7-BOB
MKB –10 – N84.0 – bachadon tanasining polipi;
N85.0 – endometriyning bezli giperplaziyasi;
N85.1 – endometriyning adenomatoz giperplaziyasi.
Endometriyning giperplastik (EG) jarayonlariga turli giperplaziyalar va endometriyning poliplari kiradi. Endo- metriyning giperplaziyasi 5%da ginekologik kasalliklarida diagnostika qilinadi. Atipik giperplaziya peri- va postme- nopauzal yoshdagi ayollarda 2,1-10,1% ni tashkil etadi. Endometriy poliplari esa 5,3-25% da hamma yoshdagi ayollarda uchraydi. Giperplastik jarayonlar gipofiz-gipota- lamus-tuxumdonlar tizimidagi buzilishlar keltirib chiqar- gan murakkab neyroendokrin sindrom sifatida ko‘riladi. Endometriy – gormonal ta’sir intensivligi va davomiyligiga qaram nishon a’zodir.
Xavf omillari: surunkali anovulyatsiya, giperestronemi- ya holatlari (tuxumdonda giperplastik jarayon, tuxumdon- ning feminizatsiyalovchi o‘smalari (follikuloma, tekoma), kech menopauza, bachadon miomasi, adenomiz, anamnez- da endometriyning diffuz giperplaziyasi, poliplari, giperin- sulinemiya, semizlik, qalqon bezining kasalliklari, buyrak usti bezlari disfunksiyasi, gepato-biliar tizimining patologi- yasi.
Atipik endometriyni giperplaziyasi to‘qimani differensi- rovkasining buzilishi bilan farqlanadi.
Klinik – morfologik tasnifi:
endometriy giperplaziyasi
Klinik manzarasi, asosan, hayz tutilishidan keyingi dis- funksional (anovulyator) atsiklik bachadon qon ketishi. Kontakt qon ketishi. Reproduktiv yoshda qon ketishlari menometrorragiya, odatda, davomli, sezilarli yoki ko‘p, profuz, ba’zan hayzlararo qonli ajralmalar ko‘rinishida bo‘ladi, postmenopauzada qonli ajralmalar turli bo‘lib, ko‘pincha surkalib keladi.
Tashxislash. Giperplastik jarayonlarni, ayniqsa, profi- laktik ko‘riklarda (dispanserizatsiya) topishga, exosignallar xususiyatiga qarab endometriy giperplaziyasini aniqlash imkonini beradigan UTT qo‘l keladi.
Qin orqali UTT – bu skrining yuqori informativ diag- nostika usuliga kiradi. UTT tekshirganda M-exo (bacha- don tanasi shilliq qavati) ko‘rsatkichi baholanadi. Normada M-exo kontur va strukturasi bir tekisda va postmenopauza- da qalinligi 4-5mm dan oshmaydi. Reproduktiv yoki pre- menopauzal davrda M-exoni hayz siklning fazasiga qarab baholanadi. Hayzning ikkinchi (sekretor) fazasida endomet- riyning qalinligi 12-15 mm dan ortishi kerak emas. Postme- nopauzada agar M-exo 5-8mm dan ortiq bo‘lsa endometriy biopsiyasini qilish lozim. Exografiya usulida endometriy giperplaziyasi 60-93,3% aniqlanadi, lekin UTT yordamida bezli giperplaziyani atipikdan farqlashning iloji yo‘q. En- dometriy poliplarida esa UTT sezuvchanligi 80-98%. Faqat semizlik, bachadon miomasi, adenomioz, kichik chanoq chandiqlarida UTT usuli sezuvchanligi kamayadi. Bacha-
don shilliq qavatini giperplaziyasida tekshirish maqsadida bachadon tanasi shilliq qavatini diagnostik qirish va mate- rialni gistologik tekshirish keng qo‘llaniladi. Endometriyni qirish kutilayotgan hayz arafasida, yoki qonli ajralmalar kelishi boshlanishi bilan bajarilishi zarur. Davoni nazorat qilish, shuningdek, ayolni skrining tekshirish (dispanseri- zatsiya) tartibida aspiratsiya yo‘li bilan olingan bachadon ichi saqlanmasini sitologik usul tekshiruvi qo‘llaniladi. As- piratsiya hayz siklining 2-yarmida aseptika qoidalariga rio- ya qilgan holda amalga oshiriladi.
Gisteroskopiyaning diagnostik ahamiyati yuqori. Usul giperplaziyaning qalinlashgan, nim pushti yoki qizil rang- li endometriy yuzasi notekis burmali ko‘rinishda aniqlash imkonini beradi.
Endometriyda giperplastik jarayonlarni davolashda ko‘pgina omillar hisobga olinadi, ya’ni bemorning yoshi, giperplaziya sababi va ushbu patologiya xususiyati, klinik ko‘rinishlari, u yoki bu davolash usullariga qarshi ko‘rsat- kichlar, davo preparatlarini ko‘tara olishi, yondosh ekstra- genital va ginekologik kasalliklar.
Davolash. Endometriyning giperplastik jarayoni davo- lanish yoshiga qarab gormonal terapiya o‘tkaziladi. Repro- duktiv yoshdagi ayollarda endometriy giperplaziyasini gormonal davolash estrogen-gestagen preparatlarni (AOK) qo‘llab olib boriladi (regividon, regulon, marvelon, novi- net va boshqalar) yoki gestagenlar (medroksiprogesteron, didrogesteron, 17-OPK va boshqalar). Gormonal davo da- vomiyligi giperplastik jarayon xususiyatini hisobga olib belgilanadi.
Atipiyasi yo‘q endometriy giperplaziyasi |
||||
Preparat |
Doza |
Tartibi |
Davolash davomiyligi |
|
Noretisteron |
5-10 mg sutkada |
hayzning 16-ku- nidan 25-kuniga- cha yoki hayzning 5-kuni- dan 25-kunigacha |
6 oy |
|
Didrogesteron |
20 mg sutkada |
hayzning 11-ku- nidan 25-kuni- gacha |
3-6 oy |
|
Medroksiprogesteron |
10 mg sutkada |
hayzning 5-kuni- dan 25-kunigacha |
3-6 oy |
|
AOK |
1 tabletka sutkada |
kontratseptiv sxe- ma bo‘yicha |
3-6 oy |
|
Atipiyali endometriy giperplaziyasi |
||||
Gidroksiprogesteron kaproat, Medroksiprogesteron |
500 mg m/o |
2 oy 3 marta hafta- siga; 2 oy 2 marta hafta- siga; 2 oy 1 marta haf- tasiga |
6 oy |
|
Buserelin (endonazal spreyi) |
0,9 mg |
3 marta kuniga |
6 oy |
|
Triptorelin, diferelin (depo turi) |
3,75 mg m/o |
28 kunda 1 marta |
3 inyek- siya |
Samaradorlik nazorati: UTT 6 va 12 oyda Retsidivlanuvchi bez-kistoz giperplaziyalarda jarrohlik
usullari afzalroq, endometriy saraton oldi holatida (adeno- matoz, adenomatoz poliplar), ayniqsa, endometriyning ade- nomioz va bachadon miomasi, tuxumdonlardagi patologik jarayonlarda.
Endometriy poliplari endometriy o‘choqli giperpla- ziyasini ifodalaydi. Ko‘pincha ular endometriyning giper- plaziyalangan bazal qavatidan kelib chiqadi. Endometriy poliplarining quyidagi shakllarini tafovutlash qabul qilin- gan:1) bezli, bazal qavatdan kelib chiqqan; stromalar va bezlardan tashkil topgan, ichi kengaygan bo‘lishi mumkin (bez-kistoz polip); 2) bez-fibrozli poliplar, biriktiruvchi to‘qimali stromalardan va cheklangan sonli bezlardan; 3) fibrozli poliplar – biriktiruvchi to‘qimali hosilalardan, ko‘p hollarda kollagenli; bezlar juda kam yoki yuq.
Atipiyasiz endometriy giperplaziyasi va endometriy poliplari |
|||
Preparat |
Doza |
Rejim |
Davolash davomiyligi |
Noretisteron |
5-10 mg |
5-kundan 25-ku- nigacha yoki uz- luksiz |
6 oy |
Gidroksiprogeste- ron kaproat |
250 mg m/o |
haftada ikki marta |
6 oy |
Medroksiproges- teron |
200 mg |
haftada bir marta |
6 oy |
Dezogestrel |
0,075 mg |
har kuni |
6 oy |
Buserelin (endona- zal spreyi) |
0,9 mg |
kuniga 3 marta |
6 oy |
Triptorelin, difere- lin (depo turi) |
3,75 mg m/o |
28 kunda 1 mahal |
3 inyeksiya |
Atipiyali endometriy giperplaziyasi |
|||
Gidroksiprogeste- ron kaproat |
500 mg m/o |
haftada ikki marta |
6-9 oy |
Gestrinon |
2,5 mg |
haftada 2-3 marta |
6-9 oy |
Medroksiproges- teron |
400-600 mg |
haftada bir marta |
6-9 oy |
Buserelin (endona- zal spreyi) |
0,9 mg |
kuniga 3 marta (0,9mg sutkada) |
6 oy |
Triptorelin, difere- lin (depo turi) |
3,75 mg m/o |
28 kunda 1 mahal |
4-6 inyek- siya |
Samaradorlik nazorati: UTT 6, 12 oyda.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda poliplar bezli tuzilishga ega. Bezlarning intensiv proliferatsiyasida adenomatoz xu- susiyatni oladi. Bezlarning intensiv proliferatsiyasida po- liplar adenomatoz xususiyatga ega bo‘lishadi.
Endometriy poliplarining klinik ko‘rinishi ayollarning yoshiga, tuxumdonlarning gormonal va reproduktiv funk- siyasiga, yondosh kasalliklarning borligiga (bachadon mio- masi, adenomioz, bachadon ortiqlari yallig‘lanish kasallik- lari) bog‘liq.
Poliplarning juda ko‘p uchraydigan simptomi hayz sik- lining buzilishi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda poliplarda endometriyning normal faoliyati fonida hayz sikli saqlan- gan holda, hayzlararo va hayz oldidan kam pushti ajralma- lar kuzatiladi, shuningdek, hayz qoni miqdori oshadi.
Tashxislash. Endometriy polipiga gumon qilinganda tashxislash maqsadida UTT, gisteroskopiya, gisterografiya, 32R radioizotop tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Davolash. Gisteroskop nazoratida keyinchalik bacha- don tanasi shilliq qavatini qirish bajariladi. Poliplarni olib tashlagandan keyin bemorlarni olib borish taktikasi endo- metriy tuzilishi, xususiyati va ayolda modda almashinuvi buzilishi kasalliklari hisobga olib belgilanadi.
Keyingi yillarda endometriyadagi giperplastik jarayon- larning oldini olish va davolash uchun gisterorezektoskop yordamida ablyatsiya usuli muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Ablatsiya qilish sharoitlari:
Ablatsiyadan keyin qon ketish va endometriy giperplazi- yasining retsidivi kuzatilmaydi. Ayollarda amenoreya yoki gipomenoreya rivojlanadi. Samaradorligi endometriyni ab- latsiyasidan keyin 80-85% ayollarda 1-2 yil davom etadi.
Bachadon miomasi – immunologik va gormonal o‘zgarish- lar bilan bog‘liq xatarsiz o‘sma bo‘lib, bachadonning miometriy qavatidan (mushak va biriktiruvchi to‘qima elementlaridan) ri- vojlanadi. Mioma ginekologik kasalliklarning 10-27% ini tash- kil qiladi, 18-60 yoshdagi ayollar tekshirilganda esa, ularning 12% dan to 39% gacha qismida mioma aniqlangan. Bachadon miomasi 80% ayollarda aniqlanadi (autopsiya bo‘yicha). Kli- nik belgilari esa 30-35% ayollarda 35 yoshdan keyin uchraydi.
MKB – 10 kodlari:
D25 – bachadon leyomiomasi;
D25.0 – bachadon submukoz leyomiomasi; D25.1 – bachadon intramural leyomiomasi; D25.2 – bachadon subseroz leyomiomasi; D25.9 – noaniq bachadon leyomiomasi.
Hozirgi kunda bachadon miomasi rivojlanishiga turtki bo‘ladigan xavf faktorlariga quyidagilar kiritiladi: kechki menarxe, hayzda ko‘p qon yo‘qotilishi, meditsina aborti ko‘p qilingani, ekstra-genital patologiyalar va ginekologik kasalliklar (jinsiy a’zolarning surunkali yallig‘llanish ka- salliklari, endometrioz, gipotalomus-gipofiz-tuxumdon ti- zimidagi buzilishlar) borligi va hokazo.
Shu bilan bir qatorda genetik moyillikni ham hisobga olish kerak. Ayol gormonal statusining xususiyatlari va ka- sallik rivojlanishi jarayonida uning reproduktiv tizimining funksional holati bachadon miomasining etiopatogenezida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Bachadon mioma- si patogenezida ekstrogenlarning yetakchi o‘rni haqidagi an’anaviy fikr shu vaqtga qadar ahamiyatini saqlab kelmoq- da. Miomaning o‘sishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan bacha- don retseptor apparatining holatiga bog‘liq. Retseptor ap- paratining buzilishi o‘smaning o‘sish xarakteriga (tez yoki sekin o‘sish) ta’sir qiladi. Miomasi bor bemorlarda kichik chanoq gemodinamikasining yaqqol o‘zgarishlari (kichik chanoq venalarining varikoz kengayishi) kuzatilib, bu nar- sa o‘smaning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Orga- nizmning immunologik reaktivligining o‘zgarishi, ayniqsa u surunkali infeksiya o‘choqlari mavjud bo‘lsa, bachadon miomasi negizida muayyan rol o‘ynaydi. Bachadon mio- masi patogenezida tuxumdonlar funksiyasining buzilishlari muhim o‘rin o‘ynaydi: bu guruhdagi ayollarning 50-60% ida tuxumdonlarning mayda kistali o‘zgarishlari kuzatilishi buning dalilidir.
Tasnifi. Bachadon miomasi tugunlari ko‘pincha ko‘p sonli bo‘ladi. Mioma tugunlari ko‘pincha bachadon tana- sida (95%) va ba’zan bachadon bo‘ynida (5%) joylashadi.
Joylashuvi bo‘yicha miomatoz tugunlar:
Gistologik tasnifi: oddiy, hujayrali, mitotik aktiv, atipik, lipoleyomioma, epitelial, gemorragik va b.
Klinik tasnifi.
Klinik belgilari. 50-60% ayollarda bachadon mioma- si simptomsiz kechadi. Bachadon miomasini asosiy bel- gisi – menometrorragiya, bepushtlik, qo‘shni joylashgan a’zolarning bosilib qolishi (qovuq, to‘g‘ri ichak) belgila- ri, surunkali chanoq og‘riqlari. Bemorlarning shikoyatlari turli omillarga bog‘liq: o‘smaning joylashuvi va kattaligi, miomatoz tugunlardagi ikkilamchi o‘zgarishlar, kasallik- ning davomiyligi, jinsiy a’zolarda qo‘shimcha o‘zgarishlar borligi shular jumlasidandir. U yoki bu omillarning ustun bo‘lishi kasallikning simptomatikasida aks etadi.
Ko‘pincha bachadon miomasining asosiy va ilk simp- tomi hayz funksiyasining buzilishi – ya’ni meno- va met- rorragiya tarzida bachadondan qon ketishidir. Kasallikning
kuchayib borishi bilan bunday buzilishlar borgan sari kuch- liroq ifodalanadi va ko‘pincha bemorning kamqonligiga va mehnat qobiliyatining buzilishiga olib keladi.
Bachadon miomasining klinikasida bachadondan qon ketishi bilan birga og‘riq sindromi ham kuzatiladi. Og‘riq turlicha xarakterli va sabablari ham har xil bo‘ladi. Odatda, og‘riq qorinning pastki qismlarida, belda kuzatilib, mioma tugunchalarining kichik chanoq nerv chigallariga bosishi, bu tugunlarni qoplab turuvchi qorin pardaning cho‘zilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha davomli, kuchli ifoda- langan og‘riq o‘smaning tez o‘sishi bilan bog‘liq. Mioma tugunida qon aylanishi to‘satdan buzilgan hollarda og‘riq o‘tkir xarakterli bo‘lib, hatto o‘tkir qorin kasalligi manzara- siga ega bo‘lishi mumkin.
Mioma katta bo‘lsa va o‘sish jarayoni sekin-astalik bilan bo‘lganda, og‘riq, odatda, simillovchi xarakterda va hayz siklining to‘liq davomida kuzatiladi. Mioma tugunlari, ay- niqsa, serbar boylamning varaqlari orasida joylashganda og‘riq kuchli ifodalanadi va davomli bo‘ladi. Hayz davrida to‘lg‘oqsimon og‘riqlar o‘smaning shilliq ostida (submu- koz) joylashuviga xosdir. Submukoz tugunning tug‘ilishida kuzatiladigan og‘riq ham shu xilda to‘lg‘oqsimon bo‘ladi. Bachadon miomasining klinikasida qo‘shni a’zolar funksi- yasining buzilishlari (siydik pufagi, to‘g‘ri ichak) muhim rol o‘ynaydi. Bular mioma tugunlari boylamlar orasida, qo- rin parda ostida, bachadon bo‘ynida joylashganida ko‘proq kuzatiladi. Bachadon miomasida kuzatiladigan menorragi- ya bachadon ichki yuzasining kattalashuvi va demak, hayz paytidagi deskvamatsiya kattalashgan yuzadan ko‘chib tu- shishi, miometriy va qon tomirlarning o‘zgarishi, endomet- riyning giperplaziyasi, miometriy qisqarish qobiliyatining buzilishi bilan bog‘liqdir. Hayzning cho‘zilib ketishi va ko‘p qon yo‘qotilishi ko‘pincha qo‘sh keluvchi endometri-
oz bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda bachadon- dan qon ketishi miomatoz tugunning topografik joylashuvi, ayniqsa, o‘sma submukoz joylashuvi bilan bog‘liq bo‘ladi. Asoratlari. Bachadon miomasining nisbatan ko‘p uch- raydigan asorati – subseroz tugunning qon bilan ta’minla- nishi buzilishi va oqibatda nekrozga uchrashi bo‘lsa, sub- seroz joylashgan tugunning oyoqchasi buralib qolishi va tug‘ilayotgan submukoz tugun bachadon ichining tashqari- ga ag‘darilib chiqishi ba’zida uchraydigan asoratdir. Mio- ma xatarli o‘smaga aylanishi ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra,
2% ga etadi.
Tashxisi. Bemorlarning ko‘pchiligida bachadon mio- masi tashxisini qo‘yish qiyin bo‘lmaydi, chunki odatdagi ginekologik bimanual tekshiruvda bachadon kattalashgan, harakatchan, og‘riqsiz, zich konsistensiyali, sirti notekis aniqlanadi. Birlamchi diagnostikada hozirgi kunda UTT transvaginal orqali bachadon o‘lchamlari va tugunlari joy- lashuvini aniqlashda keng qo‘llanmoqda. Dopplerografiya bachadon miomasida qon aylanishini tugunlarda baholash uchun qo‘llaniladi. Dopplerografiyani bachadon miomasi- da embolizatsiyasida nazorat qilish uchun ham qo‘llaniladi.
Uzoq muddat qon ketib yurgan hollarda bachadonni zond- lash va bachadon ichi va servikal kanalni qirib olish, gistero- sonografiya, gisteroskopiya kabi qo‘shimcha tekshirish usul- larini qo‘llash tashxisni aniqlashtirish imkonini beradi. «Tilla standart» submukoz miomasi diagnostikasida gisteroskopiya hisoblaniladi. Katta miomatoz tugunlarining topografik joy- lashishini aniqlash uchun MRT tavsiya qilinadi.
Differensial tashxis. Bachadon miomasi bilan homila- dorlikni differensial tashxislashda bachadonning zich kon- sistensiyasi, o‘sma sirtining notekisligi, hayzda ko‘p va uzoq qon ketishini e’tiborga olish lozim va bu holda homi- ladorlikni inkor etish mumkin. Bundan tashqari, anamnezni o‘rganish, homiladorlikning shubhali va taxminiy belgilari- ni hisobga olish, xorionik gonadotropinni aniqlash, ultrato- vush tekshiruvi diagnozni aniq belgilashga ko‘maklashadi. Bachadon miomasini bachadon sarkomasi bilan dif- ferensial tashxislashda o‘smaning tez o‘sishi, bemorning yoshi, chirindisimon oqchil kelishi, qorin pastida og‘riq bo‘lishi, ozish, qon ketishisiz kamqonlik, umumiy ahvol- ning og‘irlashuvi kabilarga e’tibor beriladi. UTTda sarko- maga hos belgilar bo‘lganda dopplerografiyada arterial qon tezligi ko‘payishi (≥0,4 sm3/s) qatorida rezistentlik indeksi kamayishi (≤0,4 sm3/s) kuzatiladi. Bundan tashqari, bacha- don miomasini qorin pardadan sirtda joylashgan o‘smalar, buyrak distopiyasi, tuxumdon va ichak o‘smalari bilan dif-
ferensiallash lozim.
Davolash. Gospitalizatsiyaga ko‘rsatmalar:
Hozirgi kunda bachadon miomasi ikki xil usulda – kon- servativ va xirurgik davolanadi.
Konservativ davoga ko‘rsatmalar:
homiladorlikkacha);
Bachadon miomasining asosiy konservativ davosi gor- monal preparatlardir. Gormonal terapiya hayz siklining kor- reksiyasi uchun qo‘llaniladi. Shu maqsadda progesteron (didrogesteron, siproteron atsetat) va androgenlar, 19-nos- teroidlar (levonorgestrel, noretisteron atsetat) ishlatiladi. Androgenlar yosh ayollarga, semizlikda, qandli diabet va qon-tomir kasalliklarda tavsiya qilinmaydi. Progestagenlar- ning o‘smaga qarshi ta’siri o‘sma hujayralarining mitotik aktivligini pasaytirishiga asoslanadi va shu yo‘sinda uning o‘sishini tormozlaydi.
Hozirgi zamonda bachadon miomasini davolashda anti- gonadotropinlar (gestrinon, danazol), antiestrogen va an- tiprogesteron ta’sirida vaqtinchalik amenoreyani chaqiradi, va agonist (GnRG) gonadotropin-rilizing gormonlar (triptorelin, gozerelin, buzerelin) vaqtincha gipogonadizm- ga olib keladi.
Yosh ayollarga birinchi bosqichda agonist GnRG – depo turlari diferelin (Diferelin, triptorelin 3,75 mg) 1 marta 28-
30 kunda 3 oy davomida UTT nazoratida 3 oyda 1 marta. Ikkinchi bosqichda esa mikro yoki kam dozali AOK (novi- net) beriladi. Hayz sikli saqlangan ayollarga primolyut yoki dyufaston 10 mg dan siklning 16-kunidan 25-kunigacha 4-6 oy davomida beriladi. 17-OPK esa 1 ml dan siklning 14-, 17-, 21-kunlari 6 oy davomida belgilanadi.
Premenopauzal yoshdagi ayollarga uzaytirilgan ta’sirli gonadoliberin agonistlari ishlatilib, bular gonadotropinlar sekretsiyasini to‘sadi va shu tufayli menopauzani chaqiradi (diferelin, danazol, buserelin, zoladeks, triptorelin). Dana- zol bir kunda 400 mg dozada 6-8 oy davomida, zoladeks (goserelin) 3,8 mg dan teri ostiga 28 kunda 1 marta, dekap- til-depo 3,75 mg dan mushak orasiga 28 kunda 1 marta, bu- serelin endonazal sprey tarzida ishlatiladi. GnRG agonist- lari bilan davolash davomiyligi 3-6 oyni tashkil etadi. Da- volanish vaqtida ayol sekin-asta menopauzaga kirib keladi. Reproduktiv yoshdagi simptomli bachadon miomasi (qon ketishi va /yoki ko‘plab miomalik (n≥2) yirik bacha- don (2-5sinf) bor farzand ko‘rishni istamaydigan ayollarga 2014-yil 27-yanvardan Yevropa komissiyasi Yevro Ittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlarda Esmya® (5 мг) preparati- ni bachadon miomasini davolash uchun 3 oydan iborat 2 kursda qo‘llanilish ko‘rsatmalarini kengaytirishga ruxsat berdi. Esmiya (ulipristat atsetat 5mg) – progesterone ret- septorlarining selektiv modulyatori bo‘lib, miometiy va endomeriydagi progesterone retseptorlariga antiglyukokor- tikois aktivlik va esterogen darajasini pasaytirmasdan ta’sir ko‘rsatadi. Bachadondan qon ketishida tez va turg‘un na- zoratni ta’minlaydi. Endometriyda spetsifik, ortga qaytuv- chi o‘zgarish va aminoreya chaqiradi. Davo kursi hayzning birinchi kunidan boshlab to‘xtovsiz 3 oy. Undan so‘ng 2 oy tanaffus (endometriy tiklanishi uchun). Ushbu qaror Dori vositalari bo‘yicha Yevropa agentligi (European Medici- nes Agency – EMA) tomonidan ma’qullangandan so‘ng, komitet (Committee for Medicinal Products for Human Use
Xirurgik davo laparotomik yoki laparoskopik usulida qo‘llanadi. Hozirgi zamonda gisterektomiyani faqat ko‘r- satma bilan tavsiya qilinadi.
Jarrohlik yo‘li bilan davolashga ko‘rsatmalar quyidagilar:
Operatsiyaning hajmi va xarakteri bemorning umumiy ahvoli, yoshi, o‘smaning o‘sish xususiyatlari, joylashuviga qarab belgilanadi.
Quyidagi operatsiyalar qo‘llanadi:
Laparoskopik gisterektomiyani faqat bachadon miomasi 11-12 haftaligigacha qilinadi, miomaning katta o‘lchamlari- da 16-18 haftalikda laparotom usuli qo‘llaniladi. Bachadonni saqlab qoladigan operatsiyalardan biri bu transservikal mio- mektomiya submukoz joylashgan bachadon miomasidir.
Skrining. Kichik chanoq a’zolari UTTsini 25 yoshdan boshlab bir yilda bir marta o‘tkazish.
Bachadon miomasi profilaktikasi. Anamnezda abort, ba- chadon ichi qirishlar, jinsiy a’zolarida yallig‘lanish bo‘lma- gan ayollarda kam uchraydi. Bachadon miomasi bor ayol- larga bir yilda 2 marta UTT o‘tkazish va issiq hammom, sauna, insolyatsiya, beldan past sohasiga massaj va fiziote- rapevtik davolash tavsiya qilinmaydi.
MKB –10 kodi: N80 – endometrioz.
Endometrioz – disgormonal, immun tizimiga bog‘liq xa- tarsiz kasallik bo‘lib, tuzilishi va funksiyasi bo‘yicha endo- metriyga o‘xshash to‘qimaning bachadon shilliq qavatidan tashqarida o‘sib ketishi bilan ifodilanadi. Endometrioz 10% ayollarda uchraydi va turli yoshda bo‘lish ehtimoli bor. Ki- chik chanoq sohasida og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarning 80%da kuzatiladi, bepushtlikda esa 30% da aniqlanadi. Asosan, en- dometriozning genital turi eng ko‘p uchraydi. Faqat 6-8% ayollarda ekstragenital turini diagnostika qilish mumkin.
Lokalizatsiyasi bo‘yicha quyidagi turlari farq qilinadi: 1.Genital endometrioz:
2. Ekstragenital endometrioz (qovuq, ichak, buyrak, kin- dik, nervlar, operatsiya chandiqlari va boshqa a’zolardagi).
Ichki – bachadon endometriozi (adenomioz) tasnifi:
Tashqi genital endometriozga quyidagilar kiradi: Ekstraperitoneal turlari – tashqi jinsiy a’zolar, qin, ba-
chadon bo‘yni, retroservikal soha endometriozi.
Tuxumdon endometriozi tasnifi:
Endometrioz tugunchalar, aniq chegarasiz infiltratlar shaklida, yoki gemorragik yoki jigarrang quyuq suyuqlik bilan to‘lgan kistalar shaklida bo‘lishi mumkin. Endomet- rioz hujayrali atipiya va tinimsiz avtonom o‘sish xususi- yatiga ega emas; homiladorlik endometriozning klinik ak- tivligini pasaytiradi va regressiyaga olib keladi.
Retroservikal endometrioz tasnifi:
Konstitutsional omillar:
Klinika. Endometrioz klinikasi – uning joylashishiga bog‘liq va turiga qarab xilma xil bo‘ladi. Qorin pardasi, tuxumdon, tuxumdon naylari va rektovaginal endometrio- zida asosiy simptom – doimiy chanoq og‘riqlari, davolash samaradorligi yo‘qligi, dispareuniya (jinsiy aloqa vaqtida og‘riq), dismenoreya (hayz vaqtida og‘riq) va dizuriya ku- zatiladi. Endometrioz o‘choqlari yiringlashi, hatarli o‘zga- rishga uchrashi, uning atrofida yallig‘lanish reaksiyasi yuz berishi mumkin.
«Shu simptomlar bo‘lsa endometri- ozga shubha qilish kerak1* |
%* |
Dismenoreya |
78.7 |
Chanoq og‘riqlari |
69.4 |
Dispareuniya |
44.9 |
Ichak faoliyati buzilishi |
36.4 |
Ichakdagi og‘riq |
29.0 |
Bepushtlik |
26.2 |
Tuxumdon kistalari |
19.5 |
Dizuriya |
9.9 |
Siydik chiqishida boshqa muammolar |
6.2 |
Bachadon endometriozida (adenomiozda).
Uning klinikasida quyidagi simptomlar farq qilinadi:
Adenomiozda ko‘p uchraydigan simptomlar:
Kam uchraydigan: disxeziya, qabziyat, diareya, gema- turiya.
Oraliq va qinning endometriozi – yumaloq yoki no- to‘g‘ri shaklli ko‘kimtir tuzilmalar – «ko‘zlar» ko‘rinishi- da bo‘ladi. Hayz arafasida bularning o‘lchami kattalashadi, hayz paytida esa bu yerdan to‘q rangli qon ajraladi.
Bachadon bo‘yni endometriozida ayolda menstrualaro va jinsiy aloqa vaqtida kontakt qon ketishi xos klinik bel- gisi deb hisoblanadi. Bachadon bo‘ynining qinga qaragan qismi endometriozi o‘lchamlari kichik (diametri 2-5 mm), bachadon bo‘ynining och pushti rangi fonida qizil rangli bo‘ladi. Siklning lyutein fazasida va ayniqsa, hayz arafa- sida endometrioz o‘choqlari ko‘kimtir-qizil rangli bo‘lib, kattalashadi va qonab turadi. Endometrioz psevdoeroziya ko‘rinishida bo‘lib, gemorragik suyuqlik bilan to‘lgan bez- chalarga ega. Endometriozning bu xildagi lokalizatsiyasiga og‘riq xos emas.
Bachadon naylarining endometriozi – kam uchraydigan holat. Endometrioid geterotopiyalar, asosan, nayning seroz qavatida joylashib, kichik o‘lchamda bo‘ladi va bular endo- metriozning «kichik» turlariga kiradi.
Tuxumdon endometriozi tuxumdonning po‘stloq zona- sida endometrioid to‘qima o‘choqlari hamda endometrioid kistalar shaklida kuzatiladi. Kichkina endometrioid o‘choq- lar o‘sib kattalashadi, ularda qon to‘planadi, o‘choqlar ora- sida to‘siqlar yemiriladi va kistalar vujudga keladi. Endo- metrioid kista bitta tuxumdonda yoki ikkala tuxumdonda bo‘lishi mumkin, kattaligi har xil (0,5 sm dan 10 sm gacha) bo‘ladi. Endometrioid kistalarga atrofdagi to‘qimalar bilan bitishmalar hosil bo‘lishi, zich kapsula va ichida shoko- lad rangli gemorragik suyuqlik («shokoladli kista») bo‘li- shi, hayz arafasida va hayz davrida kuchayadigan uzluksiz og‘riqlar va bu og‘riqlarning belga, dumg‘azaga, to‘g‘ri
ichakka irradiatsiyasi xos. Kista devorlarining mikroper- foratsiyasi bo‘lishi mumkin, bunda og‘riq sindromi keskin kuchayishi va atrofdagi a’zolar bilan zich bitishma hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bimanual tekshirilganda bachadon or- tiqlari sohasida og‘riqli, kam harakat yoki harakatsiz, elas- tik konsistensiyali o‘smasimon hosila aniqlanadi. Atrofdagi a’zolar bilan bitishmalar hosil qilganda kistaning o‘lcham- lari va konsistensiyasi noaniqroq bo‘lib qoladi.
Retroservikal endometrioz bachadon bo‘ynining orqa yuzasida va bachadonning istmik qismida, shuningdek, dumg‘aza-bachadon boylami yopishgan sathda rivojlanadi. Ginekologik tekshirilganda bachadon bo‘yni orqasida zich, notekis, qo‘zg‘almas, palpatsiyasi keskin og‘riqli, hayz arafasida kattalashadigan tugunchalar aniqlanadi. Asosiy simptomi hayz oldida va hayz davrida keskin kuchayadi- gan og‘riqdir. Og‘riq qinga, dumg‘azaga, to‘g‘ri ichakka irradiatsiyalanadi.
To‘g‘ri ichak-bachadon chuqurchasi va boylamlar qorin pardasining endometriozini faqat laparoskopiyada aniqlash mumkin (ko‘kimtir o‘choqlar – «ko‘zchalar» ko‘rinadi). Endometriozning bu shakli – «kichik» turiga kiradi. Asosiy simptomi – bepushtlik va keskin og‘riq sindromi.
Ekstragenital endometrioz. Bemor ko‘pincha doimiy og‘riqlardan shikoyat qiladi. Jinsiy a’zolardan tashqarida o‘sma paypaslanishi va shuningdek, davriy qon ajralishi bo‘l- sa, bunda endometrioz haqida fikr yuritish mumkin. Ekstrage- nital endometrioz eng ko‘p yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakda kuzati- ladi. Bunda qorin sohasida va belda davriy og‘riq, tenezmalar, qabziyat, to‘g‘ri ichakdan davriy qon ketishi kuzatiladi.
Siydik pufagi endometriozida klinik manzara siklik og‘riq, dizuriya, gematuriya bilan ifodalanadi.
Pnevmotoraks, gematoraks yoki hayz kunlari qonli balg‘am kuzatilishi o‘pka endometriozining tipik belgilaridir.
Endometrioz diagnostikasi. Kasallik tashxisini aniq- lashda klinik belgilari, kasallik o‘tkirlashuvi, hayz bi- lan bog‘liqligi, akusherlik va ginekologik operatsiyalarni boshdan kechirgani ahamiyatga ega. Obyektiv tekshirish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: ko‘zgu orqali, bima- nual, rektovaginal tekshirish. Diagnostika uchun keng foy- dalaniladigan UTT hisoblanadi, u yordamida tuxumdonda endometrioz kistalari, adenomiozda bachadon devoridagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Rentgen usuli – GSGda (gisterosal- pingografiya) hayzning 5-7-kuni qilinadi va endometriozga xos belgilar aniqlanadi. KT, MRTda esa patologik jarayon chegaralarini aniqlash mumkin. Kolposkopiyada bachadon bo‘yni endometriozi va gisteroskopiyada adenomiozni da- rajasini aniqlash mumkin. Laparoskopiya esa, asosan, tash- qi endometrioz diagnostikasida qo‘llaniladi.
Davolash. Endometriozni davolash kompleks, differen- siallashgan bo‘lishi kerak va konservativ hamda jarrohlik usullarni o‘z ichiga oladi.
Konservativ usullarga gormonal, yallig‘lanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi va simptomatik terapiya kiradi.
Gormonal terapiya:
Gormonal davosini patogenetik asosida – vaqtincha tuxumdonning faoliyatini susaytirib «psevdomenopauzani» chaqirishda quyidagi dori-vositalar yordamida:
Preparat |
Ta’sir mexanizmi |
Doza va qabul qilish tartibi |
Nojo‘ya ta’siri |
GnRG agonistlari, depo turlari: diferelin, triptorelin, dekapeptil depo 3,75 |
gipofizning gona- dotrop sekretsiyasi blokadasi (medi- kamentoz gona- dektomiya) |
mushak orasi- ga 1 marta 28 kunda, umu- miy: 3-6 marta |
klimakterik yoshiga xos ve- getativ qon tomir simptomlar, suyak to‘qimasi- ning mineral zich- ligi kamayishi |
Antigona- dotropinlar: Danazol, gestrinon |
gonadotropinlar blokadasi, endo- metriy atrofiyasi |
danazol 400- 600 mg/sut 6 oy davomida. Gestrinon 2,5 mg haftasida 2 marta 6 oy per os |
androgen bilan bog‘liq dermato- patiya, giperlipi- demiya, giperten- ziya, tana vaznini ko‘payishi |
Progeste- ronlar: die- nogest 2 mg (Vizanna, Savis) |
proliferatsiyani to‘xtatish, detsidu- alizatsiya |
vizanna 1 mar- ta sutkasiga uzluksiz, per os, 3-6 oy |
tana vazni ko‘pa- yishi, depressiya, giperlipidemi- ya, suyuqlik chiqishining kechikishi |
Progesteron analogi:did- rogesteron (Dyufaston) |
proliferatsiyani to‘xtatish, detsidu- alizatsiya |
hayz siklining 5-kunidan 25-kunigacha 20-30 mg/sut yoki uzluksiz, per os |
aniqlanmagan |
Sintetik progesta- genlar: no- retisteron |
proliferatsiyani to‘xtatish, detsi- dualizatsiya va endometriyning atrofiyasi |
sutkasiga 5mg 6 oy davomi- da, per os |
tana vaznining ko‘payishi, giperlipidemi- ya, suyuqlik chiqishining kechikishi |
Aralash monofaz est- rogen-ges- tagen prepa- ratlar (Jeanine, Klaira, Lin- dinet ) |
endometriyning proliferatsiyani va ovulyator gona- dotropinlarni to‘x- tatish (tormozlash) |
6-9 oy uzluk- siz, per os |
giperkoagulyat- siya, suyuqlik chiqishining ke- chikishi |
Progestagenli monoterapiya – davolashning boshlan- g‘ich bosqichi.
Hozirgi vaqtda endometrioz davosida quyidagi peroral progestagenlar tavsiya qilinadi: medroksiprogesterona at- setat (MPA), noretisteron atsetat (NETA), didrogesteron (dufaston), dienogest (vizanna, savis).
Progestagenlarni parenteral turlari: MPA, mushak ostiga yuboriladi (depo-provera), levonorgestrel tarkibidagi BIV (mirena).
Xirurgik davolashga ko‘rsatmalar:
Reabilitatsiya. Xirurgik davo choralarining samarasini, retsidivlarining profilaktikasini ta’minlash uchun operat- siyadan so‘ng reabilitatsiya qilinishi lozim. Buning uchun tiklovchi davo kursi o‘tkaziladi. Endometriozda ko‘p uch- raydigan yallig‘li reaksiyalar bitishma va chandiqlar hosil
qilishini hisobga olib operatsiyadan yallig‘lanishga qarshi preparatlar – natriy tiosulfati, prostaglandinlar sintezini tor- mozlovchi preparatlar (indometatsin, voltaren, diklofenak, dikloberl va boshq.), giposensibilizatsiyalovchi preparatlar (dimedrol, zodak, suprastin va boshqalar) qo‘llanadi. Za- rur bo‘lsa, «kichik» trankvilizatorlar, valeriana, pustirnik preparatlari va boshqalar buyuriladi. Og‘riqni qoldiruvchi preparatlar va usullar endometriozni kompleks davolashda muhim o‘rin tutadi.
MKB – 10 kodi: D27 – Tuxumdon xavfsiz o‘smalari; D39.1 – Noaniq tuxumdon o‘smalari;
N83.0 – Tuxumdon follikulyar kistasi; N83.1 – Sariq tana kistasi.
Ayollar jinsiy a’zolari kasalliklari ichida birinchi dara- jadagi tuxumdon o‘smalari egallaydi. Umumiy ayollar jin- siy kasalliklarining 60-77 % ini tuxumdon o‘smasi tashkil etadi. Shundan eng ko‘pini epitelial o‘smalar tashkil etadi,
o‘smalardan 75-82,3 % qismi xavfsiz o‘smalar hisoblanadi. Xavfsiz tuxumdon o‘smalari uchraganda unga amaliy va ilmiy tomondan yordamlashish uchun uni xavfli o‘smaga aylanishining oldini olish uchun chuqur darajada tekshirish o‘tkazish zarur.
Tuxumdon xavfsiz o‘smalari – tuxumdon hajmli o‘sma tuzilmasi, tuxumdon to‘qimasidan o‘sib chiqadi, hamma yoshdagi ayollarda kuzatiladi, reproduktiv potensialni ka- maytirib, jarrohlik davolashga ko‘rsatma bo‘ladi.
Tuxumdon o‘sma tuzilmalari (sinonim: tuxumdon kis- tasi) – retension hosila bo‘lib, hosila bo‘shlig‘iga suyuqlik yig‘ilishi hisobiga paydo bo‘ladi. Patogenezida gormonal buzilishlar (gonadotropinlar FSG, LGning giperproduksi- yasi), bachadon ortiqlarining surunkali yallig‘lanish jara- yonlari. Kistoma – bu tuxumdonlarning chin o‘smasi hi- soblanadi va ular hujayralarning ko‘payishi hisobiga o‘sish xususiyatiga ega.
Etiologiya va patogenez. Tuxumdon o‘smasining rivoj- lanishi uchun sharoit paydo bo‘lishi uchun asosiy sabab, bu bolalikda infeksion va yallig‘lanish bilan kechadigan kasalliklarni o‘tkazgan hisoblanadi va bu reproduktiv tizim funksiyasi o‘zgarishi bilan ifodalanadi, 10-37,8% yallig‘la- nishli kasalliklardan so‘ng bachadonning xavfsiz o‘sma- lari hosil bo‘ladi. Tuxumdon o‘smalarining etiologiya va patogenezida genetik aspekt asosiy rol o‘ynashi mumkin. Odam organizmidagi hujayralarida genetik apparatining yetishmovchiligi natijasida limfa tugunlari kattalashishi kuzatiladi. Xavfsiz tuxumdon o‘smalarining rivojlanishi- da ba’zi klinik ko‘rsatmalar sabab bo‘ladi: hayzning kech bo‘lishi, menstrual funksiyaning buzilishi, jinsiy rivojla- nishning sustligi, bepushtlik, reproduktiv davrida erta hayz siklining tugashi. Reproduktiv tizimning funksional faoli- yatini o‘rganishda 54% bemorlarda bu kasallik monofazali
menstrual sikl fonida rivojlanadi. Operatsiyagacha 48,6% bemorlarda tekshirish o‘tkazilganda ularda endometriyni geperplastik jarayoni va 42 % da disgarmonal xavfsiz sut bezi o‘smalari aniqlangan. Ko‘pchilik bemorlarning hayz sikli davomidagi LG sekretsiyasi bilinarli darajada kamay- gan bo‘ladi, ayniqsa, ovulyatsiya oldi davrida.
Tuxumdon o‘smalari xavf omillari:
Tasnifi. Tuxumdon o‘smalari xavfli va xavfsiz turlarga
ajraladi.
tana kistasi, tuxumdon endometriozi, tuxumdon stromasi
giperplaziyasi va gipertekozi, yallig‘lanish jarayon, parao- varial kista).
Asoratlanmagan tuxumdon o‘smalarida klinik belgilar xususiyatli emas. Hamma tuxumdon o‘smalari bor ayol- larga 5 ta palpator belgilarini aniqlash tavsiya qilinadi: bir yoki ikkala tarafligini aniqlash, harakatchanligi, og‘riq bor-yo‘qligi, konsistensiyasi, o‘lchami.
Hayz siklining, qo‘shni a’zolar faoliyatining buzilishi va boshqa klinik belgilari o‘smani sifatiga qarab aniqlanadi.
Follikulyar kista. Yupqa devorli hosila bo‘lib, tuxum- donni bir qismidan bo‘rtib chiqadigan, boshqa qismlari o‘z holida saqlangan bo‘ladi. Retension tuzilma katta o‘lcham- largacha yetadi. Bu kistani ichki yuzasida granulez hujay- ralar qavati saqlangan bo‘lib, lekin tuxum hujayra aniqlan- maydi. Kista saqlamasi suvli bo‘ladi.
Klinika. Yosh ayollarda rivojlanadi, hayz siklining vaq- tida kelmasligi va keyin menoragiya kuzatilishi. Kista bir tomonlama, harakatchan, og‘riqsiz, elastik konsistensiyali va 6 sm gacha bo‘ladi. Malignizatsiyaga uchramaydi va 3-6 oyda o‘zi yo‘q bo‘ladi.
Sariq tana kistalari. Gormonal buzilishlar natijasi bo‘lib, sariq tana o‘zining rivojlanish bosqichida qayta rivojla- nishga uchraydi. Lekin qandaydir buzilishlar natijasida bu jarayon amalga oshmay, sariq tana rivojlanishda davom etadi, kistasimon hosilaga aylanib, yirik tovuq tuxumidek o‘lchamga yetadi. Kista tarkibi to‘q sariq rangga ega bo‘lib, klinikasi bachadondan tashqari homiladorlikni eslatadi.
Bemor ko‘ngil aynash, sut bezlarining dag‘allashishi hissini sezadi. Homiladorlikning obyektiv belgilari paydo bo‘ladi: hayz to‘xtashi, jinsiy a’zolar to‘laqonligi, bacha- don kattalashib, yumshoqlashadi. Bemorni tekshirganda ortiqlar sohasida o‘smasimon hosilani aniqlaganda, bacha- dondan tashqari homiladorlik bo‘yicha shubhaga boriladi. Shuni esda tutish kerakki, sariq tana kistasi yelbo‘g‘oz va xorionepiteliomaning yo‘ldoshi bo‘lib, XG reaksiyasi su- yultirilgan siydikda musbat chiqadi. O‘smaning retension xarakterligini aniqlash qiyinchiliklar tug‘diradi.
Epitelial o‘smalar eng ko‘p uchraydi. Seroz o‘smalar 40- 50 yoshda, 10-15 sm gacha, bir tomonlama va bo‘shlig‘ida suyuqlik bo‘ladi, hayz sikli o‘zgarmagan holda.
Mutsinoz o‘smalar. Bularning xususiyati ko‘p kamerali, bir tomonlama va o‘lchamlari katta bo‘ladi, kesib ko‘ril- ganda tarkibida shilliq aniqlanadi.
Endometrioid o‘smalar. Gistologik tuzilishi bo‘yicha endometriy to‘qimasiga o‘xshash va estrogenlarga sezuv- chan retseptorlarga ega.
Stromal hujayrali o‘smalar donador hujayrali o‘smalar – estrogenlar hosil qiladi. Androblastoma – androgenlar sin- tez qiluvchi o‘sma. Ko‘proq yosh ayollarda uchraydi, bir tomonlama o‘lchamlari kichik, sariq olov rangli maskulini- zatsiyalovchi o‘sma hisoblanadi.
Fibromalar – kamdan-kam uchraydi, bir tomonlama, og‘riqsiz, kichik o‘lchamda, harakatli, hayz sikli buzili-
shi aniqlanadi, asosan, postmenopauza davrida, poliserozit (gidrotoraks, astsit) bilan asoratlanadi.
Germinogen o‘smalar – disgerminomalar, bolalik va yoshlik davrida uchraydi. Nur bilan davolashga sezuvchan. Teratomalar – dermoid kista (yetilgan teratoma) bir to- monlama, 15-25% ikki taraflama bo‘lishi mumkin, og‘riq- siz, harakatli, notekis konsistensiyali, 15 sm gacha, ke- sib ko‘rilganda tarkibida soch tolalari, tishlar, tirnoqlar va boshqa teri ortiqlari topiladi. Hayz sikli o‘zgarmagan.
Xavfli o‘smaga aylanish xavfi kam.
Tuxumdon o‘smalarida tekshirish usullari:
shirish (mammografiya, UTT);
- Rak embrional antigeni (REA), α-fetoprotein (AFP),
-XGCH – germinogen o‘smalarida aniqlashda diagnostik usuli;
-CA 125, CA 19-9 – epitelial o‘smalarining malignizatsiya xavfini aniqlaydi, ayniqsa, postmenopauzada. CA 125
lanish xavfini aniqlaydi.
Qo‘shimcha qilib quyidagi tekshirish tavsiya qilinadi:
Tuxumdon o‘smalari asoratlari:
Taqqoslama: ekstragenital katta hajmli o‘smalar, sero- zotsele, o‘tkir appenditsit, appendikulyar infiltrat, tuxum- don apopleksiyasi, tuboovarial tuzilma, nefroptoz.
Davolash. Tuxumdon kistasini davolash 1-3 oy AOK yordamida konservativ olib boriladi. Agar 1-3 oy davolan- gandan keyin natija bermasa, yoki o‘lchami 6 sm dan katta bo‘lsa operativ laparoskopiya tavsiya qilinadi.Tuxumdon kistomalari faqat operativ usulida davolanadi.
JINSIY A’ZOLARNING GIPERPLASTIK KASALLIKLARI
Ablatsiya turlari
Bachadon miomasi turlari
Bachadon miomasi (UTTda va operatsiya vaqtida)
Tuxumdon endometriozining bosqichlari
Retroservikal va tuxumdon endometriozi.
Tuxumdonning endometrioz (shokoladli) kistaning yorilishi
MR and Ultrasound of Endometrioma
Tuxumdonning follikulyar kistasi
Tuxumdonning endometrioid kistasi
Tuxumdonning turli kistalari
(UTT va laparoskopik ko‘rinish)
Tuxumdonning dermoid kistasi