IV bob


4-BOB

AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI

Ayollar jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari gi- nekologik kasalliklar ichida birinchi o‘rinni egallaydi va oilaviy poliklinikaga murojaatning 60 – 65 foizini tashkil etadi, ko‘proq «yengil» shaklda kechganligi uchun be- morlar hamma vaqt ham shifokorga murojaat qilmaydilar. Muammoning dolzarbligi reproduktiv, menstrual va jinsiy faoliyatga salbiy ta’siri bilan ifodalanadi. Ulardan 17-20% kasallarda o‘tkir jarayon surunkaliga o‘tadi. Yallig‘lanish kasalliklari natijadasida chandiqli jarayon, og‘riq sindromi, ovulyatsiyaning buzilishi, 15% da bepushtlik va 18% ba- chadondan tashqari homiladorlik rivojlanishi xavfi paydo bo‘ladi.

Nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari, shartli-patogen mikroflora, stafilokokk va boshqa mikroorganizmlar bi- lan assotsiatsiyasi (ichak tayoqchasi, protey, streptokokk). Anaerob infeksiya (bakteroidlar, peptokokklar, peptostrep- tokokklar).

Butun dunyo bo‘yicha aholining migratsiyasi ko‘payishi sababli, yoshlarning jinsiy xulqlari o‘zgarishi, ekologiya- ning buzilishi va immunitetning susayishi JYOYUK ko‘pa- yishiga olib keladi.

Oxirgi yillarda JYOYUK katta ahamiyatga ega. Bu infeksiyalar ayollar va erkaklarda jinsiy a’zolarining yal- lig‘lanishiga, homiladorlik va tug‘ruq vaqtida asoratlar- ga olib kelib, homila va chaqaloqlarda har xil kasalliklar chaqiradi. O‘tkaziladigan davolash va oldini olishga qara- masdan JYOYUK keng tarqalib, ko‘payib kelmoqda. Shu kasalliklarda immunitet sust bo‘lib, organizmda infeksiya uzoq vaqt davomida persistensiya bo‘lib davolashda qiyin- chiliklar kuzatiladi.



Jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari tasnifi

Klinik kechishi bo‘yicha:

    • o‘tkir (klinik simptomatikasi yaqqol kechadigan);
    • o‘tkir osti;
    • surunkali. Joylashishi bo‘yicha:
    • jinsiy a’zolar quyi qismining jarohatlanishi (vulvit, kolpit, bartolinit, endotservitsit, servitsit, bachadon bo‘yni eroziyasi);
    • jinsiy a’zolar yuqori qismining jarohatlanishi (endo- metrit, salpingit, salpingooforit, parametrit, pelvioperitonit, peritonit).

Bachadon ichki bo‘g‘izi ularning chegarasi hisoblanadi. Yallig‘lanish kasalliklarining asoratlari:

    • chandiqlanish jarayonining rivojlanishi;
    • surunkali chanoq og‘riqlarlari;
    • hayz siklining buzilishi (tuxumdonlar gipofunksiyasi, polikistozi, ovulyatsiyaning buzilishi);
    • bepushtlik;
    • bachadondan tashqari homiladorlik;
    • homiladorlikning muddatiga yetmasligi.


    1. Jinsiy yo‘llar pastki qavatining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari

Vulvit – tashqi jinsiy a’zolar (vulva) yallig‘lanishi. Bir- lamchi vulvitning sababi: Gigienaga rioya qilmaslik, en- dokrin kasalliklar (qandli diabet), gelmintoz, perianal soha- dagi yallig‘lanish jarayonlari;

Ikkilamchi vulvitning sababi: Vulvovaginit, ichki jinsiy a’zolar yallig‘lanish kasalliklari.

Reproduktiv yoshdagi ayollarda vulvit ko‘pincha ikki- lamchi, tashqi jinsiy a’zolar terisining patogen mikroorga-



nizmlar bilan yallig‘lanishi natijasida yuzaga keladi. Kat- talarda birlamchi vulvit qandli diabetda, gigiena qoidala- riga rioya qilmaganda, tashqi jinsiy a’zolar terisini termik, mexanik, kimyoviy yallig‘langanda bo‘ladi.

Klinika. O‘tkir vulvitda bemorlar tashqi jinsiy a’zolarda- gi qichishish, achishish va umumiy holsizlikdan shikoyat qi- lishadi. Kasallikning klinik kechishi vulvaning giperemiya- si va shishishi, yiringli va seroz-yiringli ajralmalar bo‘lishi, qov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashishi bilan ifoda- lanadi. Surunkali davrida klinik ko‘rsatkichlar susayib, faol vaqtida qichishish va achishish paydo bo‘ladi.

Tashxislash. Asosan, shikoyatlari, anamnezi, gineko- logik ko‘rikka asoslanadi. Qo‘shimcha usullarga bakterios- kopik va bakteriologik tekshiruv usullari kiradi.

Davolash, asosan, vulvitni keltirib chiqargan yondosh patologiyani davolashdan iborat. Undan tashqari, qinni o‘tdan tayyorlangan damlamalar (moychechak, kalendu- la va h.k.) hamda antiseptik eritmalar bilan yuvish. Aniq- langan mikrofloraga, asosan, antibakterial davo o‘tkazila- di. Mahalliy ko‘p patogen bakteriyalar va zamburug‘lar, trixomonadlarga ta’sir etuvchi dori vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiq (polijinaks, terjinan, metostil, klion D va boshqalar, 7-10 kun davomida).

Vulvovaginit ko‘pincha qiz bolalarda, kamroq hollarda ayollarda uchraydi. Qiz bolalarda vulvovaginit umumiy kasalliklar, o‘tkir yuqumli kasalliklar (qizamiq, skarlatina, difteriya), endokrin buzilishlar, gipovitaminoz, uzoq vaqt antibiotiklar qo‘llash oqibatida kelib chiqadi.

Vulvovaginit turlari: bakterial, mikotik, trixomonadali va virusli bo‘lishi mumkin.

Bakterial vulvovaginit ko‘pincha surunkali tonzillit, gripp, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan 3-8 yoshli qizcha- larda kuzatiladi. Tashqi jinsiy a’zolar ko‘zdan kechirilgan-



da biroz qizargan, ajralma ko‘p miqdorda, oq-sariq bo‘ladi. Siydikning birinchi qismi olib tekshiriladi, bunda leykotsitu- riya aniqlanadi. Tashqi jinsiy a’zolarning qattiq qichishi va oq ipir-ipir ajralma bo‘lishi mikotik vulvovaginitga xosdir.

Davolash. Organizm umumiy quvvatini oshirish. Bir- lamchi infeksiya o‘choqlarini sanatsiya qilish. Mahalliy davo (klotrimazol, klion D, siteal va boshqa eritmalar).

Yosh qizchalarda ostritsalar (qilbosh gijjalar) sababli vulvovaginit kelib chiqqan bo‘lsa, gijjaga qarshi preparatlar beriladi va mahalliy davolash o‘tkaziladi (polijinaks-virgo). Mikotik vulvovaginit bo‘lsa, diflyukan, diflazon 150 mg 1 marta beriladi. Davolash natijasini qindan olingan ajratma surtmasi va bakteriologik usul bilan aniqlanadi. Agar zam- burug‘ hujayralari topilmasa, davolash natija bergan bo‘la- di.

Bartolinit – bartolin bezlarining yallig‘lanishi. Bartolin bezini va atrof to‘qimalarini tashkil etuchi silindrik epiteliy- ning yallig‘lanishi chiqaruvchi yo‘llarining berkilishiga, bu esa, o‘z navbatida, abssessga olib keladi. Mikroorganizmlar bartolin bezning chiqarish kanalini jarohatlaydi, buning na- tijasida bezda psevdoabssess hosil bo‘ladi.

Klinika. Psevdoabssessda bez shishadi, giperemiya, sia- noz, isitma subfebril bo‘lib, yurgan vaqtda og‘riqlar kuza- tiladi. Abssessning shakllanishida ayol ahvolining og‘ir- lashishiga olib keladi, bartolin bezi sohasidagi og‘riqlar kuchayadi va lo‘qillovchi bo‘ladi, ayolda holsizlik, bosh og‘rig‘i, et uvishishi, tana haroratining 39°S oshishi kuzati- ladi, ko‘rikda bezning chiqish yo‘llarida shish, giperemiya, ustidan bosganda yiringli ajralmalar kuzatiladi.

Davolashda qo‘zg‘atuvchi hisobga olingan holda anti- bakterial va simptomatik vositalar tavsiya etiladi. Mahal- liy yallig‘lanishning o‘tkir holatini kamaytirish uchun yal- lig‘lanishga qarshi malhamlar (levomekol) applikatsiyasi.



Bartolin bezining abssessida statsionar sharoitda jarrohlik yo‘li bilan davolash tavsiya qilinadi.

Kolpit – qin shilliq qavatining yallig‘lanishidir. Har xil mikroorganizmlar kimyoviy, allergik, termik, mexanik ta’sirlar orqali yuzaga keladi.

Kolpitning quyidagi turlari farq qilinadi:

  • seroz-yiringli kolpit;
  • qarilik kolpiti;
  • so‘zakli kolpit;
  • yuqumli kasalliklarda uchraydigan kolpit;
  • trixomonadali kolpit;
  • zamburug‘li kolpit.

Kasallikning o‘tkir bosqichida bemorlarda qorin pastida og‘riq bo‘lishi, qin sohasidagi qichishishga, achishishga, jin- siy yo‘llardan yiringli va seroz-yiringli ajralmalar kelishiga, jinsiy aloqa vaqtida og‘riqlar (dispareuniya), ikkilamchi vul- vitlar bo‘lishi, tashqi jinsiy a’zolarning qichishi, siyganda achishish paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Qarilikda uchray- digan kolpitda qin shilliq qavatlari atrofiyalanishi natijasida tez jarohatlanadi va infeksiya tushib yallig‘lanadi.

Zamburug‘li kolpitda qichishish, achishish, oq ajratma ke- lishi kuzatiladi, ko‘zdan kechirilganda oq nuqtasimon tosh- malar kuzatiladi. Keyinchalik pilakcha paydo bo‘lishi mum- kin va ular bir-biri bilan qo‘shilib, oq karash hosil qiladi.

Kolpit ko‘pincha vulvit, endotservitsit, uretrit bilan bir- ga keladi. Ko‘zgular yordamida tekshirilganda qin devorla- rining shilliq qavati qizargan, shishgan, burmalari orasida yiring yig‘ilib turganligini ko‘rish mumkin, tegilganda qo- nashi, yuzasida yiringli qoplam va mayda qon quyilishlari kuzatiladi.

Kasallik og‘ir kechganda qinda eroziya va yaralar bilan birga deskvamatsiya yuzaga keladi. Surunkali bosqichida asosiy shikoyatlar jinsiy yo‘llar orqali seroz-yiringli ajral-



malar kelishi haqida bo‘ladi, qichishish va achishish esa vaqti-vaqti bilan kuzatiladi. Shilliq qavatining shishishi va giperemiyasi kamayadi, eroziya bo‘lgan sohalarda qinning so‘rg‘ichsimon qavatining infiltratsiyasi (granulyar kolpit) kuzatiladi.

Tashxislash, asosan, shikoyatlarga, anamneziga, gineko- logik ko‘rikka asoslanadi. Qo‘shimcha tekshirish usullari- ga kolposkopiya kiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash uchun qindan, uretradan, servikal kanaldan bakteriologik va bakterioskopik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Davolashni kompleks olib borish, infeksiya bilan birga yondosh kasalliklarni davolash kerak. Mahalliy davo anti- bakterial vositalari sham, qin tabletkalari, gellar ko‘rinishi- da beriladi, so‘ng qinning mikroflorasini va kislotalilikni tiklash uchun eubiotiklar (bifidumbakterin, laktobakterin, biovestin) beriladi. Mahalliy davo – tashqi jinsiy a’zolari va qinni antiseptik eritmalar bilan chayish, zamburug‘li kolpitlarda flunol, diflyukan yoki diflazon 150 mg ichishga beriladi. Metostil, polijinaks, terjinan, klion D qin tabletka- lar, klotrimazol kremi. Qarilik atrofik kolpitlarida estriol 1 shamcha 1 marta 7 kun davomida, follikulin, malham dori- lari ishlatiladi.

Endotservitsit – bachadon bo‘yni kanali shilliq parda- sining yallig‘lanishi, uni stafilokokklar, streptokokklar, go- nokokklar, xlamidiy, virusli infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin. Endotservitsit ko‘pincha boshqa ginekologik ka- salliklar bilan yondosh keladi (kolpit, endometrit, adneksit, bachadon bo‘yni ektopiyasi, eroziyalangan ektropion).

Endotservitsitning kelib chiqishi organizmning umumiy quvvatini pasaytiruvchi kasalliklar, tug‘ruq paytida bacha- don bo‘ynining, oraliqning yirtilishi, ichki jinsiy a’zolari- ning tushishi, kimyoviy, termik jihatdan ta’sirlanish va ku- yishning ahamiyati katta.



Endotservitsit o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va surunkali bosqichlarda o‘tishi mumkin. O‘tkir davrida bachadon bo‘yni ko‘zgularda va kolposkopiyada ko‘rganda bo‘g‘iz atrofida qizarish, shish kuzatiladi. Bachadon bo‘yni kana- lidan yiringli yoki shilliq-yiringli ajralma kelib turadi. O‘r- tacha o‘tkir va surunkali bosqichlarga o‘tganida qizarish va shish kamayadi, ajralma shilliq-yiringli, keyinchalik shilliqli bo‘ladi.

Tashxis. Endotservitsitlarni aniqlashda anamnez, ko‘z- gular yordamida tekshirish, bachadon bo‘yni kanalidan ajralayotgan ajratmani bakteriologik tekshirish yordam be- radi, shuningdek, bachadon bo‘yni surtmasining sitologik tekshiruvi ko‘p qavatli va silindrik yassi epiteliyning atipik turi yo‘qligini aniqlaydi.

Davolash. O‘tkir fazasida qo‘zgatuvchining sezuvchan- ligiga qarab, antibakterial davo o‘tkaziladi, mahalliy davo bilan birgalikda. Bachadon bo‘yni fon kasalliklarining su- runkali davrida esa jinsiy yo‘llar sanatsiyasidan so‘ng si- tologik tekshirish qilib, ko‘rsatmaga qarab kolposkopiya va jarrohlik qo‘llaniladi (kriodestruksiya, radioxirurgiya, lazeroterapiya, diatermokoagulyatsiya, bachadon bo‘yni konizatsiyasi).


    1. Jinsiy yo‘llar yuqori qavatining yallig‘lanish kasalliklari

Endometrit – bachadon shilliq qavatining (endomet- riy) yallig‘lanishi. Endometritning o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir, surunkali bosqichlari tafovut qilinadi. O‘tkir endometrit bachadon ichki muolajasidan keyin kelib chiqadi (abortlar, qirishlar, GSG, gisteroskopiya, BIV qo‘yish va tug‘ruqdan so‘ng). O‘tkir endometritning belgilari: tana haroratining ko‘tarilishi, qorin pastida og‘riq, dumg‘aza va chov soha-



siga beriladi, et uvishishi, bachadondan yiringli yoki selsi- mon ajralmalar, hayz siklining buzilishi kuzatiladi, ba’zan bachadon shilliq qavati ayrim qismlarining nekrozga uch- rashi natijasida metrorragiya bo‘lishi xarakterlidir.

Yallig‘lanish jarayoni juda tez mushak qavatiga tarqa- lishi (endomiometrit), og‘ir holatlarda esa butun bachadon devoriga va parametriyga tarqalishi mumkin (parametrit). Obyektiv tekshirilganda umumiy ahvoli og‘ir, tana harorati ko‘tarilishi, taxikardiya, qorin paypaslaganda pastki qis- mi og‘riqli. Ginekologik ko‘rikda bachadon kattalashgan, yumshoq konsistensiyali, og‘riqli yoki sezgir bo‘ladi, ay- niqsa, bachadon qovurg‘a sohasida (yirik limfotik tomirlar bo‘ylab). Umumiy qon tahlilida leykotsitoz, leykotsitar for- mulani chapga siljishi, limfopeniya, SOE ortishi kuzatiladi. UTT da M-exoning qalinlashganini ko‘rishimiz mumkin.

Kasallikning o‘tkir bosqichi, asosan, 8-10 kun davom etadi va sog‘ayish bilan tugallanadi. Kam hollarda bu ka- sallik keng tarqalib, asoratlarga olib keladi (parametrit, pelvioperitonit, chanoq abssesslari, kichik chanoq venalari tromboflebiti, sepsis) yoki kasallik o‘tkir osti va surunkali turiga o‘tishi mumkin.

Surunkali endometrit o‘tkir endometritning yaxshi davolanmaganligi natijasida, rivojlanmagan homiladorlik bo‘lgan ayollarda, qon ketish sabab bachadon bo‘shlig‘i bir necha bor qirilganda, kesar kesish amaliyotidan so‘ng tikish materiallari, BIV va xlamidiya infeksiyasi sababchi bo‘lishi mumkin. Surunkali endometrit belgilari: ajralmalar kelishi, qorin ostidagi biroz simillovchi og‘riq bo‘lishi, jin- siy yo‘llardan seroz-yiringli ajralmalar kelishi bezovta qila- di. Hayz siklining buzilishlari – ko‘p va uzoq bo‘lishi (gi- perpolimenoreya), hayzdan oldin yoki hayz oralig‘ida qonli ajralma kelishi xosdir yoki metrorragiyalar. Bemorlar qorin pastida og‘riqlar sezadilar, qabziyat, uyquning buzilishi,



ta’sirchanlik kuzatiladi. Ko‘pchilik hollarda tuxumdon gi- pofunksiyasi kuzatiladi. Qin orqali tekshirilganda bacha- don og‘riqli bo‘ladi, biroz kattalashgan, yumshoq konsis- tensiyali bo‘ladi, bachadon bo‘yni kanalida ko‘p miqdorda yiringli ajralma kelib turadi.

Tashxis. Anamnez, umumiy va ginekologik tekshirish, bakteriologik tekshirish va UTT asosida. Anamnezida ko‘pincha homilaning doimiy o‘z-o‘zidan tushishi kuzatila- di. Surunkali endometritni anamnez, klinikasi, ginekologik ko‘rikka (bachadon tanasining birmuncha kattalashishi va qattiqlashishi, jinsiy yo‘llar orqali seroz-yiringli ajralmalar kelishi) asoslanib qo‘yish mumkin.

Davolash. O‘tkir davrida: yotoq tartibi. Keng spektrli antibiotiklar, og‘riq qoldirish uchun nosteroid yallig‘lanish- ni oluvchi preparatlar (ibuprofen, nurafen, nimumed, ni- mesil), desensibilizatsiya qiladigan moddalar va umumiy quvvatlantiruvchi preparatlar (baliq yog‘i).

Surunkali davrida: endometriyning retseptiv holatini yaxshilash uchun didrogesteron 10 mg 2 marta hayzning 11-kunidan 2 hafta, 3-6 oy davomida. Tuxumdon gipofunk- siyasi bo‘lganida siklik gormonal terapiya o‘tkaziladi.

Salpingooforit (adneksit) – bachadon naylarining va tuxumdonning yallig‘lanishidir.

Infeksiya tarqash yo‘llari:

  1. Yuqoriga ko‘tariluvchi infeksiya (bachadondan);
  2. Pastga tushuvchi infeksiya (qorin pardasidan);
  3. Limfogen va gematogen yo‘llari bilan. Klinik kechishiga ko‘ra:

1. Abortiv; 2. Yengil; 3. Yashirin shakllari tafovut eti- ladi.

Infeksiya yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘li bachadon bo‘sh- lig‘idan bachadon naylariga (salpingit), tuxumdonlarga (ooforit), bog‘lovchi apparati bilan birga (salpingoofarit)



bilan ifodalanadi. Yallig‘lanish ekssudati bachadon nayi ichida to‘planib yopishqoq jarayonni yuzaga keltiradi va naylarning fimbrial bo‘limining yopilishiga olib keladi va bachadon naylarida qopsimon hosilalar paydo bo‘ladi (sak- tosalpinks). Naylarda seroz ekssudat (gidrosalpinks), yiring yig‘ilishiga (piosalpinks) olib keladi.

Tuxumdon to‘qimasiga mikroorganizmlarning o‘tishi tuxumdon abssessiga olib keladi, bir necha abssessning qo‘shilishi ovarial to‘qimaning irib ketishiga sabab bo‘ladi. Tuxumdonda yiring to‘lgan xaltachaga aylanadi (piovar).

Gohida, bachadon ortiqlari atrofida yallig‘lanish kong- lomerati paydo bo‘ladi, hajmli tuboovarial hosila holatida aniqlanadi. O‘tkir adneksitning asoratlaridan biri piovar va piosalpinks devorlari bir-biriga tegib irishi natijasida tubo- ovarial abssess hosil bo‘ladi.

O‘tkir salpingooforit (adneksit). Kasallik boshlani- shi hayzdan keyin, bachadon ichi diagnostik tozalashdan, abortdan yoki bachadon ichi vositalarni qo‘llashdan keyin. Klinikasida har xil turdagi qorin ostidagi og‘riqlar dumg‘aza va chov sohasiga to‘g‘ri ichakka beriladi, tana haroratining 38-40°S oshishi, et uvishishi, umumiy holsiz- lik, ko‘ngil aynishi, gohida qayt qilish, tez siyish va dizurik holatlar, ichaklar dam bo‘lishi, jinsiy yo‘llar qonli yoki yi- ringli ajralmalari kuzatiladi. Obyektiv ko‘rikda til oq qop- lamli va nam bo‘ladi. Qorinni paypaslaganda oshqozon so-

halari og‘riqli.

Klinik belgilarning ko‘rinishi qo‘zg‘atuvchining viru- lentligiga va makroorganizm reaktivligiga bog‘liq.

Ginekologik ko‘rikda servikal kanaldan yiringli yoki yiringli-shilliq ajralmalar va bachadon ortiqlarining shi- shgan, qalinlashgan va og‘riqliligini ko‘rishimiz mumkin. Piosalpinks, piovar, tuboovarial abssesslar bo‘lganda ba- chadon ortiqlari sohasida yoki bachadon orqasida harakat-



siz, og‘riqli, katta hajmli, chegarasi noaniq hosila aniqlana- di, ko‘pincha bachadon tanasi bilan bitta konglomerat hosil qiladi. Periferik qonda leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga siljishi, SOE ortishi kuzatiladi.

Qin surtmasining bakterioskopiyasida leykotsitlar soni- ning ortishini, kokklar florasini, gonokokklarni, trixomo- nadlarni, mitseliy va zamburug‘lar sporasini ko‘rsatadi.

UTTda bachadon naylarining kengayganligini, shakllan- gan tuboovarial hosilalarni ko‘rishimiz mumkin.

Surunkali adneksit bachadon ortiqlarining o‘tkir yoki o‘tkir osti yallig‘lanishining asorati natijasida yuzaga kela- di. Buning sababi o‘tkir adneksitning noadekvat davolani- shi, organizmning reaktivligi pasayishi, qo‘zgatuvchining xususiyati. Surunkali salpingooforit yallig‘lanish infiltrati hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bachadon ortiqlarida o‘tkir yoki o‘tkir osti yallig‘lanishni o‘tkazish natijasida kichik cha- noqda naylar, tuxumdon, bachadon, chanoq devorlari, siy- dik pufagi, charvi va ichaklararo chandiqli jarayon yuzaga keladi.

Bemorlar qorin ostidagi o‘tmas, simillovchi og‘riqlar- dan shikoyat qiladi. Og‘riqlar belga, to‘g‘ri ichakka, songa o‘tishi mumkin, psixoemotsional (jahldorlik, nevroz, uyqu- sizlik, depressiv holatlar) va vegetativ buzulishlar kuzatila- di. Surunkali salpingooforitda hayz siklining buzilishi kuza- tiladi: menometrorragiya, gipomenstrual va predmenstrual sindromlar, anovulyatsiya yoki sariq tana yetishmovchiligi. Kasallik qo‘zg‘aganda og‘riqlar kuchayadi, umumiy ahvol og‘irlashadi, tana harorati ortadi, jinsiy a’zolardan yiringli ajralmalar kelishi kuzatiladi.

Diagnostikasi qiyin bo‘ladi, chunki chanoqdagi surun- kali og‘riqlar boshqa kasalliklarda uchraydi (endometri- oz, tuxumdon kistalari va o‘smalarida, qabziyatda va b.). Ginekologik ko‘rikda bachadon tanasining harakatlanishi



chegaralanganligini (chandiqlanish jarayoni), bachadon ortiqlari sohasida cho‘ziq hosilani (gidrosalpinks) ko‘ri- shimiz mumkin. Gisterosalpingografiya va gidrosonografi- ya yordamida naylardagi chandiqlanish jarayonini aiqlash mumkin.

Parametrit bachadon yon kletchatkalarining yallig‘la- nishi. Parametritning kelib chiqishida aerob mikroblar bi- rinchi o‘rinda turadi. Bu jarayon diffuz yallig‘lanish bo‘lib, limfangit, perivaskulyar shish bilan kechadi. Limfatik to- mirlar kengayib tromb va yiringli massa bilan to‘ladi. Eks- sudat seroz, seroz yiringli, yiringli bo‘lishi mumkin. Para- metritlar: yon parametrit, oldingi parametrit va orqa para- metritlarga bo‘linadi.

Olib keladigan sabablari: asoratli tug‘ruqlar, jinsiy a’zolardagi operatsiyalardan keyin (abort, bachadon shil- liq qavatini qirish), BIV dan so‘ng bachadondan infeksi- ya tarqalishi natijasida yuzaga keladi. Infeksiya parametral kletchatkaga limfatik yoki gematogen yo‘l bilan infeksiya o‘choqlari (endometrit, endotservitsit va boshqalar) orqali tarqaladi. Parametrit yallig‘langan joyda infiltrat hosil qi- lib, so‘ng seroz yallig‘lanish ekssudatiga aylanadi. Gohida infiltrat va ekssudat so‘rilib ketadi, lekin og‘ir hollarda yal- lig‘lanish joyida fibroz biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lib, bachadon shu tarafga surilib qoladi. Qorin bo‘shlig‘ida eks- sudatsiya natijasida yiringli ekssudat hosil bo‘ladi.

Klinika. Parametritning klinikasi tana haroratining 38- 39°S gacha ko‘tarilishi, bemorning titrashi, qorin pastida biroz og‘riq bo‘lishi. Yallig‘lanish o‘tkir bosqichida intok- sikatsiya belgilari kuzatiladi: bosh og‘rig‘i, ahvolini og‘ir- lashuvi, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat bo‘ladi. Qin orqali va to‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda bachadon yon tomonida, oldingi orqa tomonda infiltrat aniqlanadi. Bo- shida infiltrat keng boylam kletchatkasining yuqorigi yoki



pastki qismida aniqlanadi. Keyinchalik hamma qismlariga- cha kirib boradi. Qin orqa gumbazi bo‘rtib chiqadi. Infiltrat paypaslanganda kam og‘riqli, konsistensiyasi oldin yum- shoq, keyinchalik qattiq bo‘ladi. Orqa parametritda to‘g‘ri ichak orqali tekshirilganda infiltrat yaxshi aniqlanadi. Agar yallig‘lanish jarayoni qorin pardasiga o‘tsa, kuchli og‘riq bo‘ladi. Qonda SOE tezlashadi, leykotsitoz.

Taqqoslama. Parametritni tuxumdon abssessidan, ekssu- dativ pelvioperitonitdan, piosalpinksdan, bachadon mioma- si va kistomasidan, saraton infiltratidan farqlash lozim.

Kasallikni tashxislashda, asosan, bimanual va rektovagi- nal ko‘rik o‘tkaziladi.

Pelvioperitonit (kichik chanoq qorin pardasining yallig‘lanishi). Ikkilamchi vujudga keladi, kanalikulyar yo‘l bilan (bachadon naylaridan), tuxumdonlardan, ba- chadondan, kichik chanoq kletchatkasidan, appendikulyar o‘smadan limfogen yoki gematogen yo‘l bilan. Ko‘pincha salpingooforit bilan qo‘shilib keladi.

Kichik chanoqdagi patologik moddaga qarab seroz-fib- rinoz va yiringli pelvioperitonit ajratiladi. Ko‘p hollarda ayollar pelvioperitonitdan tuzalib ketadilar. Ba’zan esa ka- sallik umumiy peritonitga o‘tib ketishi mumkin.

Klinikasi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, bemorlarda qorin ostidagi kuchli og‘riq, tana haroratining 39-40°S ortishiga, tomir urishining tezlashishi, tili quruq, et uvishishi, ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketishi kuzatiladi. Obyektiv ko‘r- ganda: palpatsiyada qorin shishgan, pastki qismida keskin og‘riq, qorin devori mushaklari taranglashgan, qorin parda qo‘zg‘alish Shetkin-Blyumberg belgisi musbat, ichak pe- ristaltikasi susaygan. Ginekologik ko‘rikda bachadon va uning ortiqlarini qattiq og‘riq sababli ko‘rib bo‘lmaydi, rektovaginal chuqurlikda ekssudat yig‘ilishi sababli orqa gumbaz tekis bo‘ladi. Laborator tekshirish leykotsitoz,



ECHT yuqori. Qo‘shimcha diagnostik usullariga transvagi- nal UTT ko‘rsatishimiz mumkin, bunda bachadon va ortiq- larning holatini, kichik chanoqda erkin suyuqlik borligini aniqlash mumkin.

Davolash. Faqat statsionarda o‘tkaziladi. Kompleks da- voning intensivligi yallig‘lanish jarayonining bosqichiga, qo‘zg‘atuvchining turiga, makroorganizm immunobiologik rezistentligiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki jinsiy a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarini davolashda penitsillin qatoridagi antibiotiklardan, sefalosporinlar, ftorxinolonlar, aminogliko- zidlar, linkozaminlar, makrolidlardan foydalaniladi.

O‘tkir yallig‘lanish bo‘lganda bemorning juftini ham gonoreya va xlamidioz infeksiyalariga tekshirtirish ham- da aniqlansa, davolash lozim. Davolanishning oxirigacha jinsiy aloqa to‘siq usuldan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Hamma juftliklarga empirik antibakterial davolanish tavsi- ya qilinadi.

AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING YALLIG‘LANISH

KASALLIKLARI


Endometrit

O’tkir salpingit

Parametrit

Pelvioperitonit (UTT va  LS)