III bob


3-BOB

BEPUSHT NIKOH

Bugungi kunda bepushtlik davosi nafaqat tibbiy jihat- dan, balki ijtimoiy demografik muammoligicha qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bergan malumot- larga ko‘ra bugungi kunda bepushtlik bilan dunyo aholi- sining 15 % – 17% dan ko‘prog‘i aziyat chekmoqda. Bu muddat 1 yil – statistik jihatdan aniqlangan: 30% sog‘lom juftliklarda turmushining birinchi uch oyida, yana 60% da

      • keyingi yetti oy davomida, qolgan 10% da esa jinsiy ha- yotni boshlagandan o‘n bir yoki o‘n ikki oydan keyin homi- ladorlik yuzaga kelishi isbotlangan. Shunday qilib, bir yil
      • juftliklar fertilligini aniqlash va homiladorlik yuzaga kel- maganda bepusht oila haqida gapirish uchun yetarli muddat bo‘lib hisoblanadi. Bepusht nikoh – reproduktiv yoshdagi ayollarda 1 yil davomida doimiy jinsiy aloqada bo‘lganda (haftasiga 3 martadan kam bo‘lmagan holatda) va kont- ratsepsiya vositalaridan foydalanmagan holatda ham ho- miladorlik bo‘lmasligiga aytiladi. Ayrim mualliflarning malumotiga ko‘ra, bepushtlik o‘rtacha hisobda 10 – 20% gacha bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarni tashkil etadi.

«Birlamchi» va «ikkilamchi» bepushtlik farqlanadi. Agar ayol bir marta ham homilador bo‘lmagan bo‘lsa, birlamchi, agar bir marta homilador bo‘lib, u qanday – tug‘ruq, abort, homila tushishi, bachadondan tashqari homiladorlik bilan tugaganligidan qat’iy nazar keyingi bepushtlik ikkilamchi deyiladi. «Birlamchi» va «ikkilamchi» bepushtlik tushun- chasi faqat ayollarga nisbatan emas, balki erkaklarga nis- batan ham qo‘llaniladi, ya’ni shu erkakdan hamrohlaridan birortasi bir marta ham homilador bo‘lmagan bo‘lsa, bir- lamchi, agar hamrohlaridan birortasi bir marta bo‘lsa ham homilador bo‘lgan bo‘lsa, keyingi bepushtlik ikkilamchi deb tushuniladi.



Bepushtlik sababi bo‘lmish fertillik faoliyatni buzilishi- ga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Bepusht nikohga sabab bo‘luvchi omillarning 50% dan ko‘prog‘i ikki va un- dan ortiq sabablarning birgalikda kelishi bilan bog‘liqdir.

Bepushtlikka olib keluvchi etiologik omillar juftlikning birida yoki ikkalasida ham kuzatilishi mumkin. Bepusht- lik 45 % hollarda ayol tomonidan, 40% holatda erkak to- monidan va qolgan holatlarda ikki tomondan yuzaga kelib chiqqan patologik jarayonlar bilan bog‘liqdir.

Boshqa bir guruh mualliflarning izlanishlari natijasi- da bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bepusht nikoh etnografik farqli xalqlarda o‘rtacha 5 dan 50% gacha tashkil etadi. 50% dan ko‘proq bepushtlik ayol organizmidagi o‘zgarishlar bi- lan bog‘liq bo‘lib, ularning 10% holati noaniq etioligiyali bepushtlikdir. Bunga sabab bo‘lib stress omillar, emotsio- nal qo‘zg‘alganlik va uyqu buzilish holatlari hisoblanadi .

Hozirgi vaqtda agar muntazam jinsiy hayot bilan yashab, bir yil davomida homiladorlik yuzaga kelmasa, bepushtlik masalasini hal etish uchun juftliklarni tekshirish va davo- lashni boshlash lozim deb hisoblanadi.

Bundan tashqari, ayollar va erkaklar bepushtligi, ara- lash, juftliklar mos kelmasligi, endometrioz natijasidagi be- pushtlik hamda noaniq sababli va idiopatik bepushtlik ham mavjud. Agar oiladagi bepushtlikka ayol organizmidagi bi- ror bir o‘zgarishlar sabab bo‘lsa, ayollar bepushtligi deyila- di. Ayol sog‘lom bo‘lib, erkak spermasining urug‘lantirish xususiyati sust bo‘lsa, erkaklar bepushtligi deb yuritiladi. Ikkalasi bir vaqtda kuzatilsa, aralash bepushtlik deb hisob- lanadi. Juftliklarning reproduktiv faoliyati ko‘rsatkichlari normal bo‘lib, maxsus sinamalar bu juftliklarning bir-biri- ga mos kelmasligini ko‘rsatsa, davolash usulini tanlashda maxsus yondoshuvni talab qiladigan bepushtlikning alo- hida shakli bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, yana butunlay



sog‘lom va bir-biriga mos juftliklarda ham bepushtlik kuza- tilishi mumkin, bu noaniq sababli yoki idiopatik bepushtlik deb tushuntiriladi.

Ayollar bepushtligi o‘z navbatida naylar, nay-peritone- al, endokrin va endometrioz bilan bog‘liq bepushtliklarga bo‘linadi.

Homiladorlik yuzaga kelish mexanizmi. Homilador- lik yuzaga kelishi uchun quyidagilar shart:

Siklik gormonal jarayonlar natijasida har oyda tuxum- donlarda bitta follikula yetiladi (kam hollarda ikki yoki hatto uch-to‘rtta). Taxminan siklning o‘rtasida, ya’ni 14-kunlarida follikula yoriladi va tuxumhujayra chiqib, qo- rin bo‘shlig‘iga, undan bachadon naylariga tushib, u erda spermatozoid bilan uchrashib, urug‘lanadi. Urug‘langan tuxumhujayra bachadon bo‘shlig‘iga tushib, sharoit bo‘lsa, bachadon devoriga joylashib, homiladorlik rivojlana bosh- laydi.

Yuqoridagilardan shu narsa ma’lumki, homiladorlik yu- zaga kelishi uchun quyidagilar shart ekan:

    1. Tuxumdon follikulasining yetilishi va yorilishi (ovul- yatsiya).
    2. Tuxumhujayraning bachadon naylariga tushib, to‘siq- siz bachadon bo‘shlig‘iga tushishi.
    3. Bachadonning urug‘langan tuxumhujayrani qabul qi- lish va uning rivojlanishini ta’minlashga tayyorligi.

Agar gormonal buzilishlar bo‘lsa, ovulyatsiya bo‘lmay- di, tuxumhujayra tuxumdondan chiqmaydi, natijada bacha- don va naylarga tushmasligi sababli homiladorlik yuzaga kelmaydi. Bunda bepushtlikning endokrin (yoki gormonal) shakli o‘rinli bo‘ladi.

Agar bachadonning ikkala naylari ham bo‘lmasa yoki ularning o‘tkazuvchanligi buzilgan bo‘lsa va tuxumhujayra bachadon bo‘shlig‘iga tushmasa, nay bepushtligi deyiladi.



To‘siq nayning o‘zida bo‘lmay, tuxumdon bilan naylar o‘rtasida chandiq holatida bo‘lishi mumkin, unda bu pe- ritoneal bepushtlik deb ataladi. Ko‘pincha chandiqlanish jarayoni o‘tkazuvchanligini buzib ham nayda va ham tuxumdonda bo‘lishi mumkin, unda bu nay-peritoneal be- pushtlik bo‘ladi.

Nay bepushtligiga naylarning yallig‘lanishi yoki ko‘p marta gidrotubatsiyalar o‘tkazish, naylarning bo‘lmasligi va uning anatomik jihatdan funksional yetishmovchilik- lari sabab bo‘lishi mumkin. Bachadonning tug‘ma (ba- chadonning bo‘lmasligi yoki yetilmaganligi, uning ikkiga bo‘linganligi, egarsimon bachadon, bachadon bo‘shlig‘i- da to‘siqlar bo‘lishi va b.) va bachadon ichi muolajalari natijasidagi orttirilgan (bachadonning chandiqli deformat- siya, bachadon ichi bitishmalari va b.) anatomik nuqsonla- ri bachadon bepushtligiga sabab bo‘ladi.


Bepushtlikni tashxislash usullari

Ayollarni tekshirish. Bepushtilk sababini aniqlashda to‘rg‘i yig‘ilgan anamnez muhim ahamiyatga ega.

JSST tavsiya etgan sxema:

  • oldingi homiladorlik va tug‘ruqlarning soni va oqibati,

abortdan va tug‘ruqdan keyingi asoratlar, tirik bolalar soni;

  • bepushtlikning davomiyligi;
  • qo‘llanilgan kontratsepsiya usullari va davomiyligi;
  • kasalliklari (diabet, sil, qalqonsimon bez va buyrak usti

bezi kasalliklari);

  • medikamentoz terapiya (sitotoksik, psixofarmakologik

preparatlar, trankvilizatorlar);

  • bepushtlikka sabab bo‘ladigan jarrohliklar (appendek- tomiya, bachadon nayidagi, ichaklar, siydik yo‘llari, buy- rakdagi jarrohliklar);



    • kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari va jinsiy yo‘llar orqali yuqadigan kasalliklar, qo‘zg‘atuvchi- ning turi va davolash davomiyligi;
    • sut bezlaridan ajralmalar kelishi va ularning laktatsiya

bilan bog‘liqligi;

    • epidemik, ishlab chiqarish omillari, zararli odatlar

(chekish, alkogolizm, narkomaniya);

    • I- va II-darajali yaqinlikdagi qarindoshlarida irsiy ka- salliklar;
    • hayz anamnezi;
    • jinsiy faoliyati – jinsiy aloqada og‘riq (dispareuniya).

Obyektiv tekshirishlar:

    • tana vazni indeksi {TVI = tana vazni, kg};

bo‘y, m2

    • galaktoreya bo‘lishi, sut bezlarining rivojlanish darajasi;
    • gipertrixoz (girsutizm) va uning darajasi;

Girsutizm: Ferriman Gollivey shkalasi bo‘yicha girsutizmni baholash

Klinik tavsiyalar rubrikatori, tuxumdonlar polikistozi sindromi, 2016-y.



Tuxumdonlar polikistozi sindromining klassik turida girsutizm 75% tarqalgan.



  • terining holati quruq, nam, yog‘li, husnbuzarlar bo‘li- shi, cho‘zilish chiziqlari (joyi va rangi);
  • ginekologik bimanual tekshirish va bachadon bo‘ynini

ko‘zguda ko‘rish;

  • ko‘z tubini va rangli ko‘rish maydonini tekshirish;
  • bosh suyagi va turk egarining rentgenografiyasi yoki kompyuter tomografiyasi.

Abort yoki tug‘ruqdan keyin asoratlar, kichik chanoq a’zolarida jarrohlik amaliyoti, yallig‘lanish kasalliklari yoki infeksiyasi, nay-peritoneal bepushtlikning omil- lari deb hisoblanadi. Agar og‘riq sindromi 5 turli bo‘lsa (dismenoreya, dizuriya, disxeziya, dispareuniya, hayz bilan bog‘liq bo‘lmagan og‘riq) kuzatilsa, bu endometrioz ka- salligi dalolati.

Anamnez yig‘ish ham ahamiyatga ega, albatta, menarxe kelgan vaqti, regulyar, siklik, davomiyligi, menstrualaro qon ketishi, hayz sikli buzilishi, nima bilan bog‘liqligini so‘rab bilish kerak. Sog‘lom reproduktiv yoshidagi ayolda hayz sikli qon ketishi 5±2 kun, va interval 28±5 kundan iborat.

Hayz sikli buzilishi klinik belgilari:

  • birlamchi amenoreya – ayolning hayotida hayz bo‘l- masligi;
  • ikkilamchi amenoreya – 6 oy va undan ortiq hayz bo‘l- masligi;

hayz sikli buzilishi, kechki menarxe bu bepushtlikning endokrin turiga xos buladi.

Maxsus tekshirish usullari va ularni o‘tkazish mud- datlari:

  • ikki-uch hayz sikli davomida funksional tashxislash

testlarini o‘tkazish (bazal haroratni o‘lchash);

  • gormonal tekshirishlar qon zardobida aniqlash: hayz- ning 2-4-kunida – LG, FSG va 20-22-kunlarida progeste- ron, prolaktin, testosteron;



    • hayzning 20-22-kunlarida siydikda 17-KS va pregnan- diolni aniqlash;
    • hayzning 6-7-kunlarida gisterosalpingografiya; GSG faqat infeksiyalarni davolab (xlamidiya, ureaplazma, gard- nerella, mikoplazma va boshqa);
    • UTTda – follikula diametrini dinamik kuzatish – 9-11-

13 kunlari ulchash;

  • ko‘rsatma bo‘lganda – hayzning 18-24-kunlarida lapa- roskopiya;
  • hayz boshlanishidan 2-3 kun oldin endometriyni biop- siya qilish (ko‘rsatmaga qarab).

Ayollar bepushtligining shakllari:

  • endokrin – 30%,
  • nay (nay-peritonial) – 30%,
  • anovulyatsiya va bachadon naylari o‘tkazuvchanligi buzilishi bilan kechmaydigan kasalliklar – 25%,
  • immunologik – 5%,
  • psixogen – 3%,
  • noaniq genezli – 6%.

Endokrin bepushtlik ovulyatsiya buzilishi bilan ifo- dalanadi – anovulyatsiya:

Endokrin bepushtlikdagi gormonal buzilishlarning kli- nik belgilari quyidagilar:

  • amenoreya (6 oy va undan ortiq hayz bo‘lmasligi), yoki hayz sikli o‘zgarishi;
  • ko‘krak bezidan o‘g‘uz yoki sut kelishi, ayniqsa, tug‘magan ayollarda (laktoreya);
  • erkaklarga xos tuklanish (yuzida, ko‘kragida, qornida, sonlarida, elkasida), husnbuzarlar bo‘lishi;
  • semizlik.

Biroq tuxumdonlarning gormonal faoliyati, ya’ni ano- vulyatsiya haqida bir necha hayz sikli davomida rektal ha- roratni (RH) o‘lchash ko‘proq va aniqroq ma’lumot beradi.



Surunkali anovulyatsiya intoksikatsiya, neyroinfeksi- ya, psixoemotsional stress, serebral jarohatlar natijasida bo‘lishi hamda endokrin kasalliklar:

      • tuxumdonlar polikistozi;
      • buyrak usti bezi po‘stlog‘i disfunksiyasi;
      • giperprolaktinemiya;
      • tug‘ruqdan keyingi semizlik;
      • gipo- va gipertireoz;
      • Itsengo-Kushing kasalligi;
      • nerv-psixik kasalliklar simptomi bo‘lishi mumkin. Klinik manzarasi bachadondan disfunksional qon ketish-

lar, amenoreya, oligomenoreya holatida bo‘lishi mumkin. Funksional tashxislash testlariga (FTT) va UTTga asos-

lanib tashxis qo‘yiladi: monofazali bazal harorat, follikula- ning persistensiyasi yoki atreziyasi.

Ovulyatsiyalanmagan follikulaning lyuteinizatsiyasi stress, giperprolaktinemiya va tuxumdonlar yallig‘lanishi sababli bo‘lishi mumkin. Uning uchrashish soni 5% ni tash- kil etadi. Tashxislash biroz qiyinchilik tug‘diradi, chunki FTT va qon hamda siydikdagi gormonlar miqdori ovulyator sikldagidek bo‘ladi. UTT va follikula diametrini o‘lchagan- da preovulyator follikulaning sekin-asta kichrayishi kuza- tiladi. Laparoskopiyada hayzning 13-15-kunida ovulyator stigmasiz gemorragik sariq tana aniqlanadi.

Hayzning lyutein fazasi yetishmovchiligi progesteron sintezining kamayishi bilan kuzatiladi. Uning kelib chiqi- shida buyrak usti bezi genezli giperandrogeniya, giperpro- laktinemiya, bachadon va ortiqlarining yallig‘lanish kasal- liklari, gipotireoz rol o‘ynaydi. Hayzning 1- va 2-fazasida haroratning 0,4oS farq bilan bazal haroratning gipertermik fazasi 4-8 kunga qisqarishi asosida tashxis qo‘yiladi.

Funksional tashxislash testlari (FTT). Bachadon ho- miladorlikka tayyorlanishida follikula yorilib, tuxumhujay-



ra chiqib ketgach, o‘rnida hosil bo‘ladigan sariq tanacha gormoni – progesteron muhim rol o‘ynaydi. Sariq tana gor- moni yetishmovchiligi yoki lyutein faza yetishmovchiligi bachadonning homiladorlikka tayyorlana olmasligiga olib keladi. Bu endokrin bepushtlik bo‘lib hisoblanadi. Bunday holatlarda FTT qo‘llaniladi: rektal haroratni o‘lchash, ba- chadon bo‘yni shilliq qavati o‘lchami va tuxumdonni UTT (follikulaning usishi va ovulyatsiya nazorati).

Aralash shakli, bunda naylar o‘tkazmasligi va ovulyat- siyani bloklovchi gormonal buzilishlar kuzatiladi. Erkaklar bepushtligi sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar – sperma- tozoidlar hosil bo‘ladigan hujayralar patologiyasi yoki ular hosil bo‘lishi buzilishi bilan kuzatiladigan gormonal o‘z- garishlarning hammasi sperma tahlilida o‘z aksini topadi. Bepushtlikka tekshirishda birinchi erkaklardan boshlash kerak, chunki erkaklar bepushtligini aniqlashda sperma tah- lili yetarli bo‘lib hisoblanadi, ayollarda esa bir necha oy da- vomida bir qancha tekshirishlar o‘tkazish talab qilinadi (bir necha hayz sikli davomida bazal haroratni o‘lchash, va b.). 30% bepusht oilalarda bepushtlikning aralash shakli kuza- tiladi, ammo erkaklar bepushtligi aniqlanganda bir vaqtda ayollarni ham tekshirish va davolash lozim bo‘ladi.

Spermogramma. Normal spermogramma (JSST), ammo sperma fertilligi individual farqlarga ega bo‘lishi mumkin.

Sog‘lom erkakning spermogrammasi: Eyakulyat hajmi (urug‘ suyuqligi)>= 2,0 ml pH – 7,2 - 7,8

1 ml da spermiylar soni>= 15 * 106/ml Faol harakatchan (kat. A) >= 25 % Harakatchan (kat. A+B) >= 50 % Morfologik normal shakllari >= 50 % Agglyutinatlar – yo‘q



Aggregatlar – yo‘q

Leykotsitlar – 1,0 * 106/ml dan ortiq Eritrotsitlar – yo‘q

Spermogramma ko‘rsatkichlari informativ bo‘lishi uchun sperma tahlilini topshirishdan 3-5 kun oldin jinsiy hayot bilan yashamaslik lozim.


Mos kelish sinamasi

Ayol va erkak sog‘lom bo‘lib, homiladorlik yuzaga kel- masa, bu biologik yoki immunologik mos kelmaslik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bu maxsus sinamalar yordamida aniqlanadi. Sinama yordamida eri bilan (Shuvarskiy sina- masi), eri va donor bilan (Kurtsprok-Miller sinamasi) mos kelishi tekshiriladi.

Postkoital test (Shuvarskiy-Sims-Xuner sinamasi) – uch kun jinsiy aloqadan saqlanib, ovulyatsiyadan 1-2 kun ol- dingi jinsiy aloqadan 2,5-3 soatdan keyin olingan bachadon bo‘yni shillig‘idagi harakatchan spermatozoidlarning soni- ni aniqlash.

Natijalarni baholash: manfiy – spermatozoidlar yo‘q; nim musbat – 2-6 spermatozoidlar; musbat 7dan ortiq sper- matozoidlar bo‘lishi.

«Noaniq» yoki «idiopatik» genezli bepushtlik alohida muammoga egadir. Uning sabablarini zamonaviy tashxis- lash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda bu turdagi bepushtliklar psixogen bo‘lishi yoki oilaviy va jin- siy munosabatlar bilan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda psixologning maslahatlari foydali bo‘ladi.

Bepushtlikka, shuningdek, bachadon miomasi, endo- metrioz, endometriy polipozi, bachadon bo‘yni polipi va eroziyasi ham sabab bo‘lishi mumkin.



Tashxislovchi muolajalar:

        • sperma tahlili;
        • FTT va UTT ayol reproduktiv faoliyati ko‘rsatkichlari

haqida ko‘p ma’lumotlar beradi;

        • qin surtmasi (uch nuqtadan – uretra, servikal kanal va qin gumbazidan) yordamida jinsiy yo‘llarda yallig‘lanish jarayonlari yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar yal- lig‘lanish jarayonlari bo‘lsa, ularni, albatta, davolash lozim, chunki yallig‘lanish jarayoni avj olib, naylarning funksio- nal holatini yanada yomonlashtirishi mumkin;
        • gisterosalpingografiya (GSG) – bachadon va naylari haqida obyektiv ma’lumot beradigan usul bo‘lib, bachadon shilliq qavatining o‘lchamlari, relyefi, naylarning o‘tka- zuvchanligi va funksional holatini aniqlash mumkin. GSG o‘tkazishdan oldin, albatta, surtma natijasi yaxshi bo‘lgan- da hayzning 7-10-kunlari muolaja o‘tkaziladi;

UTT orqali follikula yetilishini va ovulyatsiyani kuza- tish – hayzning 9-11-13-kunlari.


Bachadon naylarining obstruktsiyasi






Bachadon va naylar tasvirini necha marta takrorlash mumkin

Agar rentgenogrammada bir yoki ikkala naylar ham to‘liq yoki qisman o‘tkazuvchan bo‘lsa, davolash taktika- sini hal qilish uchun tashxislovchi laparoskopiya qilinadi. Laparoskopiya naylar o‘tkazuvchanligi buzilishiga olib kelgan bitishma jarayonining qanchalik rivojlanganligini, endometrioz o‘choqlarini aniqlash imkonini beradi.

Laparoskopiya – tashxislovchi va jarrohlik maqsadida qilinadi. Buning uchun asosiy ko‘rsatmalar qorin bo‘sh- lig‘idagi jarrohliklardan keyingi ko‘p miqdordagi chandiqli jarayonlar bo‘lib hisoblanadi.

UTT. Bu usulning muhim ahamiyati noinvaziv usulda ichki jinsiy a’zolarning holati haqida ma’lumot olish mum- kin. Ginekologiyada UTT ikki usulda bajariladi: qorin old devori orqali va qin orqali.

Qo‘shimcha tekshirish usullariga – bosh suyagi rentge- nografiyasi yoki MRT, kichik chanoq a’zolarini UTT, qon zardobi va siydikda gormonlar miqdorini aniqlash.


Bepushtlikni davolash

Bepushtlikni davolash juftliklarning tabiiy fertilligini tiklashga yoki sun’iy urug‘lantirish texnikasini qo‘llashga asoslangan. Birinchisi, bu kichik chanoq a’zolari yallig‘la- nish kasalliklarini davolash, naylar o‘tkazuvchanligini jar- rohlik va konservativ usulda tiklash, endokrin o‘zgarishlar va spermatogenez buzilishlarini davolash bo‘lsa, ikkinchisi

  • eri yoki donor spermasi bilan bachadon ichiga inseminat- siya qilish, ekstrakorporal urug‘lantirib, so‘ng embrionni ona bachadoniga turli variantlarda joylashtirish bo‘ladi.



  1. Endokrin bepushtlikni davolash. 35 yoshgacha bo‘l- gan ayollarda homiladorlikka qarshi ko‘rsatmalar bo‘lma- ganda o‘tkaziladi. Ovulyatsiyani stimullash anovulyatsi- yani davolashning keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Quyidagi dori vositalari qo‘llaniladi:
  • oral kontratseptivlar 3 oy davomida;
  • klomifen (klomifen sitrat) 50-150 mgdan hayzning
  1. kunidan 9-kunigacha;
    • klomifen sitrat shu muddatlarda yuborilib, dominant follikul preovulyator o‘lchamga yetganda (18 mm dan kam bo‘lmaganda) 5000-10000 bir miqdorda xorion gonadotro- pini qilinadi;
    • pergonal (odam menopauzal gonadotropini) hayzning 5-kunidan har kuni 150 bir. Follikula diametrini UTT nazo- ratida qilinadi;
    • gipotalamusning gonadotrop rilizing-gormonlari (go- nadoliberin) sintetik analoglari qilinadi.

LFEda o‘rin bosuvchi gormonal terapiya o‘tkaziladi: dyufaston 10 mg 2 mahal hayzning 11-kunidan 2 hafta, 17- OPK 1 ml-12,5% eritmasi hayzning 17- va 20-kunlarida, 3-6 oy hayz sikli davomida.

Ovulyatsiya stimulyatorlari dozasi noto‘g‘ri tanlangan- da asorat kuzatilishi mumkin – tuxumdonlar giperstimul- yatsiyasi sindromi.

  1. Nay bepushtligini davolash. Nay va nay-peritoneal bepushtlik tashxisi anamnez, maxsus tekshirish usullari
    • gisterosalpingografiya (GSG) va laparoskopiya asosida

qo‘yiladi.

Nayning ampulyar qismi o‘tkazuvchanligini tiklash-plas- tik jarrohliklaridan so‘ng 20-70% holatlarda homiladorlik yuzaga keladi. Naylarning istmik qismidagi adgeziv jara- yondan so‘ng o‘tkazilgan mikrojarrohliklardan keyin 0-5% kam holatlarda homiladorlik yuzaga keladi. Mikroxirurgi- ya, SO2 lazer yordamida lazer xirurgiyasi va jarrohlik la-



paroskopiyasi qo‘llaniladi. Laparoskopiya aralashuvlarning

asosiy turlari: fimbriolizis, salpingolizis.

  1. Yallig‘lanish genezli nay bepushtligini davolash ja- rayon bosqichiga qarab, yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishdan boshlanadi. Yallig‘lanish natijasida nay-peritone- al bepushtlik kelib chiqishida banal yoki maxsus infeksiya (gonoreya, xlamidioz va b.), abort asoratlari muhim rol o‘y- naydi. Bunday bemorlarni bepushtlik bilan murojaat etish- ganda, albatta, shu infeksiyalarga tekshirish lozim. Standart surtma, sezgirlikka bakteriologik ekma va urogenital infek- siyalar (xlamidioz, mikoplazmoz, gerpes, SMV va boshqa) IFA, PSR usulida tekshirish genitaliy yallig‘lanish jarayo- nining sababini aniqlash imkonini beradi.

VI.Ginekologik kasalliklarda ovulyatsiya buzilmagan bepushtliklar. Yetakchi o‘rinlardan biri endometrioz bo‘lib, 30%ni tashkil etadi. Tashxis anamnez, klinik belgilari aso- sida qo‘yiladi. Hayzdan oldin (hayzning 22-25-kunlari- da) laparoskopiya qilinganda kichik chanoq a’zolari qorin pardasida va tuxumdonlarda endometrioid geterotopiyalar aniq ko‘rinadi.

Bepushtlikka bachadon ichi sinexiyalari sabab bo‘lishi mumkin, ushbu patologiyaning (Asherman sindromi) kli- nik belgisi amenoreya yoki gipomenoreya hisoblanadi.

  1. Immunologik omillar bilan bog‘liq bepushtliklar Sababi antispermal antitanachalar hosil bo‘lishi. Ikki

xil antitanachalar ma’lum: urug‘ plazmasida hosil bo‘lib, spermatozoidlar autoagglyutinatsiyasiga olib keladigan antitanachalar va servikal kanalning shilliq qavatida hosil bo‘ladigan va spermatozoidlarning to‘liq immobilizatsiya- sini chaqiradigan antitanachalar.

Biologik sinamalar, postkoital test hamda maxsus sina- malar yordamida aniqlanadi.





  1. Noaniq genezli bepushtlik

Nay va nay-peritoneal bepushtlikni davolash samarasiz bo‘lish hollari sun’iy urug‘lantirish usullarini stimullashga sabab bo‘ldi.

Sun’iy urug‘lantirish usuli:

Eri yoki donor spermasi bilan bachadon ichiga inseminat- siya qilish. Bachadon ichiga eri spermasi bilan inseminatsi- yasi (ESU) ayol to‘liq sog‘lom, bachadon naylari o‘tkazuv- chan bo‘lib, eri spermasining urug‘lantirish xususiyati ka- maygan, lekin u bachadon bo‘shlig‘iga maxsus usullar bilan kiritilganda tuxum hujayrani urug‘lantirish xususiyatiga ega bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, erining spermasi ko‘rsatkichlari normal bo‘lib, bachadon shillig‘i spermatozoidlarga nojo‘ya ta’sir qilganda ham qilinadi. As- permiya va og‘ir darajali oligospermiyada, juftliklar roziligi asosida donor spermasi bilan urug‘lantiriladi (DSU).



ESU va DSU texnikasi bir xil. Bu muolajaning samara- dorligi: ESUda – 20-40%, DSU – 50-80%ni tashkil etadi (4 martagacha o‘tqaziladi).

Sun’iy urug‘lanish. Bugungi kunda bepushtlik aktual muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Uni bartaraf etishda yordamlashuvchi reproduktiv texnologiyalardan, ayniqsa, tashqi urug‘lantirish amaliyotidan keng foydalanilmoqda. Ektra korporal urug‘lanish (EKU) bepushtlik muammo- larini bartaraf etish maqsadida preovulyator ootsitlardan foydalangan holda maydalanish bosqichidagi embrionni bachadon bo‘shlig‘iga implantatsiya qilishdir. EKU sama- radorligi 25-30% ni tashkil etadi. Bepusht nikohdagi 35 yoshdan katta ayollarda tug‘ish faoliyatini tiklash uchun tashqi urug‘lantirish amaliyotini erta boshlash kerak yoki agar ayolda anatomik o‘zgarishlar hisobiga bachadon nay- larini o‘tkazish faoliyatini to‘liq buzilganda. Tuxumdon- lar gipofunksiyasi bo‘lgan ayollarda asoratlar bo‘lmasligi uchun donor ootsitlaridan foydalanib yordamlashuvchi reproduktiv texnologiyalarni amalga oshirish homilador- likning qoniqarli yakuniga sabab bo‘ladi. So‘nggi payt- larda ko‘p qo‘llanilayotgan yordamlashuvchi reproduktiv texnologiya usullaridan biri bu yagona spermatozoid yoki spermatozoidlarni intratsitoplazmatik inyeksiya (IKSI) usuli bo‘lib, tuxumdonga yoki bachadon nayiga biopsiya yo‘li bilan yoki bachadon bo‘shlig‘iga spermatozoidlarni yuborish usuli hisoblanib, u og‘ir darajali erkaklar bepusht- ligini davolashdagi samarali usullardan biridir.

Sun’iy urug‘lanish – hozirgi vaqtda eng zamonaviy be- pushtlikni davolash usuliga kiradi. Bu yuridik tushuncha bo‘lib, meditsinada «Yordamlashuvchi reproduktiv texno- logiyalar» deb aniqlangan.

Yordamlashuvchi reproduktiv texnologiyalar qo‘llashga JSST (2002) tomonidan ko‘rsatmalar aniqlangan:



  • turg‘un bepushtlik (bachadon naylari obliteratsiyasi);
  • og‘ir yallig‘lanish jarayoni;
  • naylarni jarrohlik davolashning samarasizligi;
  • endometrioz;
  • noaniq etiologiyali bepushtlik;
  • erkaklar bepushtligi, ayolda bachadon patologiyasi bo‘lmaganda.

Rossiyada akusher-ginekologlar assotsiatsiyasi (2013) tomonidan, EKU uchun quyidagi ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar tavsiya qilingan.

Ko‘rsatmalar:

  • absolyut nay bepushtligi (naylar yo‘qligi yoki oblite- ratsiyasi);
  • noaniq genezli bepushtlik;
  • bepushtlikni davolashni samarasizligi yoki EKU yor- damida homilador bulish imkoniyati boshqa usullarga nis- badan ko‘p bo‘lganda;
  • immunologik bepushtlik (ASAT MAR-testi bo‘yicha

≥50%);

  • erkaklar bepushtligi (oligo, asteno- ili teratozoosper- mi), IKSI ko‘rsatmali;
  • sklerotik tuxumdon polikistozlari;
  • endometrioz. Qarshi ko‘rsatmalar:
  • bachadonning tug‘ma nuqsonlari yoki orttirilgan ba- chadon ichi deformatsiyalari;
  • xavfsiz bachadonning o‘smalari;
  • ayol organizimida xavfli o‘smalar, anamnezida bo‘lsa

ham;

  • tuxumdon o‘smalari;
  • ayol organizmida o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari;
  • somatik va psixik kasalliklar, homiladorlik va tug‘ruqqa qarshi ko‘rsatma bo‘lganda.



Yordam beruvchi reproduktiv texnologiyalarga kiradi:

  • EKU (in vitro urug‘lanish) – ekstra korporal urug‘lan- tirish embrionlarni bachadon bo‘shlig‘iga o‘tqazish;
  • ICSI (Intra Cytoplasmatic Sperm Injection) – yagona spermatozoid yoki spermatozoidlarni tuxumhujayraga int- ratsitoplazmatik inyeksiya qilish;
  • GIFT (Gamete Intra Fallopian Transfer) bachadon

nayiga gametani o‘tqazish;

  • ZIFT (Zigote IntraFallopian Transfer) zigotani ba-

chadon nayiga o‘tqazish;

  • EIFT (Embryo Intra Fallopian Transfer) – embrionlar- ni bachadon nayiga o‘tqazish;
  • gameta va embrionlarni kriokonservatsiyasi;
  • donor ootsiti va embrionlari bilan foydalanish;
  • irsiy kasalliklarni implantatsiyadan oldin diagnostikasi;
  • surrogat onalik.

Hozirgi vaqtda EKU/ICSI asosiy zamonaviy usullardan biri.

GIFT tuxumhujayrani spermatozoidlar bilan birga nay- larga joylashtirish. Bu usul ham naylarning o‘tkazuvchanli- giga, muolajani o‘z vaqtida bajarishga va boshqa omillarga bog‘liq. Ba’zan urug‘lantirishning yana bir turi bajariladi

  • embrionni (zigota) bachadon nayiga kiritish, ya’ni ZIFT. ZIFTda homiladorlik yuzaga kelish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. GIFT va ZIFT laparoskopiya hamda ultratovush nazoratida qilinadi. GIFTda gametalar yoki zigotalar qorin bo‘shlig‘i orqali, ikkinchi holatda esa – bachadon bo‘yni orqali kiritiladi. Bu usulning samarasi – 30%gacha.

Absolyut ayollar bepushtligi bachadon naylarining yo‘q- ligi, yoki turg‘un o‘tkazmasligi ekstrakorporal urug‘lantirish- ga ko‘rsatma bo‘ladi (EKU). Bu usul bilan tug‘ilgan bolalar

«probirka» bolalari deyiladi, ya’ni urug‘lanish jarayoni EKUda sun’iy sharoitda – «probirkada» o‘tadi. EKUning samaradorli- gi bugungi kunda o‘rtacha 20-30% ni, ba’zan 50% dan ortadi.



Ekstra korporal urug‘lantirish (EКU)





Surrogat onalik. Bachadoni bo‘lmagan ayollar uchun EKU muolajasi quyidagicha bo‘ladi: ayoldan olingan tuxumhujayrani erining spermasi bilan urug‘lantirib, hosil bo‘lgan embrionni o‘z qornida yetiltirib, tug‘ruqdan so‘ng tuxumhujayra «egasi», ya’ni «genetik» onaga berishga ro- zilik bergan boshqa ayolning «soxta» yoki «biologik» ona bachadoniga joylashtiriladi.

Donor embrionlari bilan EKU usuli. Tuxumdonlari fao- liyat ko‘rsatmaydigan, masalan, «erta klimaks» yoki ularni olib tashlaganda EKU usuli keng qo‘llaniladi. Bunda donor tuxumhujayrasini erining spermasi bilan urug‘lantirib, ho- sil bo‘lgan embrionni ayol bachadoniga o‘tkaziladi, ba’zan tuxumhujayra emas, balki donor embrioni o‘tkaziladi, so‘ng esa fiziologik homiladorlikdagidek holatni ta’min- lash uchun o‘rin bosuvchi gormonal terapiya qilinadi.

Spermatozoid va embrionlarni muzlatib qo‘yish. Bepush- tlikni davolashda spermatozoid va embrionlarni muzlatib qo‘yish usuli ham muhim bo‘lib, EKU usulini eri yo‘qligida ham o‘tkazish yoki spermogramma ko‘rsatkichlari yaxshi



bo‘lmaganda bir necha porsiyadagi muzlatilgan spermani aralashtirib, kerakli miqdordagi spermiylarni olish va EKU o‘tkazish imkonini beradi. Muzlatilgan embrionlar ko‘p miqdorda bo‘lsa, keyingi sikllarda takror inseminatsiya qi- lish mumkin. Bu usulda sog‘lom bolalar tug‘iladi.

Irsiy kasalliklarni preimplantatsion tashxislash. EKU usuli bepushtlikni davolashdagi yuqori samarali usul bo‘lishdan tashqari uning yordamida embrionni ona bacha- doniga joylashtirishdan oldin, ya’ni homiladorlikdan oldin ba’zi bir irsiy kasalliklarni tashxislash mumkin. Olingan tuxumhujayralardan faqat sog‘lomlarini olib urug‘lantirish va sog‘lom bola tug‘ish imkonini beradi.

Mikromanipulyatsiyalar va IKSI. Nasliy kasalliklarni preimplantatsion tashxislash usuli mikromanipulyatsiya texnikasiga asoslangan. Bu texnika EKU imkoniyatlari- ni ancha kengaytiradi, masalan, erkaklar bepushtligining o‘ta og‘ir shakllarini davolash mumkin, ya’ni eyakulyatda bir-ikkita spermatozoid bo‘lsa, mikromanipulyatsiya tex- nikasi yordamida spermatozoidni to‘g‘ri tuxumhujayraga

«kiritib» urug‘lantiriladi. IKSI nomli urug‘lantirish usuli oddiy EKU usulidan samaraliroq bo‘ladi. Hattoki, ba’zan eyakulyatda, umuman, spermatozoid bo‘lmaganda ham erkak tuxumlari punksiya qilinib, spermatozoidlarning aj- dod hujayralari – spermatidlar olinib, tuxumhujayraga ki- ritiladi va urug‘lantiriladi. Ba’zan esa, spermatozoidlarning urug‘lantirish faoliyati susayganda ularning tuxumhujay- raga kirishini osonlashtirish uchun tuxumhujayra qobiqlari

«teshib quyiladi». Yuqorida aytib o‘tilgan mikroinyeksi- ya usuli bilan urug‘lantirish erkaklar bepushligining og‘ir shaklida eyakulyatda kam spermatozoid bo‘lganda va juft- liklar donor spermasi bilan urug‘lantirishga qat’iy qarshi bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.

Yordam beruvchi reproduktiv texnologiyalarni tavsiya qilishdan oldin, albatta, bor imkoniyatlardan foydalanish



lozim. Bu tuxumdon induksiyasi bachadon naylari o‘tka- zuvchan va anovulyator sikl bo‘lgan ayollarda, noaniq be- pushtlikda, sun’iy inseminatsiyada, endometriozning «ki- chik» turlarida, salpingoovariolizisdan keyin, yoshi katta ayollarda va homila ko‘tara olmagan holatlarda.