X bob



10-BOB

KONTRATSEPSIYA


    1. Gormonal kontratsepsiya

Aralash oral kontratseptivlar (AOK). Eng yuqori sa- marador saqlanish usullaridan biri, tarkibiga ayollar jinsiy gormonlarining sintetik analoglari kiradi.

AOK lar tarkibidagi etinilestradioliga qarab ajiratiladi:

    • Yuqori dozali AOK 50 mkg EE/sut (ovidon, anteo- vin, non-ovlon);
    • past dozali AOK – 30 mkg dan yuqori bo‘lmagan EE/ sut (regulon, midiana, belara);
    • mikro dozali AOK – 20 mkg EE/sut (lindinet, novinet, dimiya).

Kontratsepsiya maqsadida past va mikrodozali preparat- larni qo‘llash tavsiya qilinadi.

AOKlarning profilaktik ta’siri – xavf omillarining kamayishi:

    • endometriy, tuxumdon saratonining rivojlanishi;
    • sut bezlarining xavfsiz o‘smalari paydo bo‘lishi;
    • anemiya;
    • bachadondan tashqari homiladorlik. AOK ni davolash ta’siri:
  • hayz siklini boshqarish;
  • dismenoreyaning kamayishi yoki yo‘qolishi;
  • hayz vaqtida qon ketishining kamayishi;
  • ovulyator og‘riqlarning yo‘qolishi;
  • kichik chanoq yallig‘lanishi uchrash sonining kamayishi;
  • HOSni davolash;
  • giperandrogen holatlarni davolash.

AOKni o‘smir yoshida davolash-protektiv ta’siri: hayz vaqtida qon ketishining kamayishi, dismenoreya, JYOYUK xavfi, retrograd tashlanishining ifodalanish darajasi;



    • o‘smir yoshidagi PKTS, tuxumdon tranzitor kistalar- ning profilaktikasi;
    • endometrioz, bachadon miomasi;
    • DQK, endometriy giperplaziyasi, diffuz mastopatiya;
    • husnbuzar;
    • autoimmun patologiya;
    • osteoporoz.


Gormonal kontratseptiv tasnifi

Aralash estrogen-gestagenli kontratseptivlar:

  • oral (monofaz, ikki fazali, uch fazali);
  • parenteral (qin koltsosi – nova-ring; transdermal kont- ratseptiv sistemasi – evra);

Faqat gestagenli kontratseptivlar:

  • oral (mini-pili – mikrolyut, eksklyuton, laktinet, cha- rozetta) va shoshilinch kontratsepsiya (eskapel, postinor);
  • parenteral (levonorgestrel implanti – norplant, impla- non; medroksiprogesteron inyeksiyasi; gormonal bachadon ichi sistemasi – mirena).

Aralash oral kontratseptivlar (AOK) tarkibida estrogen va progestagen bor. Estrogen komponenti bu sintetik est- rogen etinilestradiol, progestagen esa turli sintetik proges- tinlar.

AOKlar ta’sir qilish mexanizmi:

  • ovulyatsiyaning yo‘q bo‘lishi,
  • bachadon bo‘ynidagi shilliq qavatining quyuqlashishi,
  • endometriyni implantatsiyaga to‘sqinlik qilishi. AOKning kontratseptiv xususiyatini progestagen kom-

ponenti ta’minlaydi. Tarkibidagi etinilestradiol esa, en- dogen estradiolning o‘rniga endometriy proliferatsiyasini chaqirib hayz siklini nazorat qiladi. Sintetik progestagenlar endometriy sekretor transformatsiyasini chaqiradi, proges-



teron retseptorlari hisobiga. Undan tashqari, sintetik proges- tinlar antiandrogen, antimineralkortikoid xususiyatiga ega. Antiandrogen xususiyat hamma AOKlarda bor, tez ta’sir qiladigan AOKlar tarkibida siproteron atsetat (diane-35, xloe), drospirenon (yarina, midiana, djes) va dianogest (ja- nin, klayra) kiradi.

АОК turlari


АОК nomi

Tarkibidagi estrogen

Tarkibidagi gestogen

1

Ригевидон /Rige- vidon

0,03 mg EE

(Etinilestra- diol)

0,15 mg lеvonor- gestrel

2

Диане-35/ Diane 35

0,035 mg EE

2 mg siproteron asetati

3

Регулон/Regulon

0,03 mg EE

0,15 mg desogest- rel

4

Микрогинон/Mic- rogynon

0,03 mg EE

0,15 mg lеvonor- gestrel

5

Жанин/Jeanine

0,03 mg EE

2 mg dienogest

6

Белара/Belara

0,03 mg EE

2 mg chlormadi- none atsetati

7

Мидиана/Midiana

0,03 mg EE

3 mg drospirenone

8

Ярина/Yarina

0,03 mg EE

3 mg drospirenone

9

Ярина®Плюс/ Ya- rina®Plus

0,03 mg EE

3 mg, drospireno- ne + levomefolate calcium 0,451 mg

10

Линдинет 20 /

Lindynette 20

0,02 mg EE

0,075 mg gesto- dene

11

Новинет / Novy- nette

0,02 mg EE

0,15 mg desogest- rel



12

Джес /Yaz

0,02 mg EE

3 mg drospirenone

13

Джес® Плюс /

Yaz® Plus

0,02 mg EE

3 mg drospirenone

+ levomefolate calcium 0,451 mg

14

Клайра /Qlaira

3-2-1mg

estradiol va- lerate

2-3 mg dienogest


Progestagenlarning turlari:

  • androstan va estran mahsulotlari (testosteron, 19-nor- testosteron mahsulotlari);
  • pregnan mahsulotlari (progesteron, retroprogesteron va boshqa);
  • spironolakton mahsulotlari (17-alfa spironolaktonlar). Nojo‘ya ta’sirlari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qon bosim ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, mastodiniya, xloazma, tana vaznining ko‘payishi, varikoz venalar holati-

ning yomonlashishi.

Nojo‘ya ta’sirlari birinchi oylarda 10-40% ayollarda ku- zatiladi, keyin 5-10% ga kamayadi.

JSST kriteriylari asosida AOK va SPOK ga qarshi ko‘rsatmalar:

  • chuqur venalar trombozi, TELA (anamnezda), tromboz yoki tromboemboliyaning rivojlanish yuqori xavfi (katta jar- rohlikda, uzoq immobilizatsiya, tug‘ma trombofiliyalarda);
  • IBS, insult (anamnezida – serebrovaskulyar kriz);
  • arterial gipertenziyada sistolik QB ≥160 mm rt st. va/ yoki diastolik QB≥100 mm rt st va/yoki angiopatiya bilan;
  • yurak kassalliklarining asoratlari (qon aylanish kichik halqasida gipertenziya, yurak bo‘lmachalarida fibrillyatsi- ya, anamnezda septik endokardit);
  • qon tomir kasalliklarning xavf omillari (35 yoshdan katta, chekish, qandli diabet, gipertenziya);



    • jigar kasalliklari (o‘tkir virusli gepatitlar, jigar sirrozi

va o‘smasi, gepatoserebral distrofiya);

    • o‘choqli nevrologik belgili migren;
    • qandli diabet angiopatiyasi va/yoki uzoq vaqt davo- miyligi (20 yildan ortiq);
    • sut bezi saratoni, shubha bo‘lganda ham;
    • chekish (15 dan ortiq sigaret kuniga) 35 yoshdan kat- talarga;
    • laktatsiya (birinchi 6 hafta tug‘ruqdan keyin);
    • homiladorlik.

AOKni to‘xtatgandan keyin reproduktiv tizim faoliya- ti tezda tiklanadi. 85-90% ayollar yil davomida homilador bo‘lishi mumkin. Urug‘lanishgacha AOK qabul qilish za- rari yo‘q.

AOKni har bir ayolga somatik, ginekologik va oilaviy anamnezini hisobga olib individual tavsiya qilinadi.

JSST (1996) tomonidan kontratsepsiya usullarining qo‘l- lanishiga tavsiyalar bo‘yicha kategoriyalar ishlab chiqildi, shunga ko‘ra, ularni 4 kategoriyadan biriga kiritish mumkin: 1-kategoriya. Kontratseptivlarni qo‘llashga monelik

bo‘lmagan holatlar;

  1. kategoriya. Qo‘llanilayotgan usul foydasi uning naza- riy yoki isbotlangan zararidan yuqori;
  2. kategoriya. Qo‘llanilayotgan usul zarari uning nazariy yoki isbotlangan foydasidan yuqori (usuldan foydalanish tavsiya etilmaydi, yoki mos usul topilmagan hollardagina qo‘llash mumkin);
  3. kategoriya. Kontratseptivga bog‘liq, sog‘liq uchun yo‘l qo‘yilmaydigan xavf tug‘diruvchi holatlar, usuldan foydalanib bo‘lmaydi.

JSST tavsiyalari AOKni tanlashda quyidagi sxema yor- damida:

    • AOK bo‘yicha maslahat berishni va AOK larning qa- bul qilish qoidalarini o‘rgatish;



  • somatik va ginekologik statusni baholab oral kontrat- septivlarning JSST kategoriyasini aniqlash;
  • ayol xohishiga qarab AOK tanlash;
  • 3-4 oy davomida nojo‘ya ta’sirini nazorat qilish, kerak bo‘lsa AOKni almashtirish yoki to‘xtatish;
  • AOK qabul qilish davomida dispanser nazorat. AOK qabul qilgan ayollar nazorati:
  • Ginekologik tekshiruv, bachadon bo‘yni kolposkopiya va sitologiyasi bilan bir yilda 1 marta;
  • Sut bezini tekshirish yilda 1-2 marta, perimenopauza-

dagi ayollarda mammografiya 1 marta;

  • Qon bosimini regulyar o‘lchash (Diastolik QB ≥90

mm rt st ortiq bo‘lsa AOKni to‘xtatish kerak);

  • Ko‘rsatma bo‘yicha maxsus tekshirish (nojo‘ya ta’sirida). Qabul qilish qoidalari:
  • birlamchi qabulda hayzning 1-5-kunidan, amenoreya- da kunining farqi yo‘q;
  • AOKni abort qilgan kundan boshlash kerak;
  • tug‘ruqdan keyin: emizadigan ayollarga AOK beril- maydi, ularga faqat p9linadi.

SPOK ta’sir qilish mexanizmi: bachadon bo‘ynidagi shilliq qavatining kamayishi va quyuqlashishi, endometriy- ni implantatsiyaga to‘sqinlik o‘zgarishi, nayning qisqaruv- changligining kamayishi hisobiga urug‘langan tuxum hu- jayra migratsiyasi sekinlashishi, ovulyatsiyaning bo‘lmas- ligi 25-30% ayollarda aniqlangan.

SPOKga ko‘rsatmalar:

    • laktatsiya davri ( tug‘ruqdan 6 oy keyin);
    • estrogenlarga qarshi ko‘rsatma bo‘lganida (ekstrageni- tal kasalliklar);
    • yoki estrogen bilan bog‘liq asoratlar;
    • reproduktiv va kech reproduktiv yoshdagi ayollar, pre- menopauza;
    • semizlik.

SPOK afzalliklari:

    • progestagenlar kichik dozali, estrogen komponenti yo‘qligi;
    • qon-tomir kasalliklarini va serebrovaskulyar buzilish-

lari rivojlanishi xavfi kamroq AOK ga nisbatan;

    • uglevodlar almashinuvi va qon quyilish tizimiga ta’siri yo‘qligi;
    • dismenoreyada, XOS, ovulyator og‘riqlarda, ichki jin- siy a’zolar yallig‘lanishida davolash ta’siri;
    • fertil holat tez tiklanishi (3 oy davomida);
    • laktatsiya vaqtida qabul qilish mumkin;



– chekadigan va 35 yoshdan katta ayollarda qabul qilish imkoni.

SPOK. Nojo‘ya ta’sirlari: hayz sikli buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, depressiya, tana vazni ko‘payishi, libido- ning susayishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, mastalgiya.


Parenteral gormonal kontratseptivlari

Tasnifi:

  • inyeksiyali – medroksiprogesteron;
  • implantlar – levonorgestrel (norplant), yoki etonogest- rel(implanon);
  • transdermal kontratseptiv sistemasi norelgestromin + etinilestradiol (evra);
  • qin koltsosi etonogestrel + etinilestradiol (nova-ring). Ta’sir qilish mexanizmi: bachadon bo‘ynidagi shilliq qavatining quyuqlashi, endometriyning implantatsiyaga to‘sqinlik o‘zgarishi, nay qisqaruvchangligining kamayishi. Qarshi ko‘rsatmalar: o‘tkir tromboflebit yoki trombo- embolik holatlar, sut bezining saratoni, o‘tkir gepatit, jigar

sirrozi og‘ir turi, jigar o‘smasi.

Tezkor (postkoital, avariyali) kontratsepsiya – saq- lanmagan jinsiy aloqadan keyin homiladorlikning oldini olish usuli. Tezkor kontratsepsiyaning saqlanmagan jinsiy aloqadan keyin, birinchi 24-72 soat ichida samaradorligi kuzatiladi. Tezkor kontratsepsiyada AOK, progestagenlar, antigonadotropinlar (danazol), antiprogestinlar (mifepris- ton yoki RU-486), mis tarkibli BIV lar qo‘llanadi.

Yuzpe usuli. Monofazali AOK yordamida o‘tkaziladi, etinilestradiolning 1 dozasi 100 mkg (3-5 tabletka sutka- sida). Birinchi dozani saqlanmagan jinsiy aloqadan keyin 72 soat davomida, ikkinchi dozang – 1-dozadan 12 soatdan keyin qabul qilish kerak.



Qarshi ko‘rsatmalar: homiladorlik, estrogenlarga qarshi bo‘lgan holatlar (anamnezda tromboemboliyalar, og‘ir ji- gar kasalliklari, noaniq qon ketish, sut bezlarining va endo- metriy saratoni).

Nojo‘ya ta’sirlari: ko‘ngil aynish (51%), qusish (19%), mastalgiya, qon ketishi.

Progestagenli tezkor kontratsepsiyasi. Levonorgestrel (postinor va eskapel). Postinor 0,75 mg (1 tab/sut) 48 soat davomida saqlanmagan jinsiy aloqadan keyin va 12 soatdan keyin shu dozani takror qabul qilish kerak. Eskapel 1,5 mg (1 tab/sut) 1 marta 72 soatdan kech bo‘lmasidan.

Antiprogestinli tezkor kontratsepsiyasi. Mifepriston (ginepriston) noretindron mahsuloti bo‘lib, yuqori daraja- li progesteron va glyukokortikoid retseptorlariga ta’sirida endometriyda selektiv antigravidar o‘zgarishlariga va ba- chadon kontraktilligini oshirishiga olib keladi. Saqlanma- gan jinsiy aloqadan keyin 72 soat davomida qabul qilish kerak. Barcha yoshdagi ayollarda samarodorligi yuqori.

Antigonadotropinli tezkor kontratsepsiyasi. Danazol gonadotropin gormonlarni (FSG va LG) kamaytirib, ovul- yatsiyani to‘xtatib, bachadon shilliq qavatining atrofiyasi- ga olib keladi. Tezkor kontratsepsiya uchun danazol ikki marta 600 mg 12 soat intervalida 72 soat ichida qabul qili- nadi. Nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lgani sababli bu usul kam- dan-kam qo‘llaniladi.

Mis tarkibli BIV yordamida tezkor kontratsepsiyasi. Tezkor kontratsepsiyasi uchun saqlanmagan jinsiy aloqa- dan keyin 5 kun davomida mis tarkibli BIVni bachadon ichiga qo‘yish. Tug‘magan va yuqori xavfli yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarga tavsiya qilinmaydi.



    1. Bachadon ichi kontratsepsiyasi

Eng ko‘p tarqalgan homiladorlikdan saqlanish usuli. Bachadon ichi kontratsepsiyasining 2 turi bor:

  • nomedikamentoz (inert yoki neytral);
  • medikamentoz, tarkibida mis yoki gestagenlar. Kontratseptiv ta’sirining turli nazariyalari bor. Bu abor-

tiv ta’siri, endometriyning aseptik yallig‘lanishi, enzim bu- zilishlar, bachadon naylari peristaltikasining tezlashishi va misning spermatoksik ta’siri.

BIK ning afzalliklari:

  • yuqori samaradorligi;
  • ayol organizimiga tizim metabolik ta’siri yo‘q;
  • olib tashlagandan keyin, homilador bo‘lish qobiliyati tez tiklanadi;
  • jinsiy aloqa va emizishga bog‘liq emasligi;
  • iqtisod tarafdan qulay (arzon, uzoq vaqt davomida qo‘llaniladi).

BIK ning kamchiliklari:

  • birinchi yil davomida og‘riq bo‘lishi;
  • hayz vaqtida ko‘p qon ketishi va anemiyaga olib ke- lishi;
  • jinsiy a’zolarda yallig‘lanish xavfi yuqori;
  • har hayzdan keyin BIV ning iplarini tekshirish kerak;
  • tug‘magan ayollarga mumkin emas.

BIK ning samadorligi 99,8%, inert BIV da 91 93%, gormonal – 99,8% va misli BIV da – 93,8%.

Absolyut qarshi ko‘rsatmalar:

  • o‘tkir va o‘tkir osti ayollar jinsiy a’zolarining yallig‘la- nishi;
  • tez-tez retsidivli surunkali jinsiy a’zolarining yallig‘la- nishi;
  • bachadon bo‘yni va tanasining xavfli o‘smalari;



    • jinsiy a’zolaridan noaniq qon ketish;
    • homiladorlik.

BIV ni qo‘yishdan oldin tekshirish:

    • bakteriologik tekshirish (qin va bachadon bo‘ynidan);
    • umumiy qon va siydik tahlili;
    • JYOYU infeksiyalarga tekshirish;
    • qonni VICH, RW, gepatit V va S tekshirish;
    • kengaytirilgan kolposkopiya;
    • kichik chanoq a’zolarining UTT tekshiruvi.


    1. Ayollar jarrohlik kontratsepsiyasi

Ixtiyoriy jarrohlik kontratsepsiyasi (IJK) yoki ayollar jarrohlik sterilizatsiyasi bu homiladorlikdan saqlanadigan qayta tiklanmaydigan eng yuqori samarador usul. IJK la- paroskopik, mini-laparotomiya yoki an’anaviy laparotom usuli bilan qilinadi (masalan kesar kesish vaqtida).

Bachadon okklyuziyasining 4 turi bor:

    • naylarni bog‘lash (Pomeroy, Parkland usullari);
    • mexanik naylarni bloklash maxsus uskuna yordamida (Filshi titan zajimi, Xalka-Vulf prujinasi);
    • termoenergetik ta’siri (bachadon naylarini koagulyat- siyasi bachadondan 3 sm oralig‘ida);
    • boshqa usullar (bachadon naylariga probka, kimyoviy modda yuborish – chandiq hosil bo‘lishiga).

IJK quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

    • hayzining ikkinchi fazasida;
    • ginekologik operatsiya vaqtida tug‘ruqdan 6 oy keyin;
    • asoratlanmagan sun’iy abortdan keyin;
    • tug‘ruqdan keyingi sterilizatsiya – kesar kesish amali- yoti vaqtida, tug‘ruqdan keyin 48 soat davomida.

IJKga ko‘rsatmalar:

    • ayolning o‘z xohishi;



– tibbiy ko‘rsatmalar: yurakning og‘ir nuqsonlari, yurak qon tomir, nafas yo‘llari, siydik yo‘llari, nerv tizimi va qon kasalliklari, xavfli o‘smalar (homiladorlikka qarshi ko‘rsat- malar bo‘lganda).

IJK ga qarshi ko‘rsatmalar:

Absolyut qarshi ko‘rsatmalar – jinsiy a’zolarining o‘tkir yallig‘lanishi.

Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar:

  • lokal va generalizatsiyalashgan infeksion kasalliklar;
  • yurak va qon-tomir kasalliklari (aritmiya, arterial gi- pertenziya);
  • respirator kasalliklari;
  • kichik chanoq o‘smalari;
  • qon ketish;
  • qandli diabet;
  • yaqqol kaxeksiya;
  • qorin bo‘shlig‘idagi va/yoki kichik chanoq a’zolari- ning chandiq kasalliklari;
  • semizlik;
  • kindik churrasi (laparoskopiyaga qarshi ko‘rsatma).






Chilla davrida IJK qarshi ko‘rsatmalar:

Absolyut qarshi ko‘rsatmalar qog‘onoq suvlari 24 soat va undan ortiq vaqt ketganda va tug‘ruqdagi o‘tkir infeksi- yalanish.

Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar – arterial gipertenziya ( A/D

>160/100 mm rt st), tug‘ruqda qon ketish sababli anemiya (Nv <80 y/l) va semizlik III-IV-darajali.


Boshqa kontratsepsiya usullari

Baryer kontratsepsiya usullari. JYOYU infeksiyalardan saqlaydi:

    • erkaklar prezervativi;
    • ayollar: diafragma, bachadon bo‘yni kolpachogi, ayol- lar prezervativi, kontratseptiv gubkalar.

Kimyoviy kontratsepsiya usullari. Spermitsidlar (jele, shamchalar, tabletkalar, plyonkalar va gubkalar).




Fiziologik(tabiiy) kontratsepsiya usullari. Kalendar (rit- mik) usuli, bazal haroratni o‘lchash, bachadon bo‘yni shil- lig‘i cho‘ziluvchanligi, simtotermal usuli va ovulyatsiya aniqlaydigan test.



    1. Erkaklar kontratsepsiyasi (EK)

Erkaklar kontratsepsiyasi ahamiyatga ega, ayniqsa, ayol kontratsepsiya usullari bilan foydalanishiga imkoniyat bo‘lmaganda.

EKning uchta guruh usullari bor:

  • spermatozoidlar yetilishiga yo‘l bermaydigan;
  • spermatogenezni jabirlash;
  • spermatozoidlarni ayollar jinsiy a’zolariga yo‘l ber- maydigan usul.

Eng ko‘p tarqalgan erkaklar kontratsepsiya usullari:

  • xulqiy tiyilganlik, o‘zini to‘xtatish va soitus interrup- tus (lat.);
  • mexanik (baryer) – prezervativlar;
  • xirurgik – IJK (vazektomiya).

Spermatogenez blokadasiga ultratovush yordamida erishsa bo‘ladi, lekin asoratlari ko‘p bo‘lgani sababli bu usulni kontratsepsiya uchun qo‘llanmaydi. Spermatogenez va spermatozoidlarning yetilishiga issiq qilishning salbiy ta’siri bor. Testikulalar tana haroratiga yetilganda sperma- tozoidlar miqdori va faoliyati susayadi.

Erkaklar kontratsepsiyasi. Gormonal erkaklar kontrat- sepsiyasi asosida:

  • LG va FSG ning miqdorini kamaytirish;
  • testikulyar ichi testosteronni eliminatsiyasiga olib ke- lish;
  • androgen effektini quvvatlash uchun testosteron yu- borish.

Testosteron LG va FSG gormonlarni miqdorini kamayti- rib, Leydig hujayralarida testosteron ishlab chiqishini to‘x- tatib, testikulalarda androgenlar keskin kamayadi.

Erkaklar kontratsepsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar:

– qandli diabet og‘ir kechishi;



    • gipertonik kasalligi;
    • gormonga bog‘liq o‘smalar;
    • jigar va buyrak og‘ir kasalliklari;
    • gemostaz tizimida o‘zgarishlar;
    • bepusht nikoh;
    • psixik kasalliklar;
    • prostata bezi kasalliklari (xavfsiz giperplaziya, sara- toni);
    • oligozoospermiya. Kontratseptiv sxemalar:
    • testosteron va gestagen (0,5 mg levonogestrel) birgali- gida – tez va yaqqol spermatogenezning kamayishiga olib keladi;
    • testosteron va agonist GnRG birgaligida – gonadotro- pinlarning sekretsiyasi kamayishi kuzatiladi;
    • testosteron va antagonist GnRG birgaligida samara- dorligi – FSG va LG sekretsiyasini kamaytirishidan iborat.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

    1. Abduraхimov M.M. O‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘z- bekcha lug‘at / «Fan» nashriyoti, 2007
    2. Антибактериальная терапия воспалительных за- болеваний органов малого таза без ошибок и экспери- ментов: методическое руководство для врачей / Под. ред. Радзинского В.Е., Козлова Р.С., Духина А.О. – М.: Редакция журнала Status Praesens, 2013.
    3. Бесплодный брак. Руководство для врачей. Под ред. Кулакова В.И., Москва, 2006. – 616 с.
    4. Вольфф М. фон, Штуте П./Гинекологическая эндок- ринология и репродуктивная медицина, 2018. 511 с.
    5. Гинекологическая эндокринология/Под ред. В.Н.Серова. – М.: МЕД-пресс-информ, 2004. – 528 с.
    6. Гинекология Руководство для врачей/Под ред. Савельевой Г.М., Сухих Г.Т.Манухина И.Б., Москва, 2013. – 704 с.
    7. Громова О.А., Трошин И.Ю., Лиманова О.А. Сравнительное исследование доказательной базы эф- фективности и безопасности применения перораль- ной и трансдермальной форм заместительной гормо- нальной терапии эстрогенами у женщин в различные возрастные периоды. /Проблемы репродукции, №6, 2013.
    8. Лечение женского и мужского бесплодия. Вспо- могательные репродуктивные технологии. Под ред. Кулакова В.И., Леонова Б.В., Кузмичева Л.Н., Москва, МИА, 2005.
    9. Магзумова Н.М., Комилжанова Д.К. Лечение сме- шанной герпесвирусной инфекции у супружеских пар с бесплодием и невынашиванием/Новости дерматовенеро- логии и репродуктивного здоровья, №3-4 (I),2017, С.80.



    1. Магзумова Н.М., Миркасимова Ю.И. Комплекс- ная терапия синдрома поликистозных яичников у женщин с бесплодием/Вестник Академии, 2016, №1, С.75-78.
    2. Манухин И.Б. Геворкян М.А. Синдром поликис- тозных яичников./М.: ООО» Медицинское информаци- онное агентство. 2014. –192.
    3. Назаренко Т.А. Стимуляция функция яичников М.: «МЕДпресс-информ» 2015. – 288 с.
    4. Пшеничникова Т.Я. Бесплодие в браке. – М.: Ме- дицина, 2011. – 318 с.
    5. Руководство по гинекологии под ред.акад. РАМН проф. Э.К. Айламазян, В.В. Потин, 2012.
    6. Руководство по репродуктивной медицине /Б. Карр, Р. Блэкуэлл, Р. Азиз. Перевод с английского под общей редакцией д. м. н., профессора И. В. Кузнецо- вой/ Практика. Москва. – 2015.
    7. Серов В.Н., Дубницкая Л.В., Тютюнник В.Л. Воспалительные заболевания органов малого таза: ди- агностические критерии и принципы лечения. Русский медицинский журнал. 2011; 19, 1 (395): 46-50. 215.
    8. Серов В.Н., Прилепская В.Н., Овсянникова Т.В. Гинекологическая эндокринология. М.: 2014. С. 528.
    9. Сметник В.П.Эстрогены. – М.: Практическая ме- дицина, 2012. – 176 с
    10. Стандарты диагностики и лечения гинекологи- ческих заболеваний в лечебных учреждениях системы здравоохранения Р.Узбекистан, Ташкент, 2018. С. 88.
    11. Шестакова И.Г. Сложные вопросы использова- ния эстрогенов в репродуктивном возрасте. Практичес- кое руководство, 2018.
    12. Ших Е.В. Сравнительные клинико-фармакологи- ческие аспекты применения пероральных и трансдер-



мальных форм эстрогенов. «Акушерство и гинеколо- гия», №1. 2016. C. 260.

    1. Экстракорпоральное оплодотворение и его но- вые направления в лечении женского и мужского бес- плодия, Москва, МИА, 2004.
    2. Эндометриоз: диагностика, лечение и реабилита- ция. Клинические рекомендации. Москва, 2013, – 86 с.
    3. Ярмолинская М.И., Русина Е.И., Хачатурян А.Р., Флорова М.С./Клиника и диагностика генитального эн- дометриоза /Журнал акушерства и женских болезней, 2016. выпуск 5, с. 4-21
    4. Ashurova U.A., Magzumova N.M. Treatment of urogenital infections in couples with infertility/16th World Congress on human reproduction 18/21 march 2015, Ger- many P120.
    5. Bruce R. Carr, Richard E. Blackwell, Ricardo Azziz,

Essential reproductive medicine. 2015. – 832 с.

    1. Centers for Disease Control and Prevention. Guideli- nes for treatment of sexually transmitted diseases. MMWR. 2010.
    2. European Society for Human Reproduction and Embryology (ESHRE) Guideline Group on POI. ESHRE Guideline: management of women with premature ovarian insufficiency. Hum Reprod. 2016 May;31(5):926-37.
    3. European Guideline for the Management of PIDi- sease. http://www.iusti.org/regions/Europe/pdf/2012/PID_ Treatment_Guidelines-Europe 2012v5.pdf.
    4. ESHRE Guideline update 2013; Accessed at: http:// www.eshre.eu/Guidelines-and-Legal/Guidelines/Endomet- riosis-guideline.aspx.
    5. Giakoumelou, S., Wheelhouse, N., et al., (2016). The role of infection in miscarriage. Human Reproduction Up- date, 22(1), 116 – 133.



    1. Gromova O.A., Torshin I.Iu., Dzhidzhikhiia L.K., Gogoleva I.V. Roles of vitamin D in the prevention and treatment of female infertility Gynecology. 2016; 18 (3).
    2. International evidence-based for the assessment and management of polycystic ovary syndrome, 2018.
    3. Fauser B C, Tarlatzis BC, Rebar R, et al. Consensus on women’s health aspects of polycystic ovary syndrome (PCOS): the Amsterdam ESHRE/ASRM Sponsored 3rd PCOS Consensus Workshop Group. Fertil Steril 2012; 97: 28–38.
    4. Fertility problems: assessment and treatment. Cli- nical guideline Published: 20 February 2013 nice.org.uk/ guidance/cg156.
    5. Management of women with premature ovarian in- sufficiency. Guideline of the European Society of Human Reproduction and Embryology. POI Guideline Develop- ment Group. December. 2015.
    6. Optimizing natural fertility: a committee opinion, Practice Committee of the American Society for Reprodu- ctive Medicine in collaboration with the Society for Repro- ductive Endocrinology and Infertility, 2013.
    7. Richard S. Legro, Silva A. Arslanian et al. Diagnosis and Treatment of Polycystic Ovary Syndrome: An Endoc- rine Society Clinical Practice Guideline. J Clin Endocrin Metab. First published ahead of print October 22, 2013 as doi:10.1210/jc. 2013-23.
    8. Sadicova D.R., Magzumova N.M. Combined PCOS correction in women: hormonal, surgical and immuno- logical./8th International scientific conference «European Applied Sciences: modern approaches in scientific resear- ches’’January 30. 2014. P 29-35.
    9. Sarıdoğan E. Endometriosis in teenagers. Women’s

Health. 2015; 11(5):705-709.



    1. Schram G., Steffens D. A 12-month evaluate of the CMA-containing oral contraceptive Belara: efficacy, to- lerability and anti-androgenic properties/Contraception. 2013. Vol.67. №4. P. 305-312.
    2. Sexual transmitted diseases. Recommendations and Reports. Treatment Guidelines, 2013.
    3. Society for Assisted Reproductive Technology and the American Society for Reproductive Medicine. Assisted reproductive technology in the United States: 2011 Assis- ted Reproductive Technology Fertility Clinic Success Ra- tes Report. CDC 2013; www.cdc.gov/art/.
    4. Updated 2013 International Menopause Society re- commendations on menopausal hormone therapy and pre- ventive strategies for midlife health T. J. de Villiers, A. Pi- nes, N. Panay, M. Gambacciani, D. F. Archer, R. J. Baber,

S. R. Davis, A. A. Gompel, V. W. Henderson, R. Langer,

R. A. Lobo, G. Plu-Bureau и D. W. Sturdee, on behalf of the International Menopause Society CLIMACTERIC 2013;16:316–337.

    1. Vessey M, Yeates D, Flynn S (September 2010).

«Factors affecting mortality in a large cohort study with special reference to oral contraceptive use». Contraception. 82 (3): 221–229. doi:10.1016/j.contraception. 2010.04.006.

PMID 20705149.





O‘quv-uslubiy nashr N.M.MAGZUMOVA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR

Muharrir Feruza EGAMOVA


Badiiy muharrir Dilfuza SALIXODJAYEVA


Kompyuterda sahifalovchi Dildora JO‘RABEKOVA


Texnik muharrir Surayyo AHMEDOVA




Litsenziya raqami: AI № 252, 2014-yil 2-oktabrda berilgan.

Bosishga 30.09.2021-yilda ruxsat etildi.

Bichimi 84x108 1/32.

Bosma tabog‘i 6,5. Shartli bosma tabog‘i 10,92.

Garnitura «Academic UZ». Ofset qog‘ozi.

Adadi 1000 nusxa. Buyurtma № 164.

Bahosi kelishilgan narxda.


«Yangi asr avlodi» NMMda tayyorlandi.

«Yoshlar matbuoti» MCHJda chop etildi.

100113. Toshkent, Chilonzor-8, Qatortol ko‘chasi, 60.

Murojaat uchun telefonlar

Nashr bo‘limi – (78) 147-00-14, (78) 129-09-72.

Marketing bo‘limi – (98) 128-78-43; 397-10-87;

faks – (71) 273-00-14;

e-mail: yangiasravlodi@mail.ru