VI bob


6-BOB

BACHADON BO‘YNINING FON VA SARATON OLDI KASALLIKLARI

    1. Bachadon bo‘ynining fon oldi kasalliklari

MKB 10 kodi N86 bachadon bo‘yni eroziyasi va ektropioni.

Bachadon bo‘ynining xavfsiz kasalliklariga turli etio- logiya va morfologik o‘zgarishlarga ega.

Bachadon bo‘ynining kasalliklari etiologiyasiga qarab, 5 asosiy guruhlarga bo‘linadi (Prilepskaya V.N., 2002):

  • genetik;
  • mexanik jarohat va kimyoviy;
  • tuxumdon gormonal yetishmovchiligi;
  • qin va bachadon bo‘ynining infeksion kasalliklari (vi- rusli va xlamidioz);
  • immun statusi buzilishlari.

Zamonaviy klassifikatsiyalar kolpotsitologiya, servikos- kopiya va gistologik tekshirishlarga asoslangan.

Xalqaro JSST (1995) bachadon bo‘ynining xavfsiz kasal-

liklarini quyidagi klassifikatsiyasida guruhlarga ajratgan:

  • Yallig‘lanish kasalliklari (servitsit, endotservitsit, ero- ziya, ektropion);
  • Yallig‘lanish jarayoni yo‘q kasalliklar (endometrioz, polip, leykoplakiya, yirtilish, striktura);
  • Saraton oldi kasalliklar (displaziyalar).

Ilgari hamma bachadon bo‘ynining kasalliklari fon, sa- raton oldi va saraton kasalliklarga bo‘lingan.

«Fon jarayonlari» termini bilan o‘z vaqtida tashxislanis- hi va davosi o‘sma kasalliklarining oldini olish tadbirlarida muhim bo‘g‘in hisoblanuvchi, keltirib chiqaradigan sababi va morfologik ko‘rinishi bilan turlicha bo‘lgan xastaliklar birlashtiriladi. Ektoserviks (bachadon bo‘ynining qin qis-



mi) qin shilliq qavatining davomi bo‘lgan, bazal membra- nada yotuvchi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Servikal kanalni esa, bir qavatli silindrik epiteliy qoplab turadi. Tashqi bo‘g‘iz sohasida yassi epiteliyning silindrik epiteliyga o‘tish joyi – transformatsiya zonasi bo‘lib, ay- niqsa, shu qismda hujayralarning atipik transformatsiyasi ko‘proq sodir bo‘ladi.

Boshqa a’zolarga tarqalishining kamayishga moyil emasligi tufayli, bachadon bo‘yni va tanasi fon hamda sara- ton oldi kasalliklari dolzarbligicha qolmoqda. Reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan ginekologik kasalliklar- ning 10 % dan 15 % gacha bo‘lgan qismini bachadon bo‘y- nining xavfsiz ( o‘sma bo‘lmagan ) jarayonlari tashkil etadi. Bachadon bo‘ynida morfologik o‘zgarishlar kasallik kli- nik belgilari yuzaga chiqishidan ancha ertaroq sodir bo‘li- shi bizga ma’lum, buning natijasida esa, 75 % bemorlarda bachadon bo‘yni o‘smasi kasallikning 2- va boshqa kechki

bosqichlarida tashxislanadi.

Bachadon bo‘yni fon hamda saraton oldi kasalliklari ke- lib chiqishida xavf omillar:

      1. Ekzogen omillar: shikast, virus, xlamidiya, mikoplaz- ma chaqirgan yallig‘lanish jarayonlari, kontratsepsiya va davo maqsadida qo‘llaniladigan kimyoviy va fizik omillar;
      2. Endogen omillar: yoshga bog‘liq gormonal o‘zga- rishlar, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari, immunologik holatning susayishi;
      3. Ijtimoiy omillar: jinsiy hayotni erta boshlash, 18 yoshgacha erta 1-homiladorlik, jinsiy hamrohlarni tez-tez almashtirish, erta boshlangan jinsiy hayot va past ijtimoiy darajada tug‘ruqlar soni ko‘pligi.

Bachadon bo‘ynida uchraydigan kasalliklarni tashxis- lashda ginekologik, kolposkopik, sitologik va gistologik tekshiruvlar qo‘llaniladi.



Bachadon bo‘yni tug‘ma eroziyasi silindrik epiteliy- ning tashqi bo‘g‘iz chegarasidan siljishi bilan ifodalanadi.

Tashxislash: bachadon bo‘ynini ko‘zguda ko‘rganda yorqin qizil rangli, yuzasi silliq, servikal kanaldan ajraladi- gan patologik ajralmalar belgilarisiz bo‘ladi. Kolposkopi- yada yallig‘lanish simptomlari ( giperemiya, shish va h.k.) aniqlanmaydi.

Davolash: malignizatsiyaga moyilligi yo‘q, silindrik epiteliy ektoserviksdan endotserviksga distoniyasi to‘xtay- di va bu odatda, davolamaganda ham orqaga qaytadi.

Bachadon bo‘yni chin eroziyasi ektoserviks ko‘p qa- vatli yassi epiteliysining shikastlanishi va buning oqibati- dagi deskvamatsiyasi (ko‘chishi) bilan kechadigan orttiril- gan jarayon, yallig‘langan jarohatli yuza. Klinik belgilari yo‘q, ayrim hollarda kontakt qon ketishi mumkin, 3-5 kun- da epitelizatsiya jarayonida bitib ketadi. Agar bitish jarayo- ni uzoq vaqt davom etsa, JYOYUK bor-yo‘qligini aniqlab, sitologik tekshirish o‘tkazish kerak.

Tashxislash: ko‘zguda ko‘rik, kolposkopiya.

Chin eroziya, odatda, orqa labda joylashadi, yorqin qizil rangli, noaniq shaklli bo‘lib, servikal kanaldan shilliq – yi- ringli ajralmalar keladi. 1-2 hafta kuzatilib, keyin psevdo- eroziyaga o‘tadi. Kolposkopiya va mikroskopik tekshiruv- da yallig‘lanish belgilari aniqlanadi.

Mikroskopiya va servikal kanaldan bakteriologik ekma olish yallig‘lanish reaksiyasi qo‘zg‘atuvchisi xususiyati- ni bilish va keyinchalik to‘g‘ri davoni tanlash maqsadida o‘tkaziladi.

Psevdoeroziya (yoki ektopiya) chin eroziya negizida patologik jarayonning rivojlanishidan kelib chiqadi. Ekto- serviksning yemirilgan yuzasiga endoserviks silindrik epi- teliysi o‘sib keladi. Silindrik epiteliy bachadon bo‘yniga chuqur o‘sib kirib, tarmoqlangan yo‘llar va sekret ishlab chiqaruvchi ko‘plab kistalar hosil qiladi.



Mazkur xastalik klinik ko‘rinishi uchun (oqchil, og‘riq, hayz faoliyati buzilishi va h. k.larga) shikoyat bildirish xos emas, odatda, bu eroziya hamda psevdoeroziya bilan birga keladigan boshqa (kolpit, salpingoofarit, endometrit kabi ) yondosh kasalliklarga bog‘liq bo‘lib, ushbu kasallik, aso- san, yaqqol ifodalanmagan belgilarsiz kechadi. Ektopiya- si bor ayollarda 50% da transmissiv infeksiya aniqlanadi (VPG, VPCH, xlamidiya va mikoplazmalar). Klinik belgi- lari – qichishish, ko‘p miqdorda ajralmalar.

Tashxislash: ko‘zguda ko‘rik, kolposkopiya. Psevdoero- ziyalarga turli o‘lcham, noto‘g‘ri shakl, notekis yuza, qi- zil rang, kista va patologik ajralmalar xos bo‘ladi. Kasallik uzoq kechganda, davodan yetarlicha samara bo‘lmaganda, retsidivlarda, saraton oldi jarayonlariga xos o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi kengaytirilgan kolposkopiyani qo‘llash shart. 5 % li yod eritmasi bilan yuvgandan so‘ng eroziya och pushti, endi boshlanayotgan o‘choqlar – sariq, atipik jarayonli sohalar – oq tusli ko‘rinadi. Shubhali deb hisoblangan sohalarda mo‘ljalli biopsiya bajariladi. Morfo- logik ektopiya 2 turga bo‘linadi: oddiy va proliferativ (bez- li) ektopiya. Klinikasiga qarab: asoratlanmagan va asorat- langan (yallig‘lanish fonidagi ektopiya).

Davolash. Asoratlanmagan ektopiyani davolash shart emas. Asoratlangan ektopiyada kasallik rivojlanishiga olib kelgan yondosh xastaliklar (kolpit, endometrit, sal- pinogoofarit, ektropion, endokrin buzilishlar) ni davolash bilan birga olib boriladi. Qo‘zg‘atuvchi xususiyati sezgir- ligini aniqlash uchun bakterial ekma, IFA, PSR sinamalari yordamida aniqlanadi va qo‘zg‘atuvchi turiga qarab davo o‘tkaziladi.

Davo usuli – infeksiya turini hisobga olgan holda anti- bakterial terapiya va qin shamchalarini qo‘llash bilan o‘tka- ziladigan mahalliy davo.



Xirurgik davo agar ektopiya virusli infeksiyaning fo- nida, ayniqsa, VPCH-16, 18 turida bo‘lsa patologik o‘z- gargan joylarni diatermokoagulyatsiya, diatermoelektro- konizatsiya, lazer koagulyatsiya bilan olib tashlash lozim. Shuningdek, yaqqol displaziya va malignizatsiyani inkor etish uchun kengaytirilgan kolposkopiyadan so‘ng elektro- koagulyatsiya (diatermokoagulyatsiya), kriokoagulyatsiya, lazerovaporezatsiya qo‘llaniladi. Sanab o‘tilgan davo usul- lari qo‘llanilgach, ayol dispanser nazoratida bo‘ladi.

Bachadon bo‘yni kanali shilliq qavati polipi keng tarqalgan kasalliklar jumlasiga kiradi. U bachadon bo‘yni xavfsiz patologik jarayonlari ichida dastlabki o‘rinlardan birida turadi.

Poliplar tashqi bo‘g‘iz sohasida, endoserviks o‘rta yoki yuqori qismida rivojlanadi. Eng ko‘p 40 yoshdan oshgan ayollarda uchraydi. Poliplarning epitelial, bezli va aralash turlari bo‘ladi. Poliplarga xos spetsifik klinik belgilari ku- zatilmasligi mumkin .

Tashxislash: servikal kanal shilliq qavati poliplarini aniqlash muammo tug‘dirmaydi. Ular bachadon bo‘yni ko‘rigida, kolposkopiya va servikoskopiyada aniqlanadi.

Davolash polipni olib tashlagandan keyin servikal ka- nal va endometriyni qirishdan iborat. Poliplar oyoqchasi asosini aylantirish va so‘ng koagulyatsiya qilish bilan olib tashlanadi. Ginekologik kasalliklarni va endokrin buzilish- larni o‘z vaqtida davolash, bachadon bo‘yni poliplarining profilaktikasida muhim.

Bachadon bo‘yni papillomasi. Stroma va ko‘p qavat- li epiteliyda giperkeratozning o‘sib kirishi. Asosiy sababi virusli infeksiya (VPCH, VPG) va xlamidiyalar. Latent fa- zasida davolashga ko‘rsatma yo‘q. Papillomavirusli infek- siyada kandilomalar xirurgik usul bilan olinadi.

Leykoplakiya MKB-10 kodi: N88 – bachadon bo‘yni lekoplakiyasi.



Leykoplakiya (yunon.«oq dog‘») – ko‘p qavatli yassi epiteliyning keratinizatsiya bilan bog‘langan patologik ja- rayoni. Ma’lum soha qon tomirlari atrofida limfogistiotsitar infiltrat shakllanishi bilan ko‘p qavatli yassi epiteliyning turli darajadagi muguzlanishi kechadigan o‘choqli jarayon- ni ifodalaydi. Populyatsiyada uchrash soni 1,1%, bachadon bo‘yni kasalliklarini ichida esa 5,2%, hayz sikli buzilgan ayollarda – 12-13% tashkil etadi. Ko‘p qavatli yassi epi- teliyni xavfli transformatsiyasini 31,6% da leykoplakiyali ayollarda aniqlanadi. Oddiy leykoplakiya bachadon bo‘y- ni fon kasalliklariga kiradi, agar leykoplakiya atipiyali bo‘l- sa, bu saraton oldi holatiga kiradi.

Etiologiyasi. Endogen va ekzogen omillari ajratiladi. Endogen omillarga gormonal gemostazi va immun holatla- ri o‘zgarishlari sabab bo‘ladi. Ekzogen omillarga infeksion, virusli, kimyoviy va travmatik ta’sirlanishi kiradi.

Klinik manzarasi noaniq, odatda, belgisiz kechadi va

ko‘pincha profilaktik ko‘rikda aniqlanadi.

Tashxislash: ko‘zguda ko‘rik, oddiy va kengaytirilgan kolposkopiya, hujayra atipiyasini aniqlash maqsadida sito- logik tekshiruv. Ko‘rikda leykoplakiya yaqqol ifodalangan klinik shaklda, faqat kolposkopik aniqlanadigan yoki oddiy ko‘z bilan qaraganda ektoserviksda bo‘rtib turgan pilakcha- lardek ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Kolposkopik ko‘rinishiga qarab oddiy va qo‘pol leykop- lakiya turlarini ajratishadi, yodnegativ soha silliq yoki g‘a- dir-budir yuzali oqish yaltiroq pardadek ko‘rinadi (manfiy Shiller sinamasi). Biopsiyada servikal kanal shilliq qavatini diagnostik qirish bilan bir vaqtda keng o‘choq kesib olinadi. Davolash leykoplakiya turi, o‘lchami, shuningdek, bemor yoshi va reproduktiv faoliyatiga bog‘liq ravishda individual bo‘ladi. Yallig‘lanishga qarshi davo, qin bio- sinozining korreksiyasi va hayz siklini normallashtirish. Endoserviks holatini hisobga olib, kriodestruksiya, lazer



vaporizatsiya, konizatsiya yoki ekssiziya amaliyoti baja- riladi. Yaqqol atipiyada bachadon bo‘yni amputatsiyasi. Davolangandan so‘ng atipiyasiz turida – dispanser nazorat kolposkopik va sitologik tekshirish, VPCH ga test (har 6 oyda 1 marta 2 yil davomida).

Ektropion MKB-10 kodi: N86 – bachadon bo‘yni ero- ziyasi va ektropioni.

Ektropion – bachadon bo‘yni kanali shilliq qavati tes- kari bo‘lib qolishi, bachadon bo‘yni ko‘rigida ilgarigi shi- kastlar o‘rnida chandiqlar, bo‘yinchaning (turli darajadagi) deformatsiyasi, teskari o‘girilib qolgan shilliq qavatning g‘adir-budir yoki silliq yuzasi, ko‘pincha bachadon bo‘yni kanali shilliq qavati burmalari sifatida aniqlanadi.

Kengaytirilgan kolposkopiyani qo‘llash tavsiya etiladi, bunda biopsiyaga ko‘rsatma bo‘lgan patologik jarayonlar (psevdoeroziya, leykoplakiya va h. k.) aniqlanadi.

Davolash: bachadon bo‘yni tuzilishini korreksiyalash shart. Sezilarli chandiqli o‘zgarishlar va bachadon bo‘ynining yaqqol deformatsiyasida barcha patologik jarayonlar(endot- servitsit, psevdoeroziya va h. k.)ni davolab bo‘lgach, rekons- truktiv-plastik amaliyot (Emet amaliyoti) bajariladi.

Eritroplakiya (yunon. «qizil dog‘»). Makroskopik to‘q qi- zil rangli, yumaloq yoki noaniq shaklli, o‘zgarmagan shilliq qavat sathidan yengil ko‘tarilib turadigan hosila. Eritroplakiya, asosan, yakka uchraydi va kichik o‘lchamda bo‘ladi.

Eritroplakiyaning qizil rangi yupqalashgan epitelial qa- vatdan tomir to‘rining yorishib ko‘rinishidandir.

Tekshiruv usullariga ko‘zguda, kolposkopiya, sitologik tekshiruv va biopsiya kiritilishi mumkin.

Davolash: eritroplakiya xirurgik yo‘l (ekssiziya) bilan yoki uning to‘liq destruksiyasini chaqiruvchi boshqa usul- lar (diatermokoagulyatsiya, krioterapiya, lazer nurlari bilan vaporizatsiya) qo‘llanilib davolanadi.



    1. Bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari

MKB-10 kod: N 87 – bachadon bo‘yni displaziyasi; D06 – bachadon bo‘yni karsinomasi in situ (CIS).

Saraton oldi holatlarga epiteliy displaziyasi kiradi (ser-

vikal intraepitelial neoplaziya – SIN), bir necha yil o‘tgach saratonga aylanishi mumkin. Bu guruhga ko‘pincha displa- ziya fonida, ba’zan o‘zgarmagan bachadon bo‘ynida ham uchraydigan kasalliklar kiradi. Bu holat asosini yetilmagan metaplaziya fonida ko‘p qavatli yassi epiteliyning bazal va parabazal hujayralarining proliferatsiya jarayoni va struktur qayta qurilishi tashkil etadi. Proliferatsiya jadalligi, atipiya borligi va epiteliy qoplami zararlanishi chuqurligiga bog‘liq holda 3 daraja tafovut qilinadi: yengil, o‘rta va og‘ir. Og‘ir displaziyada epitelial kartsinoma rivojlanishi xavfi mavjud. Tasnif. 1953-yili bachadon bo‘yni epiteliysida proli- ferativ jarayon belgilash uchun displaziya termini kiritil- gan (J.Reagan va JSST tomonidan tasdiqlangan 1972-y.). 1975-yildan beri CIN termini qo‘llaniladi va 1988-yili yan- gi Bethesd sistemasi SIL (squamous intraepithelial lesion)

asosida kiritildi.

Bachadon bo‘yni jarohatlanishida normal epiteliy va CIS orasidagi o‘zgarishlar displaziya deb aniqlangan. Atipiya darajasiga va hujayradagi o‘zgarishlarga ko‘ra, displaziya 3 turga bo‘lingan. Morfologik uzluksiz displaziya va CISni belgilash uchun servikal intraepitelial neoplaziya (SIN) ter- mini kiritilgan. SINning uchta darajasi bor:

SIN I – yengil darajali displaziya; SIN II – o‘rta darajali displaziya;

SIN III – og‘ir darajali displaziya va CIS.

Og‘ir darajali displaziya va CIS birga berilgan, chunki shu holatlarda differensirovka qilish murakkab bo‘lgani sa- babli.



Saraton oldi holatiga bachadon bo‘ynidagi o‘zgarish- larga qarab kiritilgan: displaziya o‘zgarmagan bachadon bo‘ynida, yoki fon kasalliklarda; atipiyali leykoplakiya; eritroplakiya; adenomatoz.

Fon va saraton oldi kasalliklarning diagnostikasida CIN- DIAG® ekspress-test bachadon bo‘yni skriningi, sitologik (Papanikolau bo‘yicha surtma) va kolposkopik (oddiy, ken- gaytirilgan) tekshirishlar o‘tkaziladi.

Papanikolau bo‘yicha surtma (Pap-test, atipik hujayra- ga tekshirish) – bu laborator bachadon bo‘yni hujayrala- ridagi mikroskopik tekshirish va patologik o‘zgarishlarni aniqlash. Sitologik surtmada hujayralarning o‘lchamini, sifatini, turini, joylashishi, sonini baholaydi va fon, saraton oldi, saraton kasalliklarni diagnostikasiga yordam beradi. Bachadon bo‘yni sitologiyasi birinchi navbatda, yalpi hu- jayralari jarohati va saratonning diagnostik skrining testi deb hisoblanadi.

Sitologik tekshirishga ko‘rsatmalar:

  • 18 yoshdan hamma ayollarga;
  • bepushtlikda;
  • hayz sikli buzilganda;
  • homiladorlik rejalashtirganda;
  • semizlikda;
  • genital gerpesda;
  • odam papilloma virusida;
  • AOK iste’mol qilganda;
  • hamrohlarning ko‘pligi;
  • BIV qo‘yishdan oldin.

Xalqaro standartlar bo‘yicha birinchi Pap-testni jinsiy hayot boshlangandan 3 yil keyin yoki 21 yoshda qilinadi. Keyin yilda 1 marta, agar 3 yil davomida Pap-testda pato- logik o‘zgarishlar bo‘lmasa, har 2-3 yilda 1 marta 65 yosh- gacha olinadi.



Sitologik Papanikolau bo‘yicha surtma tekshirish (PAP – smear test)




Sitogramma tasnifi:

  1. sinf – atipik hujayralar yo‘q, normal sitologik ko‘ri- nish;
  2. sinf – qin va bachadon bo‘yni hujayra elementlarining yallig‘lanish sababli o‘zgarishi;
  3. sinf – bachadon bo‘ynining bir ikkita o‘zgargan hu- jayralar aniqlanishi, bu holda bachadon bo‘ynining holatini aniqlash uchun qayta sitologik yoki biopsiya qilib gisto- logik tekshirish kerak;
  4. sinf – o‘zgargan va xatarlilik hujayralar aniqlanganda (kattalashgan yadro va bazofil sitoplazma bilan, xromatin- ning notekis tarqalishi).
  5. sinf – surtmada atipik hujayralar ko‘p miqdorda aniq- lanishi.

Kolposkopiya bu bachadon bo‘ynini va qin devorlarini maxsus asbob – kolposkop yordamida ko‘rish. «Kolposko- piya» usuli nomi «colpo» – qin va «scope» – ko‘rish so‘z- laridan kelib chiqqan.

Kolposkopiya ishlatish jarayoni:

– jinsiy a’zolarning past qavat kasalliklarning birlamchi diagnostikasi;



  • davolash muolaja kolposkopiya nazoratida o‘tkazish;
  • davolash samaradorligini baholash;
  • nazorat uchun.


Turli klassifikasiya ma’lumotlariga asosan bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari klassifikasiyasining o‘zaro (2017) taqqoslamasi


Papanikolau sis- temasi

“WHO” ning ta’rif- lovchi tizimi

CIN

Betesd sistemasi


1-sinf (norma)

Yomon sifatli hu- jayralarning yo‘q- ligi




Neoplastic o‘zgarishlar- ning yo‘qligi


Norma


2- sinf (epiteliy metaplaziyasi, yallig‘lanishturi)


Yallig‘lanish bilan bog‘liq atipiya

Hujayralar- ning reaktiv o‘zgarishi ASC, ASC- US, ASC-H



3- sinf («diska- rioz»)

Yengil displaziya

CIN I

Koylositoz

LSIL

O‘rta og‘irlikdagi displaziya

CIN II




HSIL

Og‘ir displaziya



CIN III

4- sinf (saraton yoki karsinoma in situga shubha qilingan hujay- ralar)



Karsinoma in situ

5- sinf (saraton)

Invaziv karsinoma

Karsinoma

Karsinoma



Kolposkopiya turlari:

    • Oddiy medikamentozsiz, klinik jihatdan ahamiyati

yo‘q;

    • Kengaytirilgan – bachadon bo‘ynining shilliq qavatini maxsus test (Shiller va lyugol eritmasi bilan sinama) yorda- mida ko‘rish.

SIN va bachadon bo‘yni saratoni (BBR) xavf omillari:

  • erta jinsiy hayot;
  • erta birinchi homiladorlik va 18 yoshgacha tug‘ruq;
  • hamrohlarning ko‘pligi;
  • chekish;
  • JYOYUKlar.

SIN bo‘lgan ayollarda JYOYUKlar ichida eng ko‘p aniqlangan infeksiyalar: virusli (genital gerpes, sitomega- lovirus va bakterialar (Gardnerella vaginalis, candida spr; chlamydia trachomatis, mycoplasma hominis, ureaplasma urealyticum).

Tashxislash. Klinik belgilari yo‘q. Displaziya diagnosti- kasida anamnez, xavf omillarni inobatga olgan holda ko‘z- gu orqali tekshirish, epitelial hujayralarni sitologik tekshi- rish. Kolposkop yordamida ko‘rik, mo‘ljalli biopsiya bilan kengaytirilgan kolposkopiya. SINning asosiy diagnostik usuli bu bachadon bo‘ynidan bioptatni va servikal kanali qirilmasini gistologik tekshiruvi natijasida qo‘yiladi.

Taqqoslama tashxis: bachadon bo‘yni distrofiyasi, atipi- yasiz leykoplakiya, servitsitlar, homiladorlikdagi detsidual to‘qima.

Davolash yondosh kasalliklar (psevdoeroziya, leykopla- kiya va h. k.)ning xususiyatlariga, displaziya shakli, o‘zga- rishning darajasiga, bemor yoshi va reproduktiv faoliyatiga qarab amalga oshiriladi.

SIN I-ning davolanishi VPCH turiga va endoserviksdagi jarohatlanish o‘lchamiga qarab olib boriladi. Agar VPCHni



onkogen turlari (16, 18, 31, 33 va 35) aniqlansa va jaro- hatlanish katta o‘lchamda bo‘lsa, destruktiv davolash usuli tavsiya qilinadi.

SIN II-da ayolni yoshiga qarab destruktiv davolanish o‘tkaziladi. 40 yoshgacha bachadon bo‘ynining diatermo- koagulyatsiyasi va 40 yoshdan kattalarga – bachadon bo‘y- nining eksiziyasi yoki konizatsiya amalga oshiriladi. Agar- da ayolda yondosh ginekologik kasalliklar bo‘lsa (bacha- don miomasi, bachadon ortiqlarini o‘zgarishlari, bachadon bo‘ynining elongatsiyasi) pangisterektomiya qilinadi.

SIN III-da – og‘ir displaziyada radikal davo o‘tkaziladi: lazeroterapiya, kriodestruksiya, xirurgik konizatsiya, ba- chadon bo‘ynini konussimon yoki ponasimon kesish yoki bachadon ekstirpatsiyasi amaliyoti bajariladi.

Bachadon bo‘yni eksiziyasi va konizatsiya qilishga ko‘r- satmalar:

  • Patologik maydon servikal kanaliga tarqalib, vizuali- zatsiya qilish imkonsiz bo‘lganda;
  • Sitologik tekshiruvda va biopsiya natijasida SIN II, III va CIS aniqlanganda.

SIN III aniqlangan ayollarga onkoginekolog maslahati va davolanish tavsiya qilinadi.

Nazorat. SIN I bo‘lgan ayollarning nazorati ko‘rik, sito- logik tekshirish, kolposkopiya (har 6 oyda 2 yil davomida).

SIN II – III-bo‘yicha davolangan ayollar ko‘rigi, sito- logik tekshirish va kolposkopiya (har 3 oyda 1 yil davomi- da va 6 oyda ikkinchi yilida).

Destruktiv va xirurgik usullari yordamida davolangan ayollarning bachadon bo‘yni ko‘rigi va kolposkopiya 6-8 haftadan keyin qilinadi.

BACHADON BO‘YNINING FON VA SARATON OLDI

KASALLIKLARI


Bachadon bo‘yni eroziyasi va ektropioni

Bachadon bo‘yni papillomasi, polipi va leykoplakiyasi

Sitologik Papanikolau bo‘yicha surtma olish (Pap-surtma)

Bachadon bo’ynining displaziyasi (CIN)