZILISHLAR

    1. Bachadondan anomal qon ketishi        16
    2. Amenoreya        23
    3. Polikistoz tuxumdonlar sindromi (PKTS)        30
    4. Hayz oldi sindromi (HOS)        43
    5. Postkastratsion sindrom        46

3-BOB

BEPUSHT NIKOH        48

4-BOB

AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI        69

    1. Jinsiy yo‘llar pastki qavatining nospetsifik yallig‘lanish

kasalliklari        70

    1. Jinsiy yo‘llar yuqori qavatining yallig‘lanish kasalliklari        75

5-BOB

UROGENITAL INFEKSION KASALLIKLARI        83

    1. Bakterial vaginoz        88
    2. Urogenital xlamidioz        92
    3. Urogenital mikoplazmoz va ureaplazmoz        95
    4. Jinsiy a’zolarning gerpes virusli infeksiyalari

(Herpes viridae)        97

6-BOB

BACHADON BO‘YNINING FON VA SARATON OLDI KASALLIKLARI        107

    1. Bachadon bo‘ynining fon oldi kasalliklari        107
    2. Bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari.        114

7-BOB

JINSIY A’ZOLARNING GIPERPLASTIK KASALLIKLARI        120

    1. Endometriyning giperplastik jarayonlari        120
    2. Bachadon miomasi        128
    3. Endometrioz        137
    4. Tuxumdon xavfsiz o‘smalari va tuxumdon o‘sma tuzilmalari. 147

8-BOB

KLIMAKTERIK DAVR VA MENOPAUZA        154

9-BOB

GINEKOLOGIYADA    SHOSHILINCH    YORDAM HOLATLARI        164

    1. Bachadondan tashqari homiladorlik        166
    2. Tuxumdon apopleksiyasi        171
    3. Pelvioperitonit        173
    4. Tuxumdon kistasi oyoqchalarining buralib qolishi        174
    5. Bachadon miomatoz tuguni qon aylanishining buzilishi        176
    6. Homiladorlikning birinchi yarmida qon ketishlar

o‘z-o‘zidan abortlar:        177

    1. Gestatsion trofoblastik kasalliklari        181

10-BOB

KONTRATSEPSIYA        187

    1. Gormonal kontratsepsiya        187
    2. Bachadon ichi kontratsepsiyasi        196
    3. Ayollar jarrohlik kontratsepsiyasi        197
    4. Erkaklar kontratsepsiyasi (EK)        200

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:        202


QISQARTIRISH RO‘YXATI:


AGS

– adrenogenital sindrom

AQB

– arterial qon bosim

AKTG

– adrenokortikotrop gormon

ASAT

– antispermal antitanachalar

AOK

– aralash oral kontratseptivlar

AFS

– antifosfolipid sindromi

BV

– bakterial vaginoz

BIV

– bachadon ichi vositasi

GI

– giperinsulinemiya

IR

– insulinrezistenlik

IFA

– immunoferment analiz

VPCH

– odam papilloma virusi

VPG

– oddiy gerpes virusi

GnRG

gonadotrop rilizing gormon

GSG

– gisterosalpingografiya

BDQ(DMK)

bachadondan disfunksional qon ketishi

DGEA-S

– degidroepiandrosteron sulfati

DEK

– diatermokoagulyatsiya

E2

– estradiol

IMT(TVI)

– tana vazni indeksi

JSST

– Jahon soqliqni saqlash tashkiloti

JYOYUK

– jinsiy yo‘llar orqali yuqadigan kasalliklar

KT

– kompyuter tomografiyasi

KS

– klimakterik sindrom

LG

– lyuteinlovchi gormon

LS

– laparoskopiya

LFE

– lyutein fazai yetishmovchiligi

MPA

– medroksiprogesteron atsetat

MKB-10

– 10-chi xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi

MRT

– magnit rezonans tomografiyasi



NPVS

17 -ON

  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita
  • 17 – oksiprogesteron

P

– progesteron

TPK(PKYA)

– tuxumdonlar polikistozi

PRL

– prolaktin

PIF

– to‘g‘ri immunnoflyuoretsent reaksiyasi

PSR

– polimeraz zanjir reaksiyasi

PKTS

(SPKYA)

– polikistoz tuxumdonlar sindromi

SPOK

– sof progestinli oral kontratseptivlar

CIS

– bachadon bo‘yni kartsinomasi «in situ»

T

– testosteron

T3

– triyodtirodin

T4

– tiroksin

TTG

– tireotrop gormon

TFD

– funksional diagnostika testlari

UTT

– ultratovushli tekshirish

FSG

– follikulostimullovchi gormon

XG

– xoriogonik gonadotropin

HOS

– hayz oldi sindromi

HPV HSB

  • odam papilloma virusi
  • hayz sikli buzilishi

SMV

– sitomegalovirus

SIN (CIN)

– servikal intraepitelial neoplaziyasi

EKU

– ekstrakorporal urug‘lanish

EG

– endometriy giperplaziyasi

EMA

– bachadon arteriyasi embolizatsiyasi



1-BOB

GINEKOLOGIK KASALLIKLARDAGI UMUMIY SIMPTOMATIKA VA TEKSHIRISH USULLARI


Ginekologiya – bu ayol haqidagi fan bo‘lib, ayol jinsiy a’zolarining normal faoliyatini, kasalliklarni va ayol hayo- tining turli davrlaridagi holatini o‘rganib, har xil kasallik- larning oldini olish yo‘llari bilan ayolni sog‘lomlashtirish- ga yordam beradi.

Ko‘p ginekologik patologiyalar o‘xshash simptomatika- ga ega, shuning uchun bu holatlarda ayolning shikoyatlari bir xil bo‘lishi mumkin.

      1. Shikoyatlar: og‘riq, qindan ajralmalar va qon keti- shi, hayz siklining buzilishi, yon tomonda joylashgan (qo- vuq, to‘g‘ri ichak) va jinsiy a’zolarning faoliyati buzilishi, tashqi jinsiy a’zolarning qichishishi. Boshqa shikoyatlar ham kuzatilishi mumkin, lekin asosiy shikoyatlar shular- dan iborat.

Qin ajralmalari. Ginekologik kasalliklar ichida eng ko‘p uchraydigan simptom bo‘lib, jinsiy a’zolarning bezlari sek- retor funksiyasi buzilishi bilan bog‘liq.

Etiologik sabablariga qarab ajralmalar turli xil bo‘ladi. Genital:

genital sohasida infeksion jarayon sababli;

  • jinsiy a’zolarning o‘zgarishlarida (oraliq ochiq bo‘l- ganda) bu hollarda patologik ajralmalar bo‘lishiga sha- roit paydo bo‘ladi;
  • o‘simtalar;



  • bachadon va bachadon bo‘yni shilliq qavatida giper- plastik jarayon;
  • mexanik vositalar (qin halqalari, BIV). Masalan, yoshi katta ayollarga bachadon tushishining oldini oluvchi qin vositalari;
  • kimyoviy, termik ta’sirida (issiq suv, konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmalar bilan qinni yuvish);
  • parazitar sabablari: trixomoniaz, gijjalar va boshqa zamburug‘ kasalliklari (kandidoz).

Ekstragenital sababli ajralmalar: tuxumdon funksiya- si buzilishida, turli kasalliklar (o‘pka tuberkulyozi, og‘ir infeksion kasalliklar: tif, gepatit; qandli diabet va b.). Bu kasalliklar gormonal funksiyani susaytirib qinning shilliq qavatida glikogen va sut kislotasi hosil bo‘lishi kamayadi, normada sut kislotasi yordamida Dederleyn tayoqchalari ko‘payadi. Dederleyn tayoqchalari qinda nordon muhitni ushlab turadi (normada pH 4,0 – 5.0). Nordon muhit qin- da patogen mikroorganizmlar ko‘payishining oldini oladi (organizmda bu tabiiy himoya reaksiyasi, qin tozalanishini ta’minlaydi). Mazkur jarayon buzilganda ayollarning qini- da boshqa mikroflora yuzaga kelib, ayolda ajralmalar hosil bo‘ladi.

Ajralmalar kelib chiqishiga qarab aniqlanadi:

  1. nay sekretsiyasi bilan bog‘liq;
  2. kataral – bachadon epiteliysi bilan bog‘liq;
  3. bachadon bo‘yni ajralmalari bachadon bo‘yni va servikal kanal epiteliysi bilan bog‘liq;
  4. qin ajralmalari;
  5. qin dahlizi ajralmalari (vestibulyar).

Nay sekretsiyasi bilan bog‘liq ajralmalar – yallig‘lanish natijasida nay shilliq qavatida bezli epiteliy qon tomirlar- dan sekretsiya va transsudatsiya jarayoni kuzatiladi. Bu jarayon oqibatida bachadon naylari obliteratsiyasi yuzaga



keladi. Ajralmalar seroz yoki yiringli bo‘lib, naylarda sak- tosalpinks, piosalpinks kuzatilishi mumkin.

Kataral ajralmalar – turli bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisiga bog‘liq. Normada bachadon (ichki va tashqi sfinkter yor- damida) steril bo‘ladi, bachadon bo‘ynida bakteritsid shil- liq yig‘ilib infeksiyadan himoyalaydi. Hayz sikli vaqtida bachadon bo‘yni biroz ochiladi va shu kunlarda infeksi- yalanish kuzatiladi, shuning uchun jinsiy aloqa hayz vaq- tida, abort va tug‘ruqdan keyin man etiladi. Bachadonda yallig‘lanish jarayonida yiringli yoki qon aralash ajralma- lar bo‘lishi xos.

Bachadon bo‘yni ajralmalari – bu servikal kanal bezlari- dan sekretsiya ajralishi, buning natijasida nabotov kistalari hosil bo‘ladi. Bachadon bo‘yni eroziyasida ajralmalar ko‘p miqdorda bo‘lib, qin muhitining o‘zgarishiga olib keladi.

Qin ajralmalari – eng ko‘p shikoyatlardan biri, asosan, mikroorganizmlar bilan bog‘liq bo‘ladi (gonokokk, trixo- monadalar). Gonokokkda ajralmalar yashil, ko‘p miqdor- da, ayolda esa dizuriya shikoyatlari kuzatiladi. Ko‘pincha gonokokk trixomonada bilan birgalikda uchraydi, trixomo- nadada ajralmalar ko‘piksimon, yashil va ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ayolni kuchli qichishish bezovta qiladi.

Kandidozda ajralmalar suzmasimon bo‘lib, ayolda qi- chishish, achishish bilan birgalikda keladi. Kandidoz ko‘pincha antibakterial davolanishdan keyin, disbakterioz va allergiyada uchraydi.

Vestibulyar ajralmalar, asosan, qin dahlizi disfunksiyasi- da kuzatiladi: bu bartolin va parauretral bezlari yallig‘lani- shida. Normada bu bezlarning yo‘llari doimiy ochiq bo‘lib, qin dahlizini namlab turadi. Patologiyada bezlarning yo‘lla- ri berk bo‘lib, ajralmalar infeksiya ta’sirida yiringli bo‘ladi va bartolinit, bartolin va parauretral bezlarning abssessiga olib keladi.



Og‘riq. Ko‘pincha simillovchi og‘riq qorin pastki va bel sohalarida (yallig‘lanishda) bo‘ladi. O‘tkir, kuchli xu- rujli og‘riq tuxumdon kistasi oyoqchasi buralib qolganda, bachadondan tashqari homiladorlikda bachadon nayi yo- rilganda, tuxumdon apopleksiyasida, abort vaqtida bacha- don perforatsiyasida va piosalpinks yorilganda kuzatiladi. Dardsimon og‘riqlar ko‘pincha homiladorlik bilan bog‘liq (homila tushishi, boshlangan, jadallashgan, chala abortlar- da), undan tashqari dardsimon og‘riqlar bachadon mioma- sida «tug‘ilayotgan» tugunchasida kuzatiladi.

Qindan qon ketish sabablari genital va ekstragenital omillari bo‘lishi mumkin.

Genital sabablari:

  • siklik va atsiklik hayz sikli buzilishlari;
  • yallig‘lanish kasalliklari;
  • o‘simtalar: bachadon miomasida qon ketish asosiy simptom bo‘lib, qon ketishi ozdan boshlanib juda ko‘p miqdorda kuzatilishi mumkin;
  • genital jarohatlar: ko‘pincha gematoma va suyak sini- shi bilan birgalikda kuzatiladi.

Ekstragenital sabablar:

  • og‘ir gipertoniyada, menopauzadagi ayollarda bacha- dondan qon ketish;
  • og‘ir infeksiyalarda: gepatit (og‘ir intoksikatsiya qon qo‘yilishiga, tomirlarning mo‘rtligiga olib keladi);
  • turli zaharlarlanish ta’sirida og‘ir intoksikatsiyalar. Qo‘shni a’zolarning faoliyati buzilishi:
  1. Qovuqda o‘simta siydik yo‘lini to‘sib qolishi va o‘simta hajmi katta bo‘lsa, siydik yo‘lini bosib qolganda gidroureter va gidronefroz sababi bo‘lish ehtimoli bor, yal- lig‘lanishda esa, dizurik holatlar kuzatiladi.
  2. To‘g‘ri ichak tarafidan o‘zgarishlar: katta o‘smalar

natijasida qabziyat, chandiqli yoki yiringli (bachadon bilan



to‘g‘ri ichak orasidagi abssess) jarayonlar sababli bo‘lishi mumkin.

Ginekologik bemorni tekshirishda to‘g‘ri anamnez yig‘ishdan boshlash kerak.

  • Anamnez shikoyatlar aniqlangandan keyin yig‘iladi: asosiy va qo‘shimcha shikoyatlar;
  • Kasalliklar: infeksion (skarlatina, gepatit va b.), soma- tik, operativ amaliyotlar. Yoshlikda o‘tkazgan kasalliklar – hayz va reproduktiv funksiyasiga ta’siri va neyroendokrin sindromlari rivojlanishiga olib keladi;
  • menstrual va reproduktiv funksiyasi, menarxe, hayz sik- lining xususiyati, oxirgi hayz va jinsiy hayot boshlanish vaqti, kontratsepsiya turi, homiladorliklar soni va ularning natijasi;
  • ginekologik kasalliklar va amaliyotlar;
  • oilaviy anamnez – nasliy va irsiy kasalliklar, yaqin qa- rindoshchilik;
  • hayot kechirish va ovqatlanish tarzi;
  • zararli odatlar, mehnat va yashash sharoiti;
  • kasallik anamnezi.
      1. Bemorni ko‘rish:
  • konstitutsiyasi (infantil, piknik, interseksual, astenik);
  • tipobiologik baholash (tana vazni va bo‘yi, tana vazni indeksi = tana vazni (kg)/(tana bo‘yi, m)2 va turlari: ayol, erkak va evnuxoid);
  • jinsiy rivojlanishini baholash (ikkilamchi jinsiy belgi- lar rivojlanishi – sut bezlari, adrenarxe, hayz sikli);
  • girsutizmni – Ferriman va Galvey shkalasi bo‘yicha baholash;
  • sut bezlarini ko‘rish;
  • tashqi jinsiy a’zolarni ko‘rish (bimanual va qin ko‘z- gularida). Bimanual qin, rektal tekshiruvda ginekolog ba- chadon va bachadon ortiqlarini katta yoki kichik, shaklini, konsistensiyasini, harakatchanligini, og‘riq bor-yo‘qligini aniqlashi kerak.



      1. Maxsus tekshirish usullari:
  • TFD – funksional diagnostika testlari: bazal harorati, qorachiq belgisi, bachadon bo‘yni shilliq cho‘zilish belgisi (ovulyatsiya vaqtida – 10-12 sm);
  • CIN-DIAG® – Bachadon bo‘yni yashirin patologiyasi va erta tashxisi uchun sifat ekspress-test;
  • kolpositologik usul (qin epiteliysining xususiyatini baholash);
  • Gormonlar va ularning metabolitlarini aniqlash (tes- tosteron, TTG, T3,T4, DGEA-S, 17-ON, gonadotropinlar – LG, FSG, PRL, tuxumdonlar va buyrak osti bezi gormonla- rini aniqlash – estradiol, progesteron, kortizol). Gormonal tekshirish hayzning 2-3-kunlari, amenoreyada – farqi yo‘q;
  • Funksional sinamalar (gestagenlar, siklik, klomifen, gonadoliberin, AKTG, XG bilan);
  • Mikrobiologik tekshirish (mikroskopiya, bakteriologik ekma, PIF, kultural, molekulyar genetik – PSR, serologik – IFA);
  • qin mikroflorasi va leykotsitlar soniga qarab qin toza- ligining 3 ta darajasi aniqlaniladi: 1-2-darajada turli diag- nostik va operativ muolajalar o‘tqazish mumkin, 3-darajada esa mumkin emas;
  1. daraja: dederleyn tayoqchalari mavjud, flora Gr (-) va

Gr (+) kokklar kam miqdorda va leykotsitlar yo‘qligi;

  1. daraja: dederleyn tayoqchalari kam miqdorda, Gr (-)

va Gr (+) kokk florasi va leykotsitlar aniqlanadi (++);

  1. daraja: dederleyn tayoqchalari yo‘q, leykotsitlar ko‘p, kokkli flora patologik va spetsifik qo‘zg‘atuvchilaridan iborat.

Jinsiy yo‘llar orqali o‘tadigan infeksiyalar (Chlamydia trachomatis, mycoplasmosis, ureaplasmosis, herpes simp- lex, cytomegalovirus va b.) PSR, IFA yoki PIF usullar bilan aniqlanadi.



      1. Instrumental tekshirish usullari:
    • UTT (old devori va qin orqali). Bachadon, bachadon ortiqlari o‘lchamlari, bachadonning nuqsonlarini, o‘smala- ri (mioma, endometrioz va b.), ortiqlaridagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Tuxumdonda follikula yetilishi va ovulyatsiyani nazorat qilishga yordam beradi.
    • Rentgenologik (GSG, suyak densitometriyasi). Kon- trast yordamida bachadon va naylari holatini aniqlash – gisterosalpingrafiya (GSG), pnevmopelviografiya (qorin bo‘shlig‘iga kontrast – kislorod yuborish). GSGga ko‘r- satmalar: naylar o‘tkazuvchanligini aniqlash, tug‘ma nuq- sonlar, adenomioz, endometriy polipi, bachadon submukoz mioma, genital sil, istmiko-servikal yetishmovchilik.

KTga ko‘rsatmalar: tuxumdon va bachadon o‘smalari, endometriy saratoni, qorin pardasi orti bo‘shlig‘i o‘smala- rida, ichki a’zolarining o‘smalarida differensial diagnostika uchun, parametrit, chanoq venalarining tromboflebiti, gipo- fiz adenomasi.


Gisterosalpingografiya (GSG)



MRTga ko‘rsatmalar: qin va bachadon nuqsonlari, tuxumdon o‘smalari, bachadon miomasi, saktosalpinks, endometrioz, kichik chanoq abssesslari, gipofiz adenomasi.

    •   Orqa gumbaz punksiyasi. Punksiyada yiring, qon, assitik suyuqlik bor-yo‘qligini aniqlasa bo‘ladi. Qon ba-



chadondan tashqari homiladorlikda, tuxumdon apoplek- siyasida, bachadon perforatsiyasida va boshqa holatlarda aniqlanadi (qorin bo‘shlig‘i a’zolarida – qorataloq, jigar yorilishi, oshqozon yarasining perforatsiyasida). Assitik suyuqlik tuxumdon saratonida ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi, sitologik tekshiruvda kartsinoma hujayralari tasdiqlanadi. Agar assit yurak yoki jigar yetishmovchiligi natijasida bo‘l- sa, sitologik tekshiruvda bu hujayralar aniqlanmaydi.

  • Bachadonni zondlash, bachadon endometriysini aspi- ratsion biopsiyasi va bachadon bo‘ynidan biopsiya olish, bachadonni zondlash.

– Endoskopik usullar

  1. Kolposkopiya (oddiy va kengaytirilgan – 3% uksus kislotasi va Shiller sinamasi) – bachadon bo‘ynini kolpos- kop yordamida ko‘rish. Kolposkop (optik kattalashishi 28 marotaba). Nishonli biopsiya qilsa ham bo‘ladi.
  2. Gisteroskopiya diagnostik gisteroskopiya (bepusht- likda, reproduktiv va peri-, postmenopauzada noaniq etio- logiyali qon ketganda, bachadon ichi patologiyalarida

– submukoz mioma, giperplaziya, bachadon nuqsonlari, Asherman sindromi).

  1. Laparoskopiya (rejali va tezkor) – diagnostik va da- volah usuliga kiradi. Kichik chanoq turli kasalliklarida dif- ferensial diagnostika sababli laparoskopiya qilinadi. Kichik laparoskopiya (ixtiyoriy jarrohlik kontratsetsiyasi, tuxum- don biopsiyasi, tuxumdon endometriozida, adgeziolizis va bepushtlikda) va katta laparoskopik xirurgik davolash (ba- chadon nayi plastikasi, endometriozning 2-3-darajasi, mio- mektomiyda).

GINEKOLOGIK KASALLIKLARDAGI  

UMUMIY SIMPTOMATIKA VA TEKSHIRISH USULLARI

Qin ko‘zgularida ko‘rish

Bimanual ko‘rish

Bachadon bo‘yni patologiyasining erta diagnostikasi va skrining ekspress testi

      Transabdominal UTT        Transvaginal UTT

Orqa gumbaz punksiyasi

Kolposkopiya

Gisteroskopiya

Laparoskopiya