VIII bob


8-BOB

KLIMAKTERIK DAVR VA MENOPAUZA

MKB –10 kodi N95.1 menopauza va klimakterik holati. Klimakterik davr va menopauza. Klimakteriy so‘zi (yu- noncha climacter zina poyalari) bu: fiziologik davr, ayol organizmida umumiy o‘zgarish yuzaga keladi, jinsiy a’zo- larda involyutsion jarayoni kuzatiladi: reproduktiv funksi- ya, keyinchalik hayz siklining to‘xtashi bilan ifodalanadi. Klimakterik davr qarish bilan kechadi, hayz to‘xtashi, hayz oldi, menopauza va postmenopauzaga bo‘linadi. Klimakte- rik sindrom (KS) bu klimakterik davrning tabiiy kechishi- ni asoratlaydigan va o‘tish davrida organizmning biologik transformatsiyasi bilan rivojlanadigan o‘ziga xos simpto-

mokompleks bo‘lib hisoblanadi.

KS o‘tish davridagi 40-70% ayollarda kuzatiladi. Uning rivojlanishi jinsiy gormonlar ishlab chiqilishining buzili- shi bilan bog‘liq. Barvaqt menopauza 40 yoshgacha va erta menopauza – 40-44 yoshda bo‘lishi mumkin. Erta menopa- uza sabablari: bachadon yoki tuxumdonlarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash va tuxumdonning yetishmovchiligida kuzatiladi. Tuxumdonning yetishmovchiligi seks xromo- somalarning nuqsonida, autoimmun kasalliklarda (gipotire- oidizm, buyrak usti bezining yetishmovchiligi) va kimyo, nurli terapiya sabab bo‘ladi.

Tasnifi. Klimakteriy davrida quyidagi davrlar ajratilgan:

  • premenopauza – birinchi klimakterik simptomlar paydo bo‘lishidan oxirgi o‘zi kelgan hayz sikligacha dav- ri. Bunda tuxumdonlar faoliyatining so‘nishi somatik va psixologik o‘zgarishlar bilan kechadi, 90% ayollarda kuza- tiladi va 45 yoshdan keyin boshlanadi;
  • menopauza – oxirgi o‘zi kelgan hayzdan 12 oy o‘tib. Bu tabiiy qarish jarayoni bo‘lib, tuxumdonlar faoliyati



so‘nadi. Menopauzaning o‘rtacha yoshi – 51 yosh. Meno- pauza tug‘magan ayollarda ertaroq kuzatiladi;

    • perimenopauza – premenopauzaning va 1 yilgi meno- pauza orasidagi davr;
    • postmenopauza – menopauzadan boshlanib, oxiri 65- 69 yoshgacha bo‘lib, erta (5 yilgacha) va kechki (5-10 yil) postmenopauzaga ajratiladi va ayol hayotining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tuxumdonlar uchun bu nisbatan dam olish davri.

Etiologiya va patogenezi. Klimakterik davr asta-sekin tuxumdon faoliyatining susayishi (birinchi 1-3 yilda), keyin esa tuxumdonda estrogenlar ajralishi to‘liq to‘xtaydi. Post- menopauzada gormonal va metabolik o‘zgarishlar sekin-asta yuz beradi. Postmenopauzada tuxumdonlar o‘zining endokrin faoliyatini va ba’zi bir gormonlar sekretsiyasini davom ettira- di. Ayollar qoni zardobidagi estradiol va estron periferik to‘qi- mada buyrak usti bezlari ishlab chiqaradigan androgenlardan hosil bo‘ladi. Estrogenlarning katta qismi androstendiondan hosil bo‘ladi. Bu, asosan, mushak va yog‘ to‘qimalarida yuz beradi. Shu sababli semiz ayollarda zardobdagi estrogen miq- dori ko‘payib, progesteron yo‘qolganligi sababli bachadon tanasi saratoni xavfi ortadi. Ozg‘in ayollar qoni zardobida estrogenlar miqdori kam bo‘lib, osteoporoz xavfi ortadi. Post- menopauzada progesteron sekretsiyasi to‘xtaydi.

Klinik belgilari va patologik holatning kelib chiqish muddatiga qarab, KS 3 guruhga ajratiladi: erta, o‘rta davo- miyli va kechki.

1-guruh – erta simptomlar:

    • vazomotor buzilishlar: issiqlik quyilishi, ko‘p terlash, yurak urib ketishi, qaltirash, bosh og‘rig‘i, gipo- yoki gi- pertenziya;
    • emotsional – psixik: ta’sirchanlik, uyquchanlik, uyqu- sizlik, holsizlik, tashvishlanish, depressiya, xotira buzilishi, e’tibor kamayishi, libido susayishi (85% ayollarda).



Issiqlik quyilishlar – gipoestrogeniyaning ko‘p kuzati- ladigan belgilaridan biri. Issiqlik quyilishlari odatda 1–3 minut davom etadi va bir sutkada 5–10 marta takrorlanishi mumkin. Og‘ir holatlarda 30 martagacha kuzatiladi. Tabi- iy menopauzada bu holatlar kamroq, sun’iysida – ko‘proq kuzatiladi.

2-guruh – o‘rta davomiylik simptomlar, menopauzadan 3-5 yildan so‘ng paydo bo‘ladi, urogenital buzilishlar, teri va uning ortiqlari o‘zgarishi bilan kuzatiladi (tirnoq sinishi, quruqligi, ajinlar paydo bo‘lishi, soch qurushi va to‘kilishi). 3-guruh kechki almashinuv buzilishlari bu postme- nopauzal metabolik sindromi (ateroskleroz, arterial giper- tenziya, giperlipidemiya, insulinrezistentlik), nevrologik simptomlar (kognitiv, xotira, ko‘rish qobiliyati, eshitish funksiyalarining pasayishi), suyak-mushak tomonidan (os-

teoporoz, osteoartrit).


Bachadon bo‘ynining atrofik epiteliysi



Gipoestrogeniya tufayli siydik yo‘llari epiteliysi atrofi- yasi va uretra kengayishi kuzatiladi. Bu ayollarda stressli siydik tuta olmaslikka, atrofik vaginit sababli urogenital buzilishlar dispareuniya, retsidivlanuvchi bakterial va zam- burug‘li vaginitlar yuzaga keladi.



Urogenital buzilishlar:

    • atrofik vaginit;
    • bakterial vaginoz;
    • atrofik sistouretrit;
    • pollakiuriya;
    • nikturiya;
    • tsistalgiya;
    • stressli siydik tuta olmaslik;
    • giperrefleksiya;
    • qovuq to‘liq bo‘shamasligi hissi.

Estrogen defitsitida: tashqi jinsiy a’zolar terisida dist- rofiya (krauroz); qin epiteliysi yupqalanishi, quruqlashi- shi, infeksiyalanishi; uretra va siydik qovug‘ida dizuriya va infeksiyalar; bachadonda – epiteliyning yupqalashishi, shikastlanuvchanlik va sitologik o‘zgarishlar; kichik cha- noqning mushaklari va paylari: bo‘shashi, tushishi va ush- lolmasligi kuzatiladi.

Menopauza tabiiy yoki sun’iy bo‘lishidan qat’iy nazar osteoporozga olib keladi.

Osteoporoz rivojlanishiga ayollarda xavf omillari:

  1. Ozg‘in, nimjon va past bo‘yli ayollar;
  2. Oilaviy anamnezda suyak jarohatlanishi borligi;
  3. Kechki menarxe (15 yoshdan keyin);
  4. Erta menopauza (50 yoshgacha);
  5. Oligo- va amenoreya reproduktiv yoshda;
  6. Anovulyatsiya va bepushtlik;
  7. Uzoq davom laktatsiyasi;
  8. Chekish, alkogolizm, kofein ko‘p miqdorda iste’mol qilish;
  9. Jismoniy passivlik.

Osteoporoz ozuqa bilan kam miqdorda kalsiy iste’mol qilganda kuzatiladi. Premenopauzada, agar kalsiyga boy



oziq-ovqatlar (sut mahsulotlari), qabul qilinmasa, suyak to‘qimasi kamayadi.

Diagnostika. Anamnezida ginekologik va somatik ka- salliklar, operatsiyalar, sut bezi saratonining oilaviy xavfi, trombozga bor-yo‘qligini ahamiyat berish kerak. Umumiy tekshirishda: qon bosim va tana vaznini aniqlash, gineko- logik ko‘rik va sut bezlarini paypaslash.

Klimakteriyga xos gormonal o‘zgarishlari:

  • estradiol miqdori kamayishi (<80 pmol’/l);
  • FSG yuqoriligi (>15-20 ME/l);
  • AMG kamayishi <1,0 ng/ml;
  • androgen/estrogen>1nisbatining ko‘tarilishi;
  • FSG yuqoriligi va LG/FSG<1;
  • indeks estradiol/estron <1;
  • nisbiy giperandrogeniya yoki androgenlar defitsiti;
  • ingibin V ning kamayishi.

Klimakterik sindrom estrogendefitsit simptomokomp- leksining belgilariga asoslangan.

Tekshirish usullari:

  • indeks Kupperman yordamida klimakterik simptomla- rini baholash;
  • bachadon bo‘ynini sitologik tekshirish (Papanikolau usulida);
  • qonda FSG, LG, estrogenlarni, prolaktin, TTG va tes- tosteronni aniqlash;
  • biokimyoviy analizlar va koagulogramma;
  • mammografiya;
  • qon bosim va pulsni tekshirish;
  • qin orqali UTT.



Menopauzal Kupperman indeksi



Simptomlar

Darajalar ballari

yo‘q

Yengil darajali

O‘rta darajali

Og‘ir darajali

Vazomotor

0

1

2

3

Paresteziyalar

0

1

2

3

Uyqusizlik

0

1

2

3

Nevrozlik

0

1

2

3

Melanxoliya

0

1

2

3

Bosh aylanishi

0

1

2

3

Artralgiya va mialgiya

0

1

2

3

Bosh og‘rig‘i

0

1

2

3

Yurak tez-tez urishi

0

1

2

3

Formikatsiya (chumo- lilar yurish hissi)

0

1

2

3


Klimakterik sindromi darajasini aniqlash:

    • <20 ball – klimakterik sindromining yengil kechishi;
    • 20-35 ball – klimakterik sindromining o‘rta darajali kechishi;
    • >35 ball – klimakterik sindromining og‘ir darajali ke- chishi.

Davolash. KSni davolash kompleks, individual, nome- dikamentoz hamda medikamentoz terapiyani (nogormonal va gormonal) o‘z ichiga oladi.

Erta vazomotor belgilarida gormonal terapiya tavsiya qilinmaydi, issiqlik quyilishlar 3 – 5 yilda o‘zi o‘tib ketadi. Urogenital buzilishlarda gormon o‘rinbosuvchi terapiya ol- gan 50% bemorlarda samara beradi. Qin, siydik yo‘llari va qovuqning asosdagi epiteliy estrogenga bog‘liq bo‘lib, me- nopauzadan 4 – 5 yildan so‘ng 30% gormon o‘rin bosuvchi terapiya olmagan ayollarda qinda atrofiya kuzatiladi.

MGT olmagan postmenopauzadagi ayollar bir yilda 3 – 5% gacha suyak to‘qimasini yo‘qotadi. Ayniqsa, birinchi



5 yilda son suyagi boshchasida 20% kompakt va g‘ovak to‘qimasi yo‘qotiladi.

Klimakterik sindromini davolash 3 bosqichdan iborat:

  1. bosqich: Ratsional gigienik mehnat tartibi, parhez (ug- levod va yog‘lar miqdorini chegaralash), shifobaxsh jismo- niy tarbiya.
  2. bosqich: Gormonsiz medikamentoz terapiya bu simp- tomatik davo bo‘lib – sedativ va antidepressant vositalar tavsiya qilish.
  3. bosqich: Menopauzal gormonal terapiya (MGT). Aso- siy maqsadi ayolning umumiy ahvolini yaxshilash, kechki kuzatiladigan o‘zgarishlarning oldini olish va ayollarga mi- nimal va optimal dozada bo‘lgan vositalar ishlatiladi.

Menopauzal Gormonal terapiyaning asosiy prinsiplari:

  • MGT tartibiga estrogenlar kiradi;
  • Progestagenlar endometriyni giperplastik jarayoni- dan himoya qiladi;
  • Gisterektomiya bo‘lgan ayollarga estrogenli monote- rapiya tavsiya qilinadi;
  • Osteoporoz, ateroskleroz va urogenital o‘zgarishlar- ning oldini olishda GO‘T 5-7 yil davomida davolash;
  • Har bir ayol ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarini bilishi kerak.

Menopauzal gormonal terapiya (MGT). Ko‘rsatmalar:

  • erta va barvaqt menopauza;
  • klimakterik sindrom (og‘ir darajasi);
  • og‘ir atrofik jarayon (urogenital buzilishlar);
  • osteoporoz profilaktikasi;
  • postkastratsion sindrom;
  • hayot tarzini yaxshilash uchun.

MGT tavsiya qilishdan oldin ayolni, albatta, tekshirish lozim:

  • anamnez;



    • ginekologik tekshirish va kichik chanoq a’zolarining UTT;
    • sut bezlarini tekshirish (mammografiya, UTT);
    • surtma sitologiyasi (Papanikolau);
    • gemostaziogramma. Absolyut qarshi ko‘rsatmalar:
    • ko‘krak bezi saratoni va shubha bo‘lganda;
    • ko‘krak bezining saratoni va shubha bo‘lganda;
    • jinsiy a’zolarining estrogen bog‘liq o‘smalar va endo- metriy saratoni yoki shubha bo‘lganda;
    • aniqlanmagan qindan qon ketish;
    • davolanmagan endometriy giperplaziyasi;
    • tromboembolik kasalliklar, anamnezda - tromboz;
    • davolanmagan gipertenziya;
    • o‘tkir va og‘ir jigar kasalligi ;
    • teri porfiriyasi (fermentopatiya);
    • preparatni ko‘tara olmaslik Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar:
    • bachadon miomasi va endometrioz;
    • migren;
    • oilaviy gipertriglitsridemiya;
    • jigar tosh kasalligi;
    • epilepsiya;
    • yuqori xavfli sut bezi saratoni bo‘lganda.

Tekshirgandan so‘ng, agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa gormonal terapiyani tavsiya qilsa bo‘ladi. MGT klimakte- rik sindromda 80–90% holatlarda samara beradi. Yurak ishemik kasalligi va insult xavfini 2 marta kamaytiradi, estrogenlar aterosklerotik pilakchalar hosil bo‘lishining ol- dini oladi. Gormonal o‘rin bosuvchi terapiyaning optimal yoshi perimenopauza davri.

Gormonal terapiyasidagi estrogen turlari:

    • Tabiiy estrogenlar (odam) -17b estradiol, estradiol-va- lerat, estriol;



  • Kon’yugirlangan estrogenlar – ekvilin-sulfat + est- ron-sul’fat + estradiol izlari;
  • Sintetik estrogenlar – etinilestradiol va mestranol (AOK).

MGT tarkibida tabiiy estrogen va progestin tutuvchi vositalar bo‘lib, ular monofazali, ikkifazali va uch fazali turlarga bo‘linadi.

Estrogenli monoterapiyani bachadoni yo‘q ayollarga tavsiya qilinadi (proginova, estrofen, premarin, ovestin), yoki transdermal estrogenlar (Lenzetto®, divigel’), yoki ti- bolon – estrogen transselektiv regulyatori (ledibon, livial).

Gestagenli monoterapiya. Perimenopauzadagi BQK, adenomioz va bachadon miomasida tavsiya qilinadi. Da- volash usullari:

  • didrogesteron (dyufaston) 10 mg 2 mahal hayzning 11-kunidan 25-kunigacha DQK ayollarda;
  • bachadon ichi levonorgestrel rilizing-sistemasi – ba- chadon ichiga bir marta 3 yilda;
  • medroksiprogesteron 10 mg 1 marta kuniga hayzning 5-kunidan 25-kunigacha yoki 10 mg 1 marta 16-kunidan 25-kunigacha;
  • progesteron (mikro dozali) 100 mg 3 marta hayzning 5-kunidan 25-kunigacha.

Kombinirlangan gormon o‘rinbosuvchi terapiya ikki yoki uch fazali estrogen-gestagen preparatlar siklik yoki uzluksiz rejimda perimenopauzadagi bachadoni bor ayollarga beriladi.

Ikki fazali estrogen-gestagen vositalar – femoston 2/10, femoston 1/10, klimonorm, klimen. Hozirgi kunda ikki fa- zali vositalarga quyidagilar kiradi:

Femoston 2/10(17b – estradiol 2,0 mg, didrogesteron 10 mg – dyufaston) va Femoston 1/10 (17b – estradiol 1,0 mg, didrogesteron 10 mg (dyufaston).



Divina (2 mg estradiol valerati, 10 mg metoksiprogeste- ron atsetat).

Klimen (2 mg estradiol valerati, 10 mg siproteron atsetat). Siklo-proginova (2 mg estradiol valerati, 0,5 mg norge-

strel).

Klimonorm ( 2 mg estradiol valerati, 0,15 mg levo- norgestrel).

Uch fazali dorilar Trisekvens va Trisekvens-forte. Faol moddalari: estradiol va noretisteron atsetat.

Monofaz estrogen-gestagenli vositalar postmenopau- zadagi bachadoni bor ayollarga (femoston 1/5, klimodien, kliogest, pauzogest), yoki tibolon – estrogen transselektiv regulyatori (ledibon, livial) beriladi.

Monokomponentli peroral vositalar:

Femoston 1/5 (17b - estradiol 1,0 mg + 5mg didrogeste- ron-dyufaston);

Klimodien (estradiola valerat 2,0 mg + 2,0 mg dienogest); Kliogest (17b - estradiol 2,0 mg +1 mg noretisteron atsetat); Pauzogest (2 mg estradiola+1 mg noretisterona atsetata); Livial, Ledibon (tibolon 2.5 mg 28 tabletka).

Klimaktoplan – tabiiy, kompleks vosita bo‘lib hisob- lanadi. Tarkibidagi o‘simlik tabiatli komponentlar termo- regulyatsiyaga ta’sir qiladi. Dori 1–2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatdan yarim soat oldin yoki bir soatdan keyin og‘izda erib ketgunicha so‘riladi.

Klimadinon – bu ham tabiiy dori. Tabletkalar to‘plamda 0,02 gdan 60 dona. Ichish uchun tomchilar 50 ml flakonda. Klimakteriyani davolashda yangi yo‘nalish selektiv est- rogen–retseptor modulyatorlari bo‘lib hisoblanadi. Ralok- sifen estrogen retseptorlarini stimullab, bir vaqtda antiest- rogen xususiyatiga ham ega. Bu vosita sut bezi saratonni davolash uchun ishlab chiqilgan, tamoksifen guruhiga kira- di. Raloksifen osteoporoz, insult va miokard infarkti xavfini

kamaytiradi.