V bob


5-BOB

UROGENITAL INFEKSION KASALLIKLARI

JYOYUKda 28 dan ortiq infeksiya uchraydi. Ulardan 7-8 tasi jinsiy a’zolarda kasalliklar chaqirib, bepushtlik, homila tushishi, homilaning rivojlanmasligiga olib keladi va TORCH infeksiyalar guruhiga kiradi. Bu infeksiyalar, asosan, jinsiy yo‘llar orqali o‘tadi.

Oxirgi yillarda butun jahonda jinsiy yo‘llar orqali yuquv- chi infeksiyalarning tezlik bilan tarqalishi, ayniqsa, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarda kuzatilmoqda. Bu infeksiya- larning turi ko‘p – chlamydia trachomatis, mycoplasmosis, ureaplasmosis, herpes simplex, cytomegalovirus (CMV), papilolomavirus, gonorrhea, trichomoniasis va boshqa. Oxirgi yillarda yana boshqa yangi 8 ta infeksiyalar aniqlan- di (Atopobium vaginae, leptotrichia /sneathia, eggerthella, megasphaera, clostridiales order, BVAB 1,2,3; peptoniphi- lus lacrimalis, dialister (Xрянии A.A., 2014).

Bunga esa, o‘z navbatida, jinsiy hayotning erta boshla- nishidan, jinsiy hamrohning ko‘pligi, jinsiy hayotning che- garalanmasligi, infeksiya profilaktikasiga rioya qilmaslik, o‘z bilganicha davolanish va boshqalar sabab bo‘lmoqda. Infeksiyalarning bunday tarqalishi ichki jinsiy a’zolardagi chandiqlarning shakllanishi, bepushtlik, homiladorlik pay- tida yomon asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Infeksion agentlar yuqori jinsiy a’zolarga: Spermatozoidlar (aerob, anaerob, xlamidiy, mikoplaz-

ma, so‘zak), trixomanadalar (E.Coli) yordamida, mikroor- ganizmlarning nofaol harakati (bachadon, naylar qisqari- shi), gematogen, limfogen yo‘llar bilan tarqaladi.

Xavf omillari:

  • Jinsiy xulq (jinsiy hayotni erta boshlash, hamrohlar- ning ko‘pligi, tartibsiz jinsiy aloqalar, abortlar);



    • Yosh (o‘smir va 40 yoshlilar);
    • Genital omillar: surunkali jinsiy a’zolarning yallig‘la- nish kasalliklari, jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalar;
    • Homiladorlik;
    • Bachadon bo‘yni saratoni va anogenital kandiloma bo‘lgan ayollar bilan jinsiy aloqadagi hamrohlar;
    • Ekstragenital omillar (qandli diabet, kamqonlik, dis-

bakterioz, immunodefitsit holatlar);

    • Endometrioz;
    • Ijtimoiy omillar: stress, yetarli darajada ovqatlanmas- lik, avitaminoz, alkogolizm, narkomaniya.

Zararlanishga olib keluvchi omillar:

    • Bachadon ichi muolajalari (GSG, gisteroskopiya, zondlash);
    • Abort (sun’iy, o‘z-o‘zidan);
    • BIV.

Infeksiya o‘choqlari:

    • Ayollarda – bachadon bo‘yni kanali;
    • Erkaklarda – jinsiy a’zolar;
    • Homilador ayollarda – amniotik suyuqlik;
    • Qon.

Infeksiyadan zararlanish yo‘llari:

    • Jinsiy (asosiy);
    • Transplatsentar (Herpes, CMV, chlamydia, mycoplasma);
    • Tug‘ruq yo‘llari orqali o‘tayotganda (Herpes, CMV, papillomavirus);
    • Maishiy yo‘l (Chlamydia, mycoplasma, papillomavirus);
    • Instrumentlar orqali (Mycoplasma, papillomavirus). O‘tkir yallig‘lanish jarayonining patogenezi asosida in-

feksion agent turadi. Jinsiy a’zolarning pastki qismining yallig‘lanish kasalliklariga quyidagilar kiradi: vulvovagi- nit, vaginit, endotservitsit, bachadon bo‘ynining chin erozi- yasi, bartolinit, bartolin bezining abssessi.



Jinsiy yo‘llar bilan yuquvchi infeksiyalarga – gonoreya, xlamidioz, trixomaniaz, mikoplazmoz, ureaplazmoz, virus kasalliklar kiradi (gerpes, CMV).

Gonoreya (so‘zak). Jinsiy yo‘llar orqali yuquvchi ka- salliklardan eng ko‘p uchraydigani hisoblanib, gonokokk- lar orqali yuqadi. Antibiotiklardan pala-partish foydala- nish natijasida gonokokklarning morfologiyasi va biologik xususiyati o‘zgarishiga olib keldi. Muhim epidemiologik ahamiyati gonokokklar trixomonadalar tomonidan fagotsit- lanadi. Gonokokklar ekzotoksin ishlab chiqarmaydi, lekin nobud bo‘lganlari endotoksin ishlab chiqaradi, bu esa to‘qi- mada degenerativ-destruktiv o‘zgarishlarga va chandiqning shakllanishiga olib keladi.

Klinik belgilari mavjud:

Klinik kechishi bo‘yicha o‘tkir, nimo‘tkir va torpid faza- larga bo‘linadi. O‘tkir fazasi 2 hafta ichida namoyon bo‘ladi, nimo‘tkir fazasi 2-8 hafta davom etadi. Ushbu fazada uretra va bachadon bo‘yni ajralmasidan gonokokklar ajraladi. 2 oy va undan ortiq davom etishi surunkali turiga kiradi.

Siydik-tanosil organlarining gonoreya bilan zararlan- ganda jinsiy a’zolardan yiringli ajralmalarning kelishi, siyganda biroz og‘riq va achishish qorin pastida to‘mtoq og‘riqlarning bo‘lishidan shikoyat qiladi. Ba’zan ishtaha- ning pasayishi, qorin pastidagi og‘riqning kuchayishi, tana haroratining ko‘tarilishi bilan keladi. Gonoreyaning ko‘rin- mas belgisi bu tuxumdonlarning gipofunksiyasidir. Boshqa muhim belgilari boshqa infeksiyalar bilan qo‘shilib kelishi, ya’ni gonokokk-trixomonada, gonokokk-viruslar, gonok- kok bor joyda, albatta, xlamidioz bo‘ladi. Shuning uchun gonoreya aniqlanganda xlamidiozga tekshirish tavsiya qi- linadi. Gonoreyani anamnez, klinik belgilari va laborator natijalariga qarab tashxislash mumkin.

Gonoreyaga shubha tug‘ilganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:



  • Jinsiy hayotni boshlagandan keyin, jinsiy hamrohni o‘zgartirganida, rejalashtirilmagan jinsiy aloqadan keyin, dizurik belgilar va oqish ajralmalarning kelishi;
  • Shu paytdagi yoki avvalroq erida kuzatilgan gonoreya

belgilari.

  • Birlamchi bepushtlik bilan ayolda endotservitsit, uret- rit, qin bartolin bezlarining yallig‘lanishi.
  • Homilador bo‘lmagan ayolda ikki tomonlama salpin- gooforit endotservitsit bilan birga kelishi.

Gonoreya bilan kasallanganlarga klinik kechishi va ka- sallikning anatomik lokalizatsiyasi, shtammlarning sezgir- ligiga qarab, qo‘shilib kelgan boshqa infeksiyalarga qarshi davolashni tanlash lozim. Gonoreya-trixomoniaz va xla- midiy infeksiyalari bilan kelganida urogenital xlamidioz diagnostikasini o‘tkazishning iloji bo‘lmaganda, trixomo- nadalarga qarshi davolashni o‘tkazish, keyin esa xlamidiy va gonoreyaga qarshi antibiotiklarni qo‘llash lozim. Ushbu bemorlarni statsionar sharoitda davolash lozim. Gonoreya- ning klinik kechishiga qarab davolash o‘tkaziladi. Davolan- gach 3 hayz sikli davomida bakterioskopik tekshirilganda manfiy natija chiqsa davolanib bo‘lgan hisoblanadi.

Trixomaniaz. Qo‘zgatuvchisi trixomanada, sodda (protozoy-xivchin), bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Turla- ri qin, ichak, og‘iz. Trixomonadalar parazitlar guruhiga mansub bo‘lib, 40-80% ginekologik kasallangan bemorlar- da gonoreya bilan kasallanganlarning 90% da aniqlanadi. 86% ayollarda pastki jinsiy a’zolarda joylashadi. Shikastla- nish o‘choqlari – uretra va qin ayollarda, uretra erkaklarda. Klinika. Oddiy o‘tkir, granulez va makulez kolpitlar.

O‘tkir kolpitda bemorlar uzoq vaqt keluvchi suyuq, ko‘pik- li, oq-sariq va sarg‘ish rangli ajralmalar oqishidan shikoyat qiladilar. Uzoq vaqt epiteliy birikishi hisobiga shilliq qavat o‘shoqsimon, yiringli hujayralar qaymoqsimon bo‘lib qoladi.



Ajralmalar badbo‘y hidli va yemiruvchi xarakterga ega. Ba’zi bemorlar qorin pastida, belda, ba’zan siyish va jinsiy aloqa paytida og‘riqdan shikoyat qiladilar.

Ko‘zdan kechirilganda qin devorlari shishgan, qizargan, og‘riqsiz. O‘tkir trixomoniaz oddiy, makulyozli, granulyoz- li, yarali va aralash bo‘ladi. Bu shakllarida qinda patologik transsudat miqdorining oshishi kuzatiladi. Ajralmalar ko‘p bo‘lib, ular hamma chuqurliklarni to‘ldiradi va bachadon bo‘ynining qindagi qismi «unda cho‘milayotgandek» tu- yuladi. Miqdori, ranggi, hidi va konsistensiyasi trixomona- daga xos. Trixomonadalar ko‘proq qo‘shimcha flora bilan birga aniqlanadi.

Surunkali shaklida – yallig‘lanish o‘zgarishlari kam rivojlangan. Ko‘p miqdorda ko‘piksimon ajralmalar, sa- riq-yashil rangli va yoqimsiz hidli. Vulvada qichishish, achishish, ba’zan sonning ichki yuzasiga tarqaladi. Siydik ajratish paytidagi achishish, coitus vaqtida og‘riq bo‘lishi xos. Surunkali trixomoniaz kechishining davomiyligi va kasallikning retsidivlanishi bilan xarakterlanadi.

Tashxislash asoslari: klinik belgilari, bakterioskopiya, kultural usul. Urogenital trixomoniazning diagnostikasi uning klinik belgilari va trixomonadalarning bo‘lishi bilan asoslanadi. Laborator diagnostikada – ajralmani Gramm usulida bo‘yash bakterioskopik tekshirish, ekish usulidan foydalaniladi.

Davolash: Ayolning davolanishi, albatta, turmush o‘r- tog‘i bilan birga o‘tkaziladi.

Nifuratel (volfuran) 1 tab. 2 mahal 7 kun. Metronidazol (efloran, flagil, metrogil, trixopol) 1 tab. 3 marta, 7 kun. Boshqa preparatlardan volfuran, fazijin, naksodjin (tinida- zol), 1 kapsuladan 2 mahal 6 kun. Mahalliy davolash uchun metostil, klion-D, terjinan qo‘llaniladi.



Davolanayotganda prezervativlardan foydalanish tav- siya etiladi. Klinik belgilarning bo‘lmasligi va har 3 oyda mikrobiologik tekshiruvlarda trixomonadalarning bo‘lmas- ligi sog‘ayganligidan dalolat beradi.


    1. Bakterial vaginoz

Bakterial vaginoz (BV) (15-23%) – nospetsifik vaginit. Ifodalanadi: yallig‘lanish belgilari yo‘qligi, shartli patogen qo‘zgatuvchilar ustun bo‘ladi, asosan, gardnerella (40%), bakteroidlar, peptostreptokokklar, mikoplazmalar. Qin sekretning rN 4,5 dan ortiq (N 3,8-4,2) bo‘ladi. Hozirgi paytda BV jinsiy yo‘llar orqali yuquvchi infeksiyalar deb emas, vaginal disbioz deb yuritiladi. BV qindagi infeksi- on jarayon bo‘lgani uchun, jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalligi turiga kiritilgan. BV – yetarlicha tez uchraydigan infeksion kasallik bo‘lib, u 21 – 33% reproduktiv yoshdagi bemorlarda aniqlanadi.

Etiologiyasi va patogenezi. Qinning mikroekologiyasi- ning buzilishi, normadagi dominant laktobatsillalar va tur- li bakteriyalar – gardnerella vaginalis (40%), mycoplasma hominis, anaeroblar (bacteroides spp., prevotella spp., pep- tostreptococcus spp., mobiluncus spp., fusobacterium spp va boshqalar) tezlik bilan proliferatsiyasi kuzatiladi. Gard- nerella vaginalis – BV yagona qo‘zgatuvchi emas. Bundan tashqari, ushbu mikroorganizmlar normal mikrofloraning tarkibiy qismidir.


Bakterial vaginoz qin mikroflorasi

BV chaqiruvchi omillar:

  • antibakterial preparatlarni qo‘llash;
  • АOK va gormonal terapiya;



  • BIV uzoq muddat qo‘llash;
  • giomenstrual sindrom bilan kuzatiladigan gormonal

buzilishlar;

  • juftlikni tez-tez almashtirish;
  • stresslar;
  • sitostatiklar bilan davolash, rentgenoterapiya;
  • immunitet pasayishi.

Qinning mikrobiotsenozi buzilishi natijasida qin saqla- masining rNi 4,5 dan 7,0 – 7,5 gacha oshadi, anaeroblar sassiq baliq hidli uchar aminlar ishlab chiqaradi. BV bilan bemorlar ko‘pchilikni tashkil qilib (60%) ichak disbakterio- zi bilan birgalikda keladi.

Klinika. Ko‘p miqdorda yoqimsiz hidli va kulrang aj- ralmalar. Qichishish, achishish, jinsiy aloqa paytida dis- komfort kuzatiladi. Ko‘zgu orqali tekshirilganda qinda yal- lig‘lanish belgilari bo‘lmaydi. Gardnerella vaginalis sabab- li turli ginekologiik holatlar kuzatiladi (servikal displaziya, servitsit, endometrit, kichik chanoq a’zolarining yallig‘la- nishi, siydik yo‘llari infeksiyasi va operatsiyadan keyingi asoratlar).

Diagnostika. BV diagnostik kriteriylari:

  • spetsifik vaginal ajralmalar;
  • qin surtmalarida «Clue cells» larning bo‘lishi;
  • qin saqlamasining pH > 4,5;
  • amin testining musbat bo‘lishi.

Davolash. Asosiy dori – Nifuratel (volfuran) 1 tab. 2 mahal 7 kun. Metronidazol 500 mg x 2mahal – 7 kun davo- mida yoki bir marta tinidazol 2g. Rezistent turida – tiberal, naksodjin, seknidazol;

Mahalliy davo – metostil, qinga dalatsin-krem, klion-D, metronidazol 7-10 kun davomida;

Retsidiv kechishida solkotrixovak 0,5 mg v/m 3 inyek- siya 2 haftada, bir yildan keyin 0,5 ml bir marta.



BV retsidiv profilaktikasi maqsadida juftni davolash shart emas. Agar erkaklarda uretrit kuzatilsa, tekshirish va shuningdek, davolash maqsadga muvofiq. Davolash maq- sadida metronidazol va nifuratel guruhi dori vositalari qo‘l- laniladi.

Metronidazol homiladorlikning oxirigi oylarida, tug‘ruq- dan oldin va laktatsiya davrida mutagen va kanserogen ef- fekti bo‘lgani uchun faqat mahalliy davo o‘tkaziladi.

Vaginal kandidoz. Kasallik qo‘zgatuvchisi – Candida turiga xos zamburug‘lar. (95%). Bemor Candida albicanus zamburug‘i bilan zararlanadi.

Genital kandidoz ham jinsiy yo‘llar orqali yuquvchi ka- salliklarga kirmaydi ko‘pincha ularning markeri hisoblana- di. Zamburug‘lar shartli-patogen flora hisoblanadi. Muhim sharoitlarda (umumiy va mahalliy rezistentlikning pasayis- hida, antibiotiklar qabul qilganda, oral kontratseptivlar, si- tostatiklar va glyukokortikosteroidlar, qandli diabet, tuber- kulyoz, yomon sifatli o‘smalar, surunkali infeksiyalar va boshqalar) kasallik kelib chiqishi mumkin.

Urogenital kandidozning retsidivida infeksiyaning aso- siy o‘chogi ichak hisoblanadi, u yerdan qinga tushaveradi, va jarayonni qo‘zgataveradi.

Tasnifi. O‘tkir (kasallikning davomiyligi 2 oygacha) va surunkali (retsidivlanadigan, davomiyligi 2 oydan ortiq) urogenital kandidozlar farqlanadi.

Klinika. Vaginal kandidoz qinda qichishishlar, achi- shishlar, qatiqsimon ajralmalar kuzatiladi. Qichishishlar va achishishlar jinsiy aloqa, uyqu va suvli amaliyotlardan keyin kuchayadi. Siydik yo‘llariga tarqalsa, dizurik buzi- lishlar yuzaga keladi.

Diagnostika. Vaginal kandidoz diagnostikasi shikoyat, anamnez va ginekologik tekshiruvlarga asoslanadi. O‘tkir davrida yallig‘lanish jarayoniga ikkilamchi belgi tashqi jin-



siy a’zolari terisiga tarqalishi kuzatiladi. Terida vezikulalar paydo bo‘ladi, ular yoriladi va eroziyalarni qoldiradi. Qin va bachadon bo‘ynining qin qismi ko‘zgular yordamida ko‘rilganda devorlarida giperemiya, shish, oqish yoki kul- rang oqish tvorogsimon moddalar ko‘rinadi. Vaginal kan- didozning kolposkopik belgilari lyugol eritmasi bilan ish- langanda mayda nuqtasimon «manniy kukuni»ga o‘xshash belgi kuzatiladi. Surunkali kandidozda yallig‘lanishning ikkilamchi elementlari to‘qima infiltratsiyasi, sklerotik va atrofik o‘zgarishlar kuzatiladi.

Davolash. Vaginal kandidozni davolash kompleks olib boriladi, qo‘zgatuvchisi bilan birgalikda uning sababini ham yo‘qotish zarur. Oral kontratseptivlar, antibiotiklar, glyukokortikosteroidlar, sitostatiklarni qabul qilish to‘xta- tiladi, qandli diabetni medikamentoz korreksiya qilinadi. Davolanayotganda prezervativlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘tkir urogenital kandidozni davolashda birinchi o‘rinda mahalliy davo sifatida ekonazol, izokonazol, terji- nan, makmiror kompleks, flukonozol, itrakonazol, klotri- mazol kabi dori vositalari tavsiya etiladi. Ikkinchi bosqich- da qin mikrobiotsenozini tiklash lozim. Klinik belgilarning bo‘lmasligi va mikrobiologik tekshiruvlarni manfiy bo‘lishi davolanganlikdan dalolat beradi.

Qin infeksiyalarining differensial diagnostikasi



Bakterial

vaginoz

Trixomoniaz

Kandidoz

Simptomlar

50% simptom- siz kechadi, aj- ralmalar baliq hidli

10-50% simptomsiz, qin ajralmalari, vul- vaning qichishishi, dizuriya, qorin pasti- da diskomfort

10-20% da

simptomsiz, vulvaning qichishishi va og‘riq, qin

ajralmalari va

yuzaki dispa- reuniya



Belgilar

Ajralmalar gomogen, su- yuq, kulrang, yoqimsiz hidli

Vulva giperemiyasi. Vaginit. Qin ajral- malar 70% gacha, ko‘piksimon, yashil, servitsit belgilari

Vulva gipere- miyasi, shishi va yorilishi, qin ajralmalari tvorogsimon,

o‘choqli

Surtmada leykotsitlar

soni

30 gacha

40-50 va undan ortiq

40-50 va un- dan ortiq


    1. Urogenital xlamidioz

Xlamidiyalar (Chlamydia trahomatis) – grammanfiy bakteriyalar bo‘lib, ikkita hayot shakliga ega: infeksion, hu- jayradan tashqari joylashgan (elementar tanacha yuqori vi- rulent turi, hujayradan tashqari yashashga moslashgan) va hujayra ichida joylashgan noinfeksion bosqichi (retikulyar tanacha hujayra ichida yashashga moslashgan va ko‘payish- ni ta’minlaydi). Inkubatsion davri 5-30 kun. Embrionlarga infeksiya uzatilishi isbotlangan. Asosiy joylanishi silindr- simon epiteliy (uretra, bartolin bezlari, bachadon naylari, qorin pardasi).

Oxirgi o‘n yillik davridagi izlanishlar yallig‘lanish ka- salliklarini chaqiruvchilar ichida xlamidiyalar ahamiyati tobora oshib borishini ko‘rsatmoqda.

Eng keng tarqalgan JYOYUK ga kiradi, saqlanmagan holda yuqish xavfi 60%dan yuqori, 52% (30 yoshgacha) aholi chlamydia trachomatis bilan zararlangan, butun dun- yoda rivojlanayotgan davlatlarda uchrash foizi eng yuqori. Chlamydia trachomatis – grammanfiy kokk, hujayra ichida joylashgan parazit. Xlamidioz tuzilishi bo‘yicha bakteriya- ni eslatadi va virus kabi faqat tirik to‘qima ichida yashay- di. Xlamidiyali yallig‘lanish kasalliklari erkaklarda (uret- rit, epididimit, orxiepididimit, prostatit), ayollarda bo‘lishi



mumkin (kolpit, servitsit, eroziyalar, uretrit, salpingit va boshqalar), hatto chaqaloqlarda (konyuktivit, otit, pnev- moniya) infeksiyalangan tug‘ruq yo‘llardan tug‘ilganida kasallik paydo bo‘lishi mumkin. Xlamidiylar – hujayra ichi paraziti hisoblanib, gonoreyadan 15% ko‘p uchraydi. Asosan, reproduktiv funksiyaga ta’sir qiladi. Homilador- lik paytidagi xlamidioz homilaga salbiy ta’sir kursatmay qo‘ymaydi, homila ichi infitsirlanishi, muddatidan ilgari tug‘ruq, homila pardalarining muddatidan ilgari ketishi, shuningdek, homilaning nobud bo‘lishigacha olib keladi.

Klinika. Kasallik asosan kam belgili, uzoq vaqt davom etib, tez-tez qayta o‘tkirlashishi mumkin. Klinik kechishi esa boshqa chaqiruvchilar qo‘zg‘atgan kasalliklarga o‘x- shash bo‘ladi. Simptomsiz kechishi (75%), kam hollarda dizuriya, salpingit, jinsiy a’zolardagi pufakchalar va yara- chalar, kam miqdorda yiringli ajralmalar, dispareuniya (coitus vaqtida og‘riq), postkoital va hayzlararo qonli ajral- malar va genitaliydan tashqari kasalliklar. Surunkali xlami- diyali salpingit naylarning intersitsial qismida bitishmalar hosil qilib nayli bepushtlikka yoki bachadondan tashqari homiladorlikka olib keladi.

Chlamydia trachomatis infeksiyasining tasnif i (JSST)

  • past qavat va siydik yo‘llari infeksiyasi (uretrit, para- uretrit, bartolinit, vulvovaginit, servitsit, bachadon bo‘yni eroziyasi);
  • kichik chanoq va siydik yo‘llari a’zolarning xlamidio- zi (endometrit, salpingooofarit, pelvioperitonit);
  • anorektal sohasidagi xlamidioz;
  • xlamidiyli faringit;
  • reyter sindromi (SARA);
  • boshqa a’zolar xlamidiozi. Tekshirish usullari:
  • sitoskopik usul – sitoplazmatik hujayralarning leykot- sitlarga nisbati;



    • immunomorfologik usul – xlamidiy antigen substansi- yalarini aniqlashga asoslangan;
    • bevosita immunoflyuoressensiya usuli – xlamidiyning

erigan antigenini aniqlashga asoslangan (PIF);

    • polimeraz zanjir reaksiyasi (PSR).




Diagnostika. Xlamidiyalar oddiy bakteriologik tek- shiruvda aniqlanmaydi. Shilliq qavat qirindisi va surtma- ni o‘rganish uchun maxsus sitologik tahlil spetsifik mo- noklonal antitanachali muhitda o‘stiriladi va mikrobning DNKsi bir qismi bir necha ming marotaba ko‘paytirilib aniqlashni yengillashtiradi (PSR usuli). Qonda xlamidi- yalarni aniqlash uchun immunoferment analizi yordami- da spetsifik antitanachalar JgG va IgM topiladi yoki PSR usulida tekshiriladi.

Davolash. Davolash asoslari: ushbu kasallikni ilk davr- larida tashxislash, vaqtida turmush o‘rtog‘i bilan birga da- volasa ijobiy natijaga erishish mumkin. Etiotrop (antibak- terial) terapiya trixomonadaga qarshi preparat bilan birga



tavsiya etiladi. Antibakterial davo – 2 hafta, surunkali va asoratlangan shakllarida – 3 hafta (parazitlarning rivojla- nish 5-7 sikllarini to‘xtatish).

Antibakterial terapiya:

  1. Homilador bo‘lmagan va emizmaydigan ayollarga:
  • Doxycycline 100 mg 2 mahal – 7 kun yoki
  • Ofloksin 400 mg 2 mahal – 10 kun
  1. Homilador va emizuvchi ayollarga:
  • Amoxicillini 500 mg per os 3 mahal – 7 kun yoki
  • Erythromycin 500 mg 4 mahal – 10 kun

Davolangach 10-14 kundan keyin flyuoressent usulida tekshirganda, 3-4 haftadan keyin bevosita immunoflyuores- sent test qilinganda natija manfiy bo‘lsa, sog‘lom hisobla- nadi. Keyin 3 oy dispanser kuzatuvda, har oy kontrol analiz topshiriladi.


    1. Urogenital mikoplazmoz va ureaplazmoz

Tashqi muhitda keng tarqalgan va juda xilma-xil mikop- lazmalardan faqat olti turi odam organizmiga ziyon yetka- zishi mumkin. Bulardan ikki xili mycoplasma hominis va ureaplasma urealyticum jinsiy tizim a’zolarida yallig‘lanish kasalliklariga olib kelishi mumkin. Patogen faolligini mi- koplazmalar organizmda qarshilik kuchlari va immunitet pasayganda ko‘rsatadi. Ko‘pincha ureaplazma va mikop- lazmalar boshqa mikroblar bilan birga aniqlanadi. Tashqi jinsiy a’zolar zararlanishi sust ko‘rinishda bo‘ladi. Ko‘pin- cha siydik sistemasi birlamchi zararlanadi. Bachadon ortiq- lari yallig‘lanish kasalliklarida hayz sikli buzilishi qo‘shila- di. Mikoplazma va ureaplazmalar bepushtlikka olib keladi. Homiladorlik davrida o‘z-o‘zidan homila tushishi, homi- laning rivojlanishdan to‘xtab qolishi, o‘lik homila tug‘ili- shi, tug‘ruqdan oldin suv ketishi, muddatdan oldin tug‘ruq,



chilla davrida septik kasalliklar kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda neonatal o‘lim kuzatilishi mumkin.

Mycoplasma gallisepticum. Mikoplazmaning 100 ga yaqin turlari ma’lum. Mycoplasma hominis, mycoplasma genitalium – urogenital trakt mikoplazmozi, ureaplasma urealyticum mikoplazma guruhiga kiradi. Mikoplazma- ga xosligi devorining yo‘qligi va hujayra membranasi- da parazitlik qilish. Genetik o‘zgarishlariga olib keladi va hujayraning metabolizmiga ta’sir etadi. Autoimmun jara- yon rivojlanishiga olib keladi. Mikoplazmalar eng kichik prokariotipga kiradi. Mikoplazmalar grammanfiy bo‘lib, o‘lchamlari bo‘yicha viruslarga yaqin, lekin bakteriyalarga xos DNK va RNKga ega. Ko‘payish yo‘li – hujayra ichida bo‘linib ajralib chiqadi (kurtaklanish).

Klinika. Ayollarda: uretritlar, vaginitlar, servitsitlar, ki- chik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi, BV, bepushtlik. Er- kaklarda: uretritlar, surunkali prostatit, bepushtlik. Chaqa- loqlarda: zotiljam, septitsemiya, konyuktivit.

Ureaplazma. Patogen faollikka ega; leykotsit, sperma- tozoid va epiteliy qavatlariga birikadi; mayda grammanfiy kolibatsilla mikroorganizmlarga kiradi; hujayra memb- ranasi butunligini shikastlantirib yallig‘lanish jarayoniga olib keladi. Keng tarqalgan va sog‘lomlarda ham uchrashi mumkin. Kasallikning latent kechishi hujayraning xroma- soma yig‘indisiga ta’sir etadi.Torpid kechishga xos. Boshqa mikroorganizmlar bilan birgalikda uchraydi (anaeroblar). Platsentadan o‘tadi va homilani jarohatlantiradi; tug‘ruqda

  • muddatdan oldin homila suvlarini ketishiga va homilani infeksiyalanishiga olib keladi, tug‘ruqdan keyingi davrda septik kasalliklarga olib keluvchi qo‘zgatuvchi hisoblanadi. Klinika. Ayollarda: vaginit, sistit, servitsit, bachadon bo‘yni eroziyasi, bachadon naylari bepushtligi, BV. Erkak- larda: simptomsiz uretrit, spermatozoidlar harakatchanli-



gini susaytiradi va uruglanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Chaqaloqlarda: tug‘ma zotiljamlik, surunkali o‘pka kasal- liklari va chala tug‘ilish.

Diagnostika. Quyidagi usullar yordamida mikoplazma- ni aniqlash mumkin:

  • ekish yo‘li bilan;
  • bevosita va bilvosita immunoflyuoressent usuli (PIF);
  • immunoferment analiz (IFA);
  • polimeraz zanjir reaksiya(PSR);

Davolash. Davolash xlamidiozda qo‘llaniladigan pre- paratlar bilan o‘tkaziladi. Davolanganlar 3 oy mobaynida tekshirganda mikoplazma aniqlanmasa, sog‘lomlik darajasi yuqori bo‘ladi.


    1. Jinsiy a’zolarning gerpes virusli infeksiyalari (Herpes viridae)
  • VPG-1 herpes simlex – oddiy gerpes virusi;
  • VPG-2 herpes genitalis – genital gerpesi;
  • VCHG -5 cytomegalovirus – sitomegalovirus;
  • HPV human papillomavirus – papilloma virus infek- siyasi.

Genital gerpes ko‘p hollarda VPG-2, SMV va kam hol- larda VPG-1 chaqiradi. Homiladorlarda VPG-2 20-30% hollarda kuzatiladi, akusherlik patologiyada SMV – 33- 77%. VPG parazit bo‘lib, auto- va o‘ta infisyalovchi virus hisoblanadi. Infeksiya tarqalishi organizmning immun sis- temasiga bog‘liq. VPG adsorbsiyasidan keyin «yechinib», hujayraga virusning DNKsiga kiradi. Hujayrada xavfli transformatsiya chaqiradi (bachadon bo‘yni saratoni va VPG bog‘liqligi isbotlangan).

Jinsiy a’zolar kasalliklarini qo‘zg‘atadigan viruslardan eng ko‘p uchraydigani oddiy gerpes virusi. Virus havo-tom-



chi va jinsiy yo‘l bilan tarqaladi. Birlamchi infeksiyalan- gandan keyin oddiy gerpes virusi latent turiga aylanadi va keyinchalik immunitet pasaygan hollarda (gripp, yuqumli kasalliklar va boshqalar) reaktivatsiyaga uchraydi.





Klinika. Umumiy holat o‘zgaradi, bosh og‘rig‘i, bir xil- da baland tana harorati bo‘lishi mumkin. Shunindek, teri va shilliq qavatlarda gerpetik toshmalar paydo bo‘ladi. Gerpetik kasallik ko‘p xil klinik ko‘rinishlar bilan ifodala- nadi: o‘tkir yoki surunkali formalarida ko‘z, milklar, og‘iz bo‘shlig‘i, teri, shilliq qavatlar, ichki a’zolar, markaziy nerv tizimi va ayniqsa, jinsiy va peshob chiqaruvchi a’zolar ka- salliklari.

So‘ngi yillardagi ilmiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, gerpetik infeksiya immun tizim faoliyatini keskin pasayti- radi va boshqa viruslar va bakteriyalar assotsiatsiyasi bilan birga aniqlanadi.



Genital gerpesning klinik shakllari: birlamchi, retsidi- vivlovchi va simptomsiz genital gerpes.

Qaytalanishga qarab ajratiladi:

  • Og‘ir kechishi (remissiya bir necha kundan to 6 hafta- gacha);
  • O‘rta og‘ir kechishi (remissiya 2-3 oy);
  • Yengil kechishi (remissiya 4 oy). Jarohatlanish bosqichlari:
  1. bosqich – tashqi jinsiy a’zolari;
  2. bosqich – gerpetik kolpitlar, servitsitlar, uretritlar;
  3. bosqich – gerpetik endometrit va bachadon ortiqlari. Tipik turida:
  • pufakchali toshmalarning jinsiy a’zolarga toshishi va bitishi qiyin, og‘riqli yaralar hosil bo‘lishi;
  • og‘riq, achish hissi, parasteziya;
  • sovqotish, tana qaqshashi, holsizlik;
  • limfadenit.

Atipik turida (30-60%):

  • vulva va qin achishishi;
  • kolpitlar, odatiy antibakterial davoning samarasizligi;
  • retsidiv eroziyalar va bachadon bo‘yni leykoplakiyasi;
  • homila ko‘tara olmaslik;
  • vegetativ chanoq ganglionevriti.

Ayollarda: servitsit, vulvovaginit, uretrit, endometrit, salpingit rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Erkaklarda: spermatogenez buzilishi, surunkali prostatit, bepushtlik kuzatiladi.

Chaqaloqlarda: o‘sishdan orqada qolishi, mikrotsefali- ya, xorioretinit, mikroftalmiya, bosh miya kalsinati bo‘lishi mumkin.

Anamnezda gerpetik infeksiya bo‘lganda aniqlanmagan gerpesda turli asoratlar bo‘lishi mumkin: barvaqt tug‘ruq

  • 80%, ikkilamchi bepushtlik – 60%, rivojlanmagan homi-



ladorlik – 20%, bachadon ichi infeksiyasi neonatal o‘lim – 20%, chaqaloqda atipik pnevmoniyasi – 30%.





Homilador ayolda yo‘ldosh orqali oson o‘tib, homila- ning infeksiyalanishiga olib keladi. Virus birinchi o‘rinda nerv tubininng patologiyasi va nuqsonlariga (anensefaliya, gidrotsefaliya, spinae bifida), xromosom o‘zgarishlariga olib keladi. Homiladorlikning patologik (homila tushish xavfi, homilaning o‘z-o‘zidan tushishi) kechishi ham virus ta’sirida kelib chiqishi mumkin. Tug‘ilgan chaqaloqlarda gerpes virusi nerv tizimi kasalliklariga olib keladi.

Tekshirish usullari: immunoferment analizi spetsifik an- titanachalarni IgG va IgM aniqlash yo‘li bilan, PSR qonda va jinsiy yo‘llarda.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, homiladorlarning 91,6%i qo- nida IgG antitanacha bor). SMV hujayra ichi paraziti hisob- lanib, «umrbod» tashuvchi limfotsitlar hisoblanadi. So‘nggi yillarda jinsiy tizim a’zolari kasalliklarininng etiologik sabab- laridan sitomegalovirus (SMV) ahamiyati aniqlangan.



Odam infeksiya rezervuari bo‘lib hisoblanadi. Kasallik kontakt (jinsiy, «o‘pishish kasali»), havo-tomchi, transfuzi- on, transplatsentar va jinsiy yo‘l bilan tarqaladi.

Klinika. Klinik kechishi, asosan, latent kechuvchi va subklinik, surunkali salpingooforit, endometrit, kolpit bo‘lib o‘tadi.

O‘tkir respirator kasallik, ko‘p ichki a’zolarning zararla- nishi, siydik tanosil a’zolarning yallig‘lanishi, homila rivoj- lanish nuqsonlari aniqlanadi.

Ayollarda: servitsit, bachadon bo‘yni eroziyasi, surun- kali vulvovaginit, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi, endometrit. Erkaklarda: dinamik astenozoospermiya, be- pushtlikning sababi bo‘ladi.

Homiladorlik davrida o‘tkir shakli va surunkali SMV o‘tkirlashishi (asosan, O‘RVI klinikasi mavjud bo‘ladi), yo‘ldosh orqali homilaga o‘tib homila kasallanishiga va turli nuqsonlarga olib kelishi mumkin. Birinchi o‘rinda nerv tubining nuqsonlariga va homila nobud bo‘lishiga yoki ka- sal bo‘lib tug‘ilishiga (mikrosefaliya, ko‘rlik, epilepsiya, serebral falaj va boshqalar) sababchi bo‘ladi.

Homiladorlik vaqtida gerpes virusli infeksiya bilan za- rarlarish oqibati:

    • I-trimestrda: Mikrosefaliya, tug‘ma yurak, ichak, siy- dik ajralish a’zolari va skelet nuqsonlari, katarakta;
    •   II- va III-trimestrda: Pnevmoniya, meningoensefalit, sepsis, anemiya, gepatosplenomegaliya, homila gipotrofi- yasi.

Tashxis qo‘yish uchun qonda spetsifik antitanachalar IgG va IgM immunoferment analizi bilan yoki PSR usuli- da aniqlanadi. Servikal kanaldan sitologik usul yordamida topiladi.



Laborator diagnostika

      • Hujayra kulturasi 100% spetsifiklik, «oltin standart». Ko‘p mehnat talab qilishi, qimmatligi va soxta manfiy reak- siyalar berishi sababli kam qo‘llaniladi.
      • PIF sezgirligi 50-90%, ham invaziv ham noinvaziv namunalar qo‘llanilishi mumkin (masalan, peshob). Simp- tomsiz va sust kechuvchi infeksiyalarda sezgirligi kam.
      • Kasallikning bosqichini serologik aniqlash (IFA) – qo‘zg‘atuvchiga javoban qonda maxsus antitanachalarni aniqlash.
  • O‘tkir IgM, IgG, IgA antitanachalarning tez ko‘payishi;
  • Surunkali – IgG, IgA titrlari doimiy;
  • Reinfeksiya – IgG, IgA titrining tez o‘zgarishi (4 mar- tadan ortishi).
      • Molekulyar-biologik usullar (PSR) – DNK va RNK- ning maxsus ketma-ketligini aniqlashga asoslangan, sezgir- ligi 100%ga yaqin;

Bakterioskopiya (Gramm bo‘yicha bo‘yash kokklar,

«asosiy hujayralar», gonoreya, trixomonada, Romanovs- kiy-Gimza bo‘yicha – xlamidiy) aniqlash mumkin.

Davolash asoslari. Dunyoning 80% aholisida qonda SMVga qarshi antitanachalar mavjud. Shuning uchun orga- nizmning immun tizimi faoliyatini yaxshilash va viruslarga qarshi davolash natijasida qonda antigen miqdori kamayib, antivirus antitanachalarining soni ham nisbatan kamayishi- ga olib keladi. Davolashni homiladorlikdan oldin va homi- ladorlik davrida 12-haftasidan keyin va 36-haftasida agar qonda antitanachalar yuqori miqdorda bo‘lsa (Ig G 4 mar- tadan oshiq bo‘lsa) davolash o‘tkazish zarur.

Mahalliy davo: 3-5% atsiklovir kremi, 0,25% oksalin mazi, epigen spreyi, mazi, pavisin 14 kun. Supressiv davo (yiliga 6 martadan ortiq retsidiv bo‘lganda). Valatsiklovir



300 mg (gipovin) 1 tab. 2 mahal 5-10 kun yoki atsiklovir 200 mg kuniga 4 mahal. Uzluksiz virusga qarshi davoning maksimal davomiyligi 1 yil.




Odam papilloma virus infeksiyasi (Human Papillomavirus, HPV)

SST (WHO) ma`lumotlariga ko‘ra, dunyoda hozirgi kunda odam papilloma virusi bilan 20 mln inson zararlan- gan. Ushbu infeksiya faqat jinsiy yo‘l orqali yuqadi. 18dan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshdagilar ko‘proq kasallanish mo- yilligiga ega bo‘lib, jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar- ning umumiy 55-65%ga to‘g‘ri keladi.

Nemis olimi Harald zur Hausen (2008) bachadon bo‘yni saratonida odam papilloma virusining rolini aniqlagan. Ba- chadon bo‘yni saratonini bir necha virus podtiplari chaqi- rishi mumkin, ayniqsa, 16 va 18 HPV podtiplar. Ularning ta’sirida yuzaga kelgan bachadon bo‘yni saratoni holatla- ri 70%ga to‘g‘ri keladi. [Harper C. Cervical cytology and colposcopy, 2005]. Bachadon bo‘yni saratoni va qin dahlizi saratoni odam papilloma virusi bilan zararlanishning og‘ir asoratlari hisoblanadi. [Centers for Disease Control and Prevention. Genital HPV Infection CDC Fact Sheet. Cen- ters for Disease Control and Prevention. 2004]. Yashirin



(latent) kechishi davrida HPV ning bir necha turlari bilan zararlanish mumkin. Turli faktorlar ta’sirida virus aktivat- siyalanib kasallikning klinik belgilar yuzaga kelish bosqi- chiga o‘tadi. Kasallik rivojlanishi sekin kechib, shu sababli yuzaga chiqishi bir necha o‘n yilni tashkil qiladi [Greenb- latt, 2005; Sinal and Woods, 2005]. 90% holatlarda 6-12 oy davomida o‘z-o‘zini davolash kuzatiladi, qolgan holatlarda jarayonning malignizatsiyalanishi bilan kechuvchi surun- kali retsiduvlanuvchi turi uchraydi (virus turlariga bog‘liq).

Zararlanish yo‘llari:

  • Jinsiy (oral-genital va anal aloqalar)
  • Maishiy (jamoat joylarida bilvositya va bevosita kon- takt (tualet, hammom, sportzal, sartaroshxona, basseyn), teridagi yara va jarohatlar).

Inkubatsion davr – 2 haftadan bir necha yilgachani tash- kil qiladi.

Yuqori onkogenlik hususiyatiga ega papilloma viruslar- ga HPV 16, 18, 31, 33, 35, 39, 45, 51, 52, 56, 58, 59, 66 va

68 turlar kiradi. Odam papilloma virusi bir qancha teri va shilliq qavat kasalliklarini chaqiradi. 40% dan 82%gacha bo‘lgan holatlarda ayollarning HPV bilan zararlanishi bi- rinchi jinsiy aloqadan so‘ng 24 soat ichida yuz beradi [Wi- ner RL at al., 2003, Brown DR at al., 2005].

Hozirgi kunda ushbu virusning turli kasalliklar chaqi- ruvchi 100 dan ortiq turlari ma’lum:

  • HPV 1-tur – kaft so‘gallari;
  • HPV 2- va 4-tur – oddiy so‘gal;
  • HPV 3- va 10-tur – yassi so‘gallar;
  • HPV 6- va 11-tur – o‘tkir uchli kandiloma;
  • HPV 16, 18, 31, 33 va 35 turlar bachadon bo‘yni displa- ziyani chaqiradi va bachadon bo‘yni raki xavfini oshiradi. [Ю.Б.Терехова, Consillicum medicum №4, 2010 г.].

Jarayon lokalizatsiyasi – ayollarda kichik va kata jinsiy lablar, klitor, siydik yo‘li tashqi teshigi terisi, chov burmasi, perineal soha [Клинические рекомендации по ведению больных, передаваемых половым путём и урогениталь- ными инфекциями, Россия 2012 г.]. Virus kolposkopiya amaliyotida ko‘rinmaydigan ektoserviks mayda yassi kan- diloma-papilloma chaqiradi. Ma’lumki, odam papilloma vi- rusi bachadon bo‘yni rakini keltirib chiqarishda xavf omili hisoblanadi va davo muolajasini talab qiladi.

Diagnostika kolposkopik, sitologik va gistologik tekshi- ruvlar asosida qilinadi. Sitologik tekshiruvda sitoplazmasi- da havo pufakchali poylositlar aniqlanadi (Ballon cells). Bu hujayralar papilloma virusi marker hisoblanadi. Bu kasallik diagnoistikasi qiyinchilik tug‘dirib, davo muolajasi ta’siri ham uzoq vaqtni oladi. Papilloma virus asiklovir va famvir preparatlariga sezgir emas. Kasallik lazer va kriodestruksi- ya yordamida davolanadi.

Bachadon bo‘yni rak va saraton oldi kasalliklari yuza- ga chiqishida xavf omillari: jinsiy yo‘llar surunkali gerpe- tik kasalligi va bachadon bo‘yni saraton oldi o‘zgarishlari. Gerpesga qaratilgan davo bachadon bo‘yni saraton oldi ho- latlari rivojlanishiga sezilarli ta’sir qilishi mumkin.


Infeksiyani tekshirish uchun ko‘rsatmalar (JSST tavsiyalari):

  • Pastki qavat jinsiy a’zolar infeksiyasiga xos simptomlar;
  • Asoratlar (jinsiy a’zolar yallig‘lanish kasalliklari, bepushtlik, homila tushishi, surunkali chanoq og‘riqlari, bachadondan tashqari homiladorlik);
  • 25 yoshgacha bo‘lgan homilador ayollar skriningi;
  • Muolaja o‘tkazishdan oldin tekshirish va davolash

(abort, BIV, EKU);

  • Jinsiy hamroh ko‘p bo‘lganda va o‘zgarganda skrining

o‘tkazish.



JYOYUK profilaktikasi:

    • Yoshlarda mas’uliyatni va gigienik ko‘nikmalarni tar- biyalash;
    • Aholiga to‘g‘ri jinsiy tarbiya o‘rgatish: hamrohlar so- nini chegaralash va prezervativ qo‘llash;
    • Butun mamlakat bo‘ylab diagnostik laboratoriyalar ti- zimini tashkil qilish;
    • 25 yoshgacha bo‘lgan ayol va homiladorligi asoratlan- gan ayollarni tekshiruvdan o‘tkazish;
    • Tibbiy muassasalarda ignalarni, shpritslarni qo‘llash

va sterillash qoidalariga amal qilish.

AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING YALLIG‘LANISH

UROGENITAL INFEKSION KASALLIKLARI

Gonoreya (mikroskopik va ko‘zguda)

Trichomoniasis

Bakterial vaginozda qin mikroflorasi

Bakterial vaginoz diagnostikasi

Urogenital xlamidiozi

Genital gerpes (klinik belgilari)

Papillomavirus (HPV 6 va 11 tur o‘tkir uchli kandiloma)




Odam papilomavirusi